bosqich (2013-2015 yillar). Bu bosqichda hal qilinadigan asosiy masalalarga intitustional bazani mustahkamlash kiradi, ya’ni, milliy innovatsion tizimning an’anaviy va yangi segmentlarini, innovatsion faoliyat institutlarini va mexanizmlarini bir butun qilgan holda, ularnining global innovatsion tizimga integratsiya qilinadi. Ushbu bosqichda iqtisodiyotni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish ichun ilg’or horijiy texnologiyalardan foydalanish va ularni ijodiy ravishda o’zlashtirish kerak bo’ladi. Ilg’or texnologiyalarni ommaviy tarzda o’zlashtirish mamlakatdagi barcha korxona va tashkilotlarning samaradorligini oshirib, import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish va raqobatbardosh hamda sifatli mahsulotlarni jahonning turli mamlakatlariga eksport qilishga imkon beradi. Ishlab chiqarishning eng yangi usullarini respublika korxonalariga tadbiq qilish ularni moslashtirish uchun ilmiy-texnologik izlanishlar olib borishni talab qiladi. Buning uchun respublikadagi ilmiy tashkilotlarning ilmiy-texnik xodimlari safarbar qilinishlari maqsadga muvofiq bo’ladi. Yangi texnologiyalarni o’zlashtirishda davlat asosiy rolni o’ynaydi va u innovatsion strategiyaning asosiy qoidalarini ishlab chiqib, moliyalashtirishni ham amalga oshiradi. Birinchi bosqichning amalga oshirilishi natijasida to’liq va ishchan milliyinnovatsiontizimhosil bo’ladi va u innovatsion tsiklning barcha bosqichlarida to’laqonli innovatsion faollikni ta’minlab bera oladi.
bosqich(2016-2020yillar). Bu bosqichda O’zbekiston milliy innovatsion tizimining boshqa tizimlarga moslashuvi va samarali
ishlashi natijasida u global innovatsion tizimning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib qoladi. Endi asosiy e’tiborni tizimli innovatsion loyihalarni amalga oshirishga, innovatsiyalarda davlat ulushini kamaytirishga, raqobatbardosh texnologiyalar yaratishda ishtirok etishga, zahiralarni eng muhim loyihalarga yo’naltirishga va innovatsion sohadagi halqaro kooperatsiyani imkon boricha kengroq rivojlantirishga qaratish kerak bo’ladi. Natijada mamlakatda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish ulushi xozirgi 2,9% dan 20-30% gacha ko’payishi mumkin. Ammo bunday ko’rsatgichlarga erishish uchun juda katta ichki investitsion zahiralar zarur bo’ladi, ya’ni, ilmiy-texnik ishlar uchun sarf qilinadigan mablag’lar yalpi ichki mahsulotning 3-4% gacha yetishi mumkin. Bu xarajatlarning asosiy qismini iqtisodiyotning nodavlat sektori amalga oshirishi kutiladi. Korxona va tashkilotlar tomonidan innovatsiyalar uchun sarf qilinadigan xarajatlar ulushi xozirgi 0,4% dan 2015 yilda 2,8% gacha va 2020 yilga kelib 5% gacha ko’payishi bashorat qilingan.
O’zbekistondagi innovatsion biznesning raqobatbardoshliligini ta’minlash uchun davlat katta (ba’zihollardakichik) innovatsion korxonalar (korporatsiyalar) ga ularning brendi siyosatini yurgishishga ko’mak berishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bu amal dunyo hamjamiyati oldida O’zbekistonning “imidj” ini ko’rsatib, uning iqtisodiyoti raqobatbardoshliligini oshradi. Milliy innovatsion tizimni tadbirkorlik sektoriga ilmiy asosdagi texnologiyalarni tadbiq etish, ishlab chiqarishni qayta tuzish va ularning raqobatbardoshliligini oshirish, innovatsion ishlanmalarni davlat dasturlari bilan muvofiqlashtirish asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalashga
yo’naltirish uchun quyidagi asosiy va muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi:
Horijiy investorlar bilan birgalikda iqtisodiyotning yangi, yuqori texnologiyali raqobatbardosh innovatsion tovarlar ishlab chiqaradigan tarmoqlarini tashkil qilish;
Yangi innovatsion texnologiyalarni davlat sektoridan asta-sekinlik bilan nodavlat sektoriga berishning samarador tizimini ishlab chiqish va yuqori texnologiyali tovarlar eksport qiladigan korxonalarga davlat tomonidan har tomonlama ko’mak berish;
Perspektiv (kelajakniko’zlaydigan) innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqaradigan, tekshiradigan va iqtisodiyotga tadbiq qiladigan texnologik ilmiy parklar tashkil qilib, ularga kerakli resurslar ajratish;
Fan va texnkaning tegishli yo’nalishalrida oldingi o’rinlarni egallay oladigan ilmiy va yuqori texnologiyalar markazlari tashkil qilish;
Tarmoq ilmiy-tekshirish va loyiha institutlarining bir qismini restrukturizatsiya qilib (qayta tuzib), ularni rivojlangan moliya-iqtisod, marketing va tijorat firmalariga aylantirish;
Ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda milliy va horijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda ishlab chiqarishga yo’naltirilgan innovatsion-texnologik markazlar, ilmiy va texnologik parklar tashkil qilish.
