Bog'liq Ozbekistonda innovatsion iqtisodiyot 06984
tadbirkorlarbunio’zlariuchunortiqchatashvishdebbiladilar), respublikada innovatsion tavakkalchilikni hamda venchur biznesni sug’rta qilish mexanizmini yaratish va uni amaliyotga tadbiq qilish;
Mamlakat fuqorolarining aksariyat qismi innovatsiya nima ekanligi, u nimalarga olib kelishi va buning o’ta muhim ekanligini tushunmasligi tufayli ommaviy axborot vositalarida bu haqda doimiy ravishda ma’lumotlar berib turish va innovatsion texnologiyalar bo’yicha internetda on-line portalini tashkil qilish;
Korxona, tashkilot, ta’lim muassasalari, ilmiy muassasalar va davlat tashkilotlaridan chet mamlakatlarning innovatsiya sohasidagi tajribalarini har tomonlama o’rganish va ularni o’zlashtirib, respublika iqtisodiyotiga tadbiq qilishni va uning ijobiy tomonlaridan keng foydalanishni qat’iy talab qilish;
Iqtisodiyotning turli yo’nalishlariga oid jahon miqyosidagi innovatsiyalar sohasidagi ilmiy va amaliy yangiliklar bo’lgan adabiyotlarni davlat tiliga tarjima qilib, ularni ilmiy-texnik xodimlar tomonidan tanqidiy ravishda o’rganish hamda tezkorlik bilan amaliyotga tadbiq qilish jarayonini tashkil qilish;
Ingliz va rus tillaridan o’zbek tiliga va aksincha sifatli tarjima qila oladigan intellektuallashtirilgan komp’yuter dasturlarini yaratish va bu dasturlardan barchaning foydalana olishiga imkoniyatlar yaratish;
Jahon miqyosida ishlab chiqilgan va O’zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan sohalardagi innovatsion g’oyalar, fikrlar, qurilmalar, uskunalar hamda ilmiy izlanishlar natijalarining ma’lumotlar bazasini tashkil qilish va uni ommaviy axborot vositalari orqali tadbirkorlarga hamda korxona rahbarlariga tezkorlik bilan yetkazish;
Xar bir innovatsion taklif kiritgan yoki mavjud innovatsiyalarni amaliyotda qo’llagan shaxslarning munosib taqdirlanishiga erishish. Yil davomida birorta ham innovatsion fikr bera olmagan va uni amaliyotga tadbiq qilmagan rahbarlarni javozimidan mahrum qilish ;
Mahsus innovatsion soliq turini kiritgan holda undan jamlangan mablag’larni respublikadagi innovatsiyalarni rivojlantirish va qo’llab- quvvatlashga yo’naltirish;
Innovatsion faoliyat haqidagi qonunlarni va normativ xujjatlarni ular jinoyatkorona va shahsiy boyish maqsadlarda ishlatilmasligini nazarda tutgan holda qayta ishlab chiqish va ko’rib chiqish zarur;
Innovatsion va zamonaviy ishlab chiqarish hamda boshqaruv tizimlarini yaratishga bag’ishlangan mahsus loyihalarni tanlov asosida ko’rib chiqish va hayotga tadbiq qilish. Hayotga tadbiq qilingan loyihalar muyalliflarini munosib moddiy va ma’naviy taqdirlash;
Mamlakat ta’lim tizimining barcha bo’ginlarini bilimlarga asoslangan investistion yo’nalishga solishning kechiktirib bo’lmas chora-tadbirlarini ko’rish va uni qat’iy tarzda barcha joyda xoziru-nozir bo’lgan korruptsiyadan xalos etish;
Ilmiy izlanishlar asosida (yoki ilg’or chet el tajribalariniijodiyravishdao’zlashtirib,ularniO’zbekistonsharoitlarigamoslashtirganholda) turli hil zamonaviy va samarali innovatsion texnologiyalar yaratishga imkon beradigan hamda tadbirkorlik bilan mos tushadigan umumdavlat dasturini ishlab chiqish;
Innovatsion tizimlar yaratish, ularni baholash va hayotga tadbiq qilish sohasida faoliyat ko’rsatadigan malakali ekspertlar guruhini tashkil qilish va unining faoliyatini yo’lga qo’yish;
Mamlakatning innovatsion yo’ldan rivojlanishi zarurligini va buning respublika kelajagi uchun o’ta muhimligini ommaviy axborot vositalari yordamida bacha aholi qatlamlariga tushunarli va ommabop tarzda yetkazish (Internetda esa innovatsiyalar bo’yicha tashkil qilinganmahsus portalda FAQ [tez-tez so’rab turiladigan savollar] ga javoblarbo’liminitashkilqilish lozim);
Innovatsion yangiliklarni mamlakat iqtisodiyotiga joriy qilishga moliyaviy ko’mak tariqasida barcha huquqiy va jismoniy shaxslarga innovatsion homiylik imkoniyatlarini yaratib, buning uchun ularni ma’lum miqdordagi soliqlardan ozod qilish va bundan tushgan mablag’larni to’laligicha markazlashgan “Innovatsiyalarniqo’llab-quvvatlashfondi” ga o’tkazish va bu mablag’larni innovatsiyalarni moliyaviy ta’minlashga hamda bu ishda jonkuyarlik ko’rsatgan ilmiy- texnik xodimlar va mutahassislarga moddiy mukofot tariqasida berishni tashkil qilish;
Xar bir firma, tashkilot yoki korxonaning biznes rejasida majburiy
tarzda innovatsion bo’lim kiritib, unda ishlab chiqilgan yoki hayotga tadbiq qilinayotgan ilmiy-texnik-texnologik yechimlarni uchtadan kam bo’lmagan ilmiy mutahassislar tomonidan tasdiqlash zarurligi talab qilinishi hamda ularga buning uchun firma, tashkilot yoki korxona tomonidan tegishli mukofot to’lanishi - birinchidan, innovatsiyalarning ilmiy-texnik ekspertizasi bo’lsa, ikkinchidan, ilmiy-texnik xodimlarning jamiyatdagi mavqeini ko’tarish uchun hizmat qilar edi;
Zamonaviy tajribalarni rejalashtirish va amaliy optimallashtirish usullaridan foydalanib (masalan,ikkilikmatrutsalaryokisimpleks