2020-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonga Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan jami mablagʻlar sohalar boʻyicha taqsimlanishi, mln.doll
profession
|
Number of loans
|
Amount of allocated funds (millions of dollars)
|
Percentage
|
Agriculture, natural resources
|
28
|
672.74
|
11.15
|
Education
|
21
|
368.95
|
5.69
|
Energy
|
22
|
2,541.20
|
29.55
|
Finance
|
23
|
649.94
|
12.08
|
Healthcare
|
4
|
41.60
|
0.80
|
Industry and trade
|
3
|
275.68
|
3.37
|
Public administration
|
15
|
29.73
|
0.57
|
Transport
|
28
|
1,529.85
|
25.50
|
Water supply, utilities and infrastructure
|
21
|
689.12
|
11.29
|
Total:
|
165
|
6,798.81
|
100
|
Jadval ma’lumotlarini tahlil qiladigan boʻlsak, 2020-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonga OTBdan kredit, grant, texnik yordam va birgalikda moliyalashtirish uchun jami 6,798.81 mln dollar qiymatidagi mablagʻ ajratilgan boʻlib, bu mablagʻlarning katta qismi energetika sohasidagi loyihalarga togʻri keladi. Moliya sohasiga esa 649,94 mln dollar resurs jalb qilingan boʻlib, mamlakatimizga yoʻnaltirilgan jami mablagʻlarning 12,08 foizini tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligi va tabiiy resurslar uchun 672.74 mln dollar dan ortiq qiymatdagi loyihalar amalga oshirilgan. Oʻzbekiston va OTB hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalarning salmoqli qismi ya‘ni 25,5 foizi transport sohasidagi loyihalarga toʻgʻri keladi.
Osiyo Taraqqiyot banki va Oʻzbekiston 2018-2020 yillarga moʻljallangan mamlakat operatsion biznez-rejasi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar, mln. doll
Sohalar
|
Ajratilgan mablagʻ, mln dollar
|
Ulushi, %
|
Qishloq xoʻjaligi va tabiiy resurslar
|
250
|
13
|
Energetika
|
490
|
26
|
Moliya
|
205
|
11
|
Transport
|
605
|
32
|
Suv ta‘minoti va sanitariya
|
340
|
18
|
Jami:
|
1890
|
100
|
Jadval ma‘lumotlariga koʻra, Osiyo Taraqqiyot banki va Oʻzbekiston 2018- 2020 yillarga moʻljallangan mamlakat operatsion biznes rejasi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarda katta ulushni transport sohasi egallagan boʻlib, loyiha doirasida 605 mln dollar mablagʻ ajratilgan. Bu jami rejalashtirilgan mablagʻning 32 foizi tashkil etadi. Keyingi oʻrinda energetika sohasi boʻlib, energetikaga 490 mln dollar qiymatidagi mablagʻ ya‘ni loyiha qiymatining 26 foizi doirasida ishlar amalga oshiriladi. Qishloq xoʻjaligi va tabiiy resurslarga 250 mln dollar, moliya sohasiga 205 mln dollar, suv ta‘minoti va sanitari yoʻnalishiga esa 340 mln dollar ajratilgan. Jami loyiha qiymatiga nisbatan tahlil qiladigan boʻlsak, qishloq xoʻjaligi 13 foizni, moliya sohasi 11 foizni, suv ta‘minoti esa 18 foizni tashkil etgan.
Xorij tajribalari.
АQSh qishloq xo‘jaligining samaradorligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi, bu sohada mamlakat ishchi kuchining atigi 2 foizi ishlaydi. Аmerika Qo‘shma Shtatlardagi qishloq xo‘jaligi ko‘plab innovatsion yechimlardan foydalanib, fermerlarga arzon narxda ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Masalan, genetik modifikatsiyalangan urugʼlardan foydalanish va to‘gʼridan-to‘gʼri ekish fermerlarning texnika, yoqilgʼi va pestitsidlardan foydalanish xarajatlarini kamaytiradi.
Isroilda yerning 20 foizdan kamrogʼi qishloq xo‘jaligiga mos keladi, ammo fermerlar aholining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojining 95 foizini taʼminlaydilar. Isroilda sugʼorish suvining keskin tanqisligini hisobga olib, ekinlarni tomchilatib sugʼorish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, Isroil hukumati mamlakat qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlaydi, fermerlarni sotib olish va yangi texnologiyalarni joriy qilish xarajatlarining 40 foizigacha subsidiya taqdim qiladi. Аqlli dehqonchilik yondashuvining asosiy tarkibiy qismlari dasturiy taʼminot, sugʼorish tizimlari, innovatsion yigʼim-terim uskunalari bo‘lib, ular subsidiya tizimi tufayli arzonroq. Ushbu yondashuv tufayli agrosanoat majmuasida davlat, xususiy va ilmiy sektorlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik tufayli, agrosanoat majmuasiga yangi texnologiyalarni joriy etishning yuqori surʼatlari saqlanib qolingan.
Koreya Respublikasida davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiyot va hayotning barcha sohalariga innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga har tomonlama yordam berishga qaratilgan. Koreya Respublikasidagi qishloq xo‘jaligi ham yuqori texnologiyali sohadir. Koreya Respublikasida qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish tajribasi noyobdir va rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va innovatsion agrar tizimni shakllantirishda foydalanish mumkin. 2018 yilda Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi butun mamlakat bo‘ylab "aqlli" fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga mablag bajratish va ularning umumiy maydonini hozirgi 4,01 gektardan 7 ming gektarga oshirish niyatida ekanligini maʼlum qilgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Rossiyada qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi bugungi kunda, masalan, Germaniya unumdorligidan uch baravar orqada qolmoqda va hosildorlik Germaniya va АQShdagi ish haqidan 2,5-3 baravar past. Rossiyada qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalardan foydalanishning asosiy jihatlari sifatida qishloq xo‘jaligining mahsuldorligini oshirish va yo‘qotishlarni pasayishtirish bo‘lib hisoblanadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda bugungi kun amaliyotida xalqaro moliya institutlari turli mamlakatlar iqtisodiyoti real sektorini moliyalashtirish shu jumladan, kreditlash operatsiyalarini amalga oshirib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik mamlakat uchun nafaqat yirik mablag‘larni iqtisodiyotga jalb etish imkonini beradi, balki jahon moliyaviy munosabatlarida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lish imkoniyatini ham taqdim etadi. Shuning uchun xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish har bir davlat uchun muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda real sektor korxonalari faoliyatini moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlarining rolini oshirish masalalari bo‘yicha quyidagi ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar shakllantirildi: Birinchidan, real sektor korxonalari faoliyatining shaffofligi, axborotlar ochiqligini ta‘minlash lozim. Buning natijasida xalqaro moliya institutlarining real sektor korxonalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishlarida o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, iqtisodiyotning real sektor korxonalarining eksport salohiyatini oshirish lozim, chunki bu jihat xorijiy valyutada olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga imkon beradi. Bundan tashqari kreditlash jarayonini tezlashtiradi. Qolaversa hozirgi kunda, inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida raqamli texnologiyalardan foydalanish global miqyosda tez surʼatlar bilan o‘smoqda. Qishloq xo‘jaligi bundan mustasno emas, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham, so‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida Prezidentimizning bir qator farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu bir qatordaa soha mutaxassislari raqamli transformatsiyalar tufayli qishloq xo‘jaligining umumiy mahsuldorligi 2030 yilga kelib qariyb 60%ga oshishi kerak, shunda oziq-ovqat yetishmovchiligiga duch kelinmaydi deb Prezidentimiz o‘z qarorlarida aytib o‘tishdilar. Qolaversa, Raqamli agrotexnologiyalar sohasidagi ushbu tendentsiyalar va yangiliklar bilan bogʼliq holda, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sharoitida "Аqlli qishloq xo‘jaligi" ni amalga oshirish kontseptsiyasining loyihasi umumiy ko‘rib chiqish va muhokama qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar portalida eʼlon qilindi. Ushbu kontseptsiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, chorvachilik mahsuldorligini oshirish, ekinlar va yerlarni zararkunandalar va turli hasharotlardan himoya qilish, tashqi ekinlarni turli xil ekinlar hosildorligiga taʼsir etishini bartaraf etish, shuningdek, zamonaviy qishloq xo‘jaligi usullarini joriy etish va ishlab chiqarish maʼdaniyatini oshirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar va boshqaruvning raqamli usulini joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi. //«Xalq so‘zi», 2020 y., 25 yanvar.
Lapidus L.V. Сифровая економика: управление електронным бизнесом и електронной коммерцией. – M.: INFRА-M, 2018. -381 s.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 2017-yil 7-fevral.
Arifjanova Ya. “O‘zbekistonning Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorligini rivojlantirish masalalari”.// “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy-elektron jurnali №3.
www.adb.org – (Osiyo taraqqiyot banki veb sayti).
G.Q.Qosimova, F.M.Mulaydinov. Iqtisodiyot va biznesda innovatsion rivojlanish muammolari. Ilm va madaniyat yosh olim va yetakchilar nigohida: xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferentsiyasi, 26 iyun 2020 y. – Qo‘qon. 172-174 betlar.
https://www.greenbiz.com/article/3-circular-economy-trends-defined-2020.
Do'stlaringiz bilan baham: |