Bu ishlarni amalga oshirishda, innovatsion iqtisodiyotga o’tish, milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti bilan integrallashuvi amalga oshirilishi uchun eng asosiy shartlardan biri ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Rivojlangan mamlakatlardan ilg’or texnologiyalarni olib kelish va ularni milliy iqtisodiyotga qo’llash import o’rnini
bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytiradi hamda milliy iqtisodiyotning raqobatbatdoshliligini oshiradi. Innovatsion rivojlanish uchun iqtisodiyotning davlatga tegishli va hususiy sektorlari rivojlangan g’arb va sharq mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, o’z mahsulotlarini jahon bozorlariga chiqarishga ulardan har tomonlama yordam olishga intilishlari kerak. Buning uchun esa innovatsion hamkorlikning jahon andozalariga mos bo’lgan infratuzilmasini yaratish talab qilinadi. Bunday ish akkreditatsiya qilingan horijiy firmalar bilan yaqindan muloqot qilish natijasida qo’shma korxonalar, konsortsiumlar va al’yanslar tashkil qilish natijasida amalga oshiriladi. Jahon mamlakatlari bilan innovatsion faoliyatda hamkorlik qilishning asosiy shartlari – investitsion muhitni yaxshilash, ilmiy sektorga investorlarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish va innovatsion texnologiylarni respublikaga olib kelishdir. Asosiy tadbirlardan yana biri - alohida huquqiy rejimda faoliyat ko’rsatadigan InnovatsionFondtashkil qilishdir. Uning asosiy funktsiyalariga innovatsion loyiha va dasturlarni past foizli yoki foizsiz (foydagasheriklikasosida) kreditlash hamda ularni sug’urtalsh kirishi lozim. Innovatsion faoliyatni kreditlagan banklar foydasining bir qismini esa soliqdan ozod qilish ham yaxhsi natija bergan bo’lar edi. Xorijiy innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirish uchun Texnologiyalartrensferiva InjiniringMarkazitashkil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Shu va bu bilan bog’liq bir qancha muammolar Birlashgan Millatlar tashkiloti rivojlanish dasturi tomonidan tavsiya etilgan “O’zbekistonRespublikasining2012-2020yillargamo’ljallanganinnovatsionrivojlanishkontseptsiyasi” deb nomlangan xujjatda ham tavsif etilib,
batafsil keltirilgan. Ushbu innovatsion rivojlanishga oid muammo va masalalar muvaffaqiyatli va og’shmay hal qilingan taqdirda O’zbekiston o’z ilmiy-texnik potentsiali bilan zamonaviy ilg’or texnologiyalardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida foydalanish hamda ularni yaratishda faol ishtirok etib, qisqa muddatlarda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko’tarila olar edi. Xuddi shunday maqsadlarni ko’zda tutgan holda xozirgi paytda O’zbekistonda investitsiyalarni jadallashtirish va innovatsion jarayonlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida bir qancha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilmoqda. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 11 maydagi №UP-3751 sonli Qarori asosida mamlakatda samarali strukturaviy va investitsion siyosatni ta’minlash, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qayta texnik jihozlash hamda mamlakatning tezkor dinamik rivojlanishini amalga oshirish maqsadida O’zbekistonRespublikasirivojlanishvarekonstruktsiyaFonditashkil qilingan. Ushbu fondning ustav kapitali 15 milliard AQSH dollarini tashkil qilib, bu kapital 2012-2016 yillar davomida hosil qilinishi rejalashtirilgan. Fondning ta’sischisi (Uchreditel) bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Moliya Vazirligi hisoblanadi. Bu Fondning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
Davlatning va xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy mablag’larini O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish hamda innovatsion o’zgarishlarni amalga oshirish maqsadida akkumulyatsiya qilish, shu jumladan, tijorat banklari, horijiy fondlar, investorlar va boshqa tuzilmalarning mablag’laridan foydalanish;
Iqtisodiyot rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan, yonilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ularni innovatsion strukturaviy o’zgartirish uchun moliyaviy mablag’lar ajratish;
Strategik jihatdan muhim bo’lgan korxonalarni va avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini texnik qayta qurollantirish