Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik



Download 16,06 Kb.
Sana23.01.2021
Hajmi16,06 Kb.
#56352
Bog'liq
19 nazariya


19-mavzu. Iqtisodiyotning tsiklligi va makroiqtisodiy beqarorlik

  1. Iqtisodiy rivojlanishdagi nomutanosibliklar va ularning namoyon bo'lish shakllari.

  2. Iqtisodiyotning tsikli rivojlanishi. Iqtisodiy tsikl fazalari. Tsiklik tebranishlar.

  3. Iqtisodiy inqirozning mazmuni, sabablari va turlari. Pul-kredit sohasidagi inqiroz, valyuta inqirozi, birja inqirozi, ekologik inqiroz, tarmoqlar inqirozi, tarkibiy inqiroz, agrar inqiroz.

  4. Davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlar. Ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlari.

Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik

EK-52 guruhi talabasi Saidakbarov Saidmahmud

Iqtisodiyot nazariyasi fanidan “Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik”mavzusidagi mustaqil ishi

Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Iqtisodiyot fakulteti

REJA:


Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi

Iqtisodiy sikl nazariyalari.Sikllarning asosiy turlari

Inqirozlarning mazmuni va turlari

Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mohiyati,kelib chiqishi sabablari va salbiy oqibatlari

Jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar

Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy beqarorlik

Iqtisodiy sikl - iqtisodiyot rivojlanishining bir holatdan boshlanib,birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib,o’zining dastlabki holatiga qaytib kelguniga qadar o’tgan davr

Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi – vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda,ayrim bo’g’inlarida uzilishlar paydo bo’lishi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishidir. 1.Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi

Иқтисодий цикл фазалариTurg’unlik

Turg’unlik

Jonlanish

Jonlanish

Yuksalish

Jonlanish

Inqiroz

InqirozIqtisodiy sikl

Iqtisodiy sikl

Milliy mahsulot hajmi

Vaqt

Inqiroz fazasi



Ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.

Turg’unlik fazasi

Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada,u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi.Narxlarning pasayishi to’xtab,ssuda foizlari pasayadi,tovar zaxiralari barqarorlashadi.Ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi.Iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.

Jonlanish fazasi

Ishsizlik darajasi bir oz qisqarib,ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o’sib boradi.Narxlar ham asta ko’tarilib,ssuda fozizi o’sa boshlaydi.Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o’sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga imkoniyat yaratadi.

Yuksalish fazasi

Ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki,buning oqibatida,iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi.Pirovard talabning oshishi,iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga,bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi.Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarining to’planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi.Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi

2.Iqtisodiy sikl nazariyalari.Sikllarning asosiy turlari.

Eksternal nazariya – iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyadir.Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi.Bu tashqi omillar ichidan quyidagilarni jaratib ko’rsatishi mumkin:

1.

Urushlar,inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar



2.

Oltin,uran,neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi

3.

Yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migratsiyasi,yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi



4.

Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya,tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar

Internal nazariya – iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga kelishini asoslovchi nazariya.

Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib,xizmat muddati tugashi va uning yangilanishi

Shaxsiy iste’molning qisqarishi yoki kengayishi

Investitsiyalar,ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish,uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi

Ishlab chiqarish,talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatning o’zgarishi

Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlovchi ba’zi nazariyalar

Sof monetar nazariya

Bozor iqtisodiyotida markaziy o’rinni pul va kredit egallaydi.Iqtisodiyotning siklli o’zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o’zgartirishga bog’liq

Iqtisodiy faollikning o’sishi,iqtisodiyotning ravnaq topishi,uning turg’unlik bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o’zgarishidir.Tovarlarga talabning ortishi natijasida savdo,chakana narx o’sib,ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi

Pul oqimi (iste’mol xarajatlari summasi) pul miqdorining o’zgarishi natijasida o’zgaradi.Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi.

Nomonetar nazariya

Monetar va nomonetar yo’nalish o’rtasidagi farq uncha katta emas,biri ikkinchisini to’ldiradi.Tarafdorlari texnologik o’zgarishlar,yangiliklar,ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab,pul jamg’arishning ko’payib ketishidagi rolini ko’rsatishadi.

Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat iqtisodiy faollikning kuchayishiga iste’mol emas,balki investitsiya sabab bo’ladi,degan fikrni ilgari surishadi

Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi

Bu nazariyaning mohiyati ko’proq jamg’arib,samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining sababi qilib ko’rsatiladi:

1.2.


3.

Mablag’ni jamg’arish,boshqacha aytganda xazinaga aylantirish turg’unlikka olib kelishi mumkin,chunki bu mablag’ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi

Pulni jamg’arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi,chunki u iste’molga sarflanmaydi

Natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg’arish hajmi o’sib borib,iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi,taklif esa ortadi,narx pasayadi,iste’mol tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.

Psixologik nazariya

Psixologik nazariya tarafdorlari:J.Keyns,U.Mitchell,F.Xayek va boshqalar.Ularning fikricha,insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga obyektiv iqtisodiy omillar:foiz me’yori,pul oqimi,foyda va boshqalar ta’sir ko’rsatib,buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki kengayishi ro’y beradi.

Kreditning kengayishi,talab va ishlab chiqarishning o’sishi odamlarning kayfiyatini ko’taradi va aksincha.Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi yuqori bo’lgan pul jamg’arishga moyilligi ortib borishi va o’z navbatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etishini ko’rsatishadi

Sikllarning asosiy turlari

Sikl turlari

Siklning davomiyligi

Asosiy xususiyatlari
Kitchin sikli

2-4 yil


Zaxiralar miqdori —• YAMM, inflatsiya,bandlikning tebranishi, tijorat sikllari
Juglar skili

7-12 yil


Investitsion sikl YAMM, inflatsiya vabandlikning tebranishi
Kuznets sikli

16-25 yil

Daromad —immigratsiya -≫ uy-joy qurilishi-yalpi talab —daromad
Kondratev sikli

40-60 yil

Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o'zgarishlar
Forrester sikli

200 yil


Energiya va materiallar
Toffler sikli

1000-2000 yil

Sivilizatsiyalaming rivojlanishi
Kitchin sikliJuglar sikli

Kuznets sikli

Kondratev sikli

Texnologik yetakchilik va jahon iqtisodiyotida ustunlik uchun raqobat

Iqtisodiy faollik darajasi

Kitchin sikli

Bunda Jozef Kitchin o'zining e’tiborini tovar zaxiralarining harakat chog'idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to'lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi.Ayniqsa, u siklning davomiyligini jahondagi oltin zaxiralarining tebranishlari bilan bog'lab, uni 3 yil-u 4 oyga teng deb hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda ko'pchilik iqtisodchilami qoniqtirmaydi.

Juglar sikli

“Biznes skil”,”sanoat sikli”,”o’rtacha sikl” va “katta sikl” kabi nomlar bilan ham ataladi.Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko’rsatganligi tufayli,aynan shu sikl Fransiya,Angliya va AQShda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklinng tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan Klement Juglar nomi bilan ataladi.

Birinchi sanoat sikli 1825-yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda kuzatiladi.1836-yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib,keyin AQShga ham tarqaladi,1847-1848 yillarda AQSh va qator Yevropa davlatlarida boshlangan inqiroz tub mohiyatiga ko’ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo’lgan.

Kuznets sikli

Ko‘p hollarda ≪qurilish sikli≫ deb ham nomlanib, 20 yilgacha bo'lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o'zining ≪Milliy daromad≫ (1946-yil.) nomli kitobida milliy daromad,iste’mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko'rsatkichlarida 20 yillik o'zaro bog'liq tebranishlar mavjud bo'lishini ko'rsatib bergan. 1955-yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.Kondratev sikli

≪uzoq to’lqinlar≫ sikli deb ham ataladi.Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo'shgan. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o'sishning ko'p o’rinli tahlilini o'tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning o'rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko'rsatadi.

3.Inqirozlarning mazmuni va turlari

Pul-kredit sohasidagi inqiroz

Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo’lib,bunda tijorat va bank krediti qisqaradi.Aksiya va obligatsiyalarning kursi,bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib,yalpi holda bankrotlikka uchraydi.

