~ 260 ~
esa kitobning xotimasi (asarning 1480 yilda Istanbulda Abdurazoq Baxshi tomonidan
ko‘chirilgan nusxasida XI bob mavjud. Uch bob yoki tushib qolgan yoki boshqalarga
qo‘shilib ketgan.
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul –haqoyiq” asari bizga qoldirgan boy ma’naviy
meros bo‘lib yosh avlodni to‘g‘ri tarbiyalashda, ayniqsa bugungi ommaviy madaniyat
avj olgan paytda yosh avlodni turli xil yot ta’sirlardan, g‘oyaviy oqimlardan
himoyalashda beqiyos o‘ringa egadir. Zero shu o‘rinda adibning “Bilim bilan saodat
yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla” yohud “Uqib so‘zla so‘zni, eva
so‘zlama, so‘zung kizla, kezin bashing kizlama” ya’ni (so‘zni uqib so‘zla shoshib
so‘zlama, so‘zingni yashir, keyin boshingni yashirib yurma) degan o‘gitlariga har
zamonda amal qilish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy fan-texnikaning shiddatli taraqqiyoti sharoitida
ham adibning ilm-ma’rifat haqidagi g‘oyalari o‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q. Olim
M.Imomnazarov ta’kidlaganidek: “Milliy ma’naviyatimizning takomil bosqichlari
o‘lkamiz xalqlari madaniy taraqqiyot jarayoni bilan bevosita bog‘liq va ushbu sohada
yuz beruvchi hodisadir”.
Chunonchi, A.Yugnakiyning inson ma’naviyatini shakllantirishda, milliy
ma’naviyatimiz taraqqiyoti ilm-ma’rifatning o‘ta muhim omil ekanligi xususidagi
g‘oyalari bugungi milliy mafkuramizga hamohangdir. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-
haqoyiq” asari ilmiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatni qamrab olgan bo‘lib jamiyatni ich-
ichidan yemiruvchi nopok illatlarning ildizini quritib, har bir xonandaning qalbiga
ezgulik va rostgo‘ylikni muhrlaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim
shartlaridan biri hisoblangan shaxs va millat ma’naviyatini takomillashtirish, milliy
yuksalish, jamiyatda ma’nan yetuk, axloqan pok insonlarni kamol topishlari uchun adib
Ahmad Yugnakiyning axloqiy qarashlari beqiyos o‘ringa egadir.
Adibning ijodini
o‘rganar ekanmiz hech qanday ma’naviy bo‘shliqqa, nodonlikka ehtiyoj qolmaydi. Zero
adib o‘gitlarining har biri kishini ezgulikka chorlaydi. Chunonchi, umrning o‘tkinchi
ekanligini, inson o‘z umrining sahifalarini ma’rifat, saxiylik bilan bezanmog‘ini faqat
yaxshi insonlarning nomi bu dunyoda qolishini targ‘ib etuvchi bu asar har bir xonandani
yana bir bor ma’sulyatli bo‘lishga undaydi. Zero bugungi tinch-farovon zamonimizda
bizning har bir fursatni g‘animat bilishimiz, ma’nan yetuk, barkamol avlodlarni
tarbiyalashimiz uchun adibning benazir ijodi mustahkam poydevor bo‘lib, kelajak
avlodlarni ham tarbiyalash uchun zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: