Jahon tajribasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, kichik biznesni rivojlantirishdan qator mamlakatlarda iqtisodiy siyosatning o‘ziga xos dastagi sifatida foydalanib kelinmoqda. Jumladan: - ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy sohasi;
- iqtisodiyotning innovatsiya salohiyatini rivojlantirish manbai;
- ishlab chiqarish faoliyatining yangi shakllarini izlash va joriy etish manbai;
- davlat byudjetini soliq bilan to’ldirish;
- ishlab chiqarish pasayishining oldini olish;
- yirik biznes bilan uzviy bog‘liq holda, mamlakatning barqaror rivojlanishi hamda uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishning asosi
Har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hukumat tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning hududlarda bajarilish darajasiga bogiiq. Hususan, Respublika hududlarida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qoilabquwatlash masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi va u o‘z samarasini bermoqda. 2016-yilda Respublika hududlari bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaHMdagi ulushi Namangan va Jizzax viloyatlarida yuqori darajaga etib, 80,3 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida ushbu ko‘rsatkich 78,0 foiz, Surxondaryo viloyatida 75,3 va Xorazm viloyatida 74,2 foizni tashkil etgan. Sirdaryo, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida, Toshkent shahri va Qoraqalpogiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 50-70 foizlar oraligida boiib, o‘rta darajani qayd etgan. Shu bilan birga, past daradaja 191 — qolayotgan Navoiy viloyatida bu ko‘rsatkich 37,6 foizni tashkil etgan.
So‘nggi yillarda kichik biznes subyektlarining mamlakatda yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo‘lib bormoqda. 2000-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat faoliyati bilan band bo‘lganlar soni 4,5 mln.kishini tashkil etgan bo‘Isa, 2010-yiIda bu ko‘rsatkich 8,6 mln.kishini, 2016-yilda esa 10,4 mln.kishini tashkil etib, mazkur sohada band bo‘lganlar soni 2000-yilga nisbatan solishtirilganda 5,9 mln.kishiga yoki 2,3 barobar ko‘payganligini ko‘rish mumkin.
2016-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo‘lganlaming 79,0 foizi (8,2 mln.kishi) yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasida, 21,0 foizi (2,2 mln.kishi) kichik korxona va mikrofirmalarda mehnat faoliyati bilan band boMgan. 2016-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo‘lganlaming iqtisodiyotda band bo‘lganlar umumiy sonidagi ulushi 78,2 foizni tashkil etgan. Shundan 61,9 foizini yakka tartibdagi tadbirkorlikda band bo'lganlar tashkil etsa, 16,3 foizini kichik korxona va mikrofirmalarda band bo‘lganlar tashkil yetadi.
Mamlakat sanoat tarmoqlarida kichik biznes subyektlari sonining yuqori sur’atlarda o‘sishi, qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, yagona soliq toiovi stavkalarining pasaytirilishi, resurslardan va ishlab chiqarish infratuzilmalaridan foydalanishga ruxsat berish shartlarining soddalashtirilishi hamda kichik biznes subyektlarini yirik kompaniyalar bilan kooperatsiya aloqalarining kuchayishi natijasida uning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 2000-yildagi 12,9 foizdan 2016-yilda 45,3 foizga yoki 32,4 foiz birlikka sezilarli daraja o‘sdi
Do'stlaringiz bilan baham: |