Valyuta inqirozi

Bunda milliy valyutaning obro’si tushib ketadi.Bankda valyuta zaxirasi tugab,milliy valyuta kursi tushib ketadi.

Birja inqirozi

Bu tanglik birjada qimmatli qog’ozlar kursining tezda tushib ketishi,ularni emissiya qilishni qisqarishi,fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi

Ekologik inqiroz

Atrof-muhitni eng avvalo inson sog’lig’ini yo’qotish,umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatni vujudga kelishida ifodalanadi.U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi

Tarmoqlar inqirozi

Bu milliy xo’jalikning biron-bir tarmog’ini qamrab,ishlab chiqarishning tarkibiy o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi

Tarkibiy inqirozlar

Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko’rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir.Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi

Agrar inqiroz

Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi

Agrar inqiroz quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

1.

Qishloq xo'jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining to'planishi



2.

Narxlarning pasayishi,daromadlar va foydalarning kamayishi

3.

Fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo’lishi,ular qarzlarining ortishi



4.

Qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi

Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko’ra davriy,oraliq,nomuntazam inqirozlarga ajratiladi.

Davriy inqirozlar

Ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi

Oraliq inqirozlar

To’liq sikl bo’yicha yuz bermaydi.Siklning biron-bir fazasida to’xtatiladi.Ular nisbatan uncha chuqur bo’lmay,qisqa muddat davom etadi

Nomuntazam inqirozlar

Biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi.Masalan,tabiiy ofat,sel,to’fon,qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolsihi mumkin

Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzlishi tavsifiga ko’ra turkumlanishi

Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi

Turli naf keltiradigan ne’matlarni ko’p ishlab chiqarish,lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon bo’ladi

Taqchil ishlab chiqarish inqirozi

Bu davrda muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas,balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo'ladi

4.Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mohiyati,kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlariJahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi

Jahonning deyarli barcha mamalakatlarida moliyaviy,ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va nisbatlarning keskin izdan chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik holatlarining vujudga kelishi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga tizimli yondashuv

Yirik kompaniyalar indekslari bozor qiymatining halokatli darajada tushib ketishi.Bozor disproporsiyasi va retsessiyaning boshlanishi.2008.

Iqtisodiy inqiroz

AQSh ipoteka kreditlash tizimida tanglik.Yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik,ya’ni to’lov qobiliyatining zaflashuvi.2007-2008.

Moliyaviy inqiroz

Iqtisodiy pasayish natijasida ishsizlikning keskin oshib borishi va ijtimoiy-siyosiy ahvolning keskinlashuvi.2009.

Ishsizlik

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga kelishining asosiy sabablari:1.

Moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi

2.

Yetarlicha to’lov layoqatiga ega bo’lmagan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi



3.

Moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag’lari o’rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi

4.

Noratsional pul-kredit siyosatini,hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi



5.Jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillarMa’muriy buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanlaganligi

Davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyati o’z zimmasiga olishi zarurligini aniq belgilab olinganligi

Yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi

Oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi

Aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalaga oshirilganligi

Davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog’liq barqaror va ishonchli ekani,ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi

O’zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov 2009-yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini O’zbekiston sharoitida bartaraf etishga doir mazkur asarni yaratdi va u quyidagi ikki qismdan iborat

Jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar

Bank tizimini qo’llab-quvvatlash,ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,texnik yangilash va difersifikatsiya qilish,innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish – O’zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’lidir

iqtisodiy inqirozlar – o‘z ichiga davlatning pul-kredit, moliya, byudjet va iqtisodiy sohalarini, shu bilan birgalikda korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi, pirovard natijalari va to‘lovga qobillik darajalaridagi tushkunliklarni olib davlat va korxona iqtisodiyotini orqaga ketishi uni rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni paydo bo‘lishi tushuniladi. Iqtisodiy inqirozlar foiz stavkasining ko‘tarilishi, iste’mol tovarlarini kamayishi va narxlarining ko‘tarilishi, moddiy resurslarni taqchilligi, ishlab chiqarish darajasining pasayishi, retsessiya, disproporsiya, va boshqa umumiqtisodiy ko‘rsatkichlarni pasayishi oqibatlarini paydo bo‘lishi bilan tushuntiriladi. U iqtisodiyotning bosh muammosi “Resurslarning taqchilligi va ehtiyojlarning cheksizligi” sharoitida yuzaga keladi. Sababi resurslarning taqchilligi sharoitida faoliyat olib borayotgan davlat va uning subyektlari doimiy ravishda turli umumjamiyat muammolariga va to‘siqlariga duch keladi. Mazkur muammolarga duch kelishning o‘zi inqiroz. Undan chiqib keta bilmaslik esa, inqiroz muddatini uzaytiradi. Iqtisodiy inqirozlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

Moliyaviy inqirozlar – bu muomaladagi pul massasini ortib ketishi, davlat byudjetini taqchilligi, qimmatli qog‘ozlar kursini tushib ketishi, investitsiyalarni susayishi, valyuta qadrini pasayishi kabilardir;

Narxlarni ko‘tarilashi oqibati yuzaga keladigan inqirozlar – bu aholini to‘lov qobiliyatini va real daromadlarini pasayishi hisoblanib, yashash farovonligini tushib ketishiga olib keladi. Shu bilan birgalikda hom-ashyoni ham narxini oshib ketishi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ham tannarxini ortish evaziga bozor narxlarini ko‘tarilishidir. Bunday inqirozlar davlat miqyosida nisbatan boshqalariga qaraganda bozor iqtisodiyoti sharoitida og‘ir kechadi. Sababi erkin bozor narxlarining mavjudligi narxlarni jilovlash imkoniyatini davlat qo‘lidan olib qo‘yadi;

Disproporsiya – bu iqtisodiyotdagi muvozanatlarni buzilishi hisoblanadi. Masalan, tovar va pul o‘rtasidagi bog‘liqlikni yo‘qolishi va tovarni pulga nisbatan yoki pulni tovarga nisbatan bir necha barobar o‘sib ketishi. Bunda agar pul tovarga nisbatan o‘sib ketsa, narxlar ko‘tarildai va inflyasiya darajasi oshib ketadi. Agar tovar pulga nisbatan ko‘tarilib ketsa, jamiyatda defdeflyasion jarayonlar yuz beradi. Aylanuvchanlik pasayyadi va u oxir oqibat ishsizlikni ortib aholi daromadlarini pasayishiga ham olib kelishi mumkin. Shu sababli iqtisodiyotdagi barcha ko‘rsatkichlar proporsional tartibda ushlab turishga harakat qilinadi;

Retsessiya – bu ikki kvartal yoki 180 kun davomida davlatni YAIMni yoki boshqa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘rsatkichlarini pasayshidir. Retsessiya ishsizlikni ortishi va ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalanilmagan holatlarda vujudga keladi;

Moddiy resurslarning taqchilligi natijasida vujudga keladigan inqirozlar. Bu kabi inqirozlar jahon iqtisodiyotida tez-tez kuzatilib turiladi. Natijada taqchil resursni narxi oshadi yoki undan o‘z ishlab chiqarish jarayonida foydalanayotgan korxonalar faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi;

To‘lovga noqobillik – bu korxonalarning inqirozli holatlari bilan bog‘liq tushuncha bo‘lib, o‘z majburiyatlarini bajarishga imkon bo‘lmagan holatlarda vujudga keladi;

Bankrotlik – bu korxonalarni o‘z qarz majburiyatlarini aktivlari bilan qoplay olmaganliklarida vujudga keladi. Bankrotlik tushunchasi juda ham keng tushunchalardan biri bo‘lib, butun dunyoda iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan ishlatiladi.

Inqirozga qarshi boshqaruvda korxonadagi inqirozni yuzaga kelishiga sababni topmasdan va uni turini aniqlamasdan turib u bilan kurashish samara bermaydi. Demak, inqirozga qarshi boshqaruvning eng birinchi sharti uni vujudga keltirgan sababni o‘rganishdan boshlanadi.

Ko‘plab iqtisodchilar korxona miqyosidagi inqirozlarning sababi marketing sohasidagi kamchiliklardan paydo bo‘lishini ta’kidlaganlar. Korxonaning ishlab chiqarish va bozor faoliyati o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvining buzilishi yoki uzilishlar u yoki bu darajadagi muammolarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu muammolar ishlab chiqarilgan mahsulotlarning turib qolishi, aylanma mablag‘larning aylanuvchanligini pasayishi, pul oqimining yetarli emasligi kabilarda hosil bo‘ladi. Natijada korxona faoliyatiga inqiroz havf sola boshlaydi.

Inqirozni vaqtida oldi olinmasa, o‘zidan keyin boshqa inqirozlarni ham multiplikatsiya ko‘rinishida shakllantiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, inqirozni vujudga keltiruvchi sabablar ko‘p bo‘lib, eng katta sabab inqirozni o‘zi hisoblanadi. Inqirozga olib keluvchi sabablarni turkumlansa, xususiylarini aniqlash mumkin.



Lekin olimlar o‘rtasida inqirozga olib keluvchi sababalar turkumini belgilab olishda yagona nuqtai nazar keltirilmagan. Chunki, inqirozlarning sababi bir xil bo‘lmaydi. Inqirozlar to‘planib qolgan xato va kamchiliklar hisobiga paydo bo‘ladi. Shuning uchun bitta tan olingan sbabalar tizimi keltirilmagan. Bu fikrni Rossiyalik iqtisodchi olimlar o‘z ilmiy ishlarida tasdiqlab o‘tishgan. Shuningdek, inqirozga olib kelgan sabab oqibatini tahlil qilishda aniqlanadi. To‘g‘ri ba’zi inqirozlarni iqtisodiy jarayonlarning borishiga qarab oldinidan taxmin qilish mumkindir, lekin inson omili bilan bog‘liq inqirozlarni bu kabi bashoratlab bo‘lmaydi. Ularni faqatgina oqibati natijasida aniqlanadi.

Inqiroz sabablarini o‘rganishda ba’zi olimlar uni to‘lovga qobiliyatsizlikning kelib chiqishi deb ta’riflaydilar. U holda, uning sababi ishlab chiqarish va bozor o‘rtasidagi nomutanosiblik emas, balki majburiyatlarni aktivlardan ortib ketishida namoyon bo‘ladi. Unda e’tibor korxona moliyasini izdan chiqishiga qaratilib moliyaviy jarayonlarning tuzilmasi o‘rganiladi. To‘lovga noqobillik yoki inqiroz sabablari deb ajratish to‘g‘riligi haqida mushohada yuritib aytish mumkinki, korxonaning to‘lovga layoqatsizlikka tushib qolishi inqiroz hisoblanadi. Bu inqirozning dastlabki bosqichidir. Negaki, korxonalarning iqtisodiy-moliyaviy faoliyati tashxislanayotganda asosan to‘lovga layoqatsizlik tahlil qilinadi. Balki shu sababdan ham to‘lovga layoqatsizlik sababi deyilar. Unda sabablarni o‘zini ikki turkumga bo‘lib o‘rganish zarurati vujudga keladi: to‘lovga layoqatsizlik sababi; inqiroz sababi. Agarda korxona to‘lovga layoqatliligi tiklanmasagina inqiroz sabablari o‘rganiladi. Inqiroz yoqasidagi korxona o‘zini tiklab olsa, u holda to‘lovga layoqatsizlik sabablari o‘rganilgan bo‘ladi. Lekin bunday tushunish o‘zak tushunchadan fikrni uzoqlashtiradi. Masalani tub mohiyatiga etish uchun ishlab chiqarishni turib qolishi foydani kamaytiradi va oqibatda majburiyatlar to‘lovini kechiktiradi deb izohlasa bo‘ladi. Ammo inqirozni boshqa sabablari ham borki, ular faqatgina ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas. Ular ham majburiyatlarni vaqtida bajarilishiga to‘sqinlik qiladi va barcha sabab to‘lov layoqatini pasayishi va oqibatda inqirozni vujudga keltiradi. SHu sababdan ham, menejment nuqtai nazaridan inqiroz sabablari, tahlil nuqtai nazaridan to‘lovga layoqatsizlik sabablari deb atash maqsadga muvofiqdir.
Download 16,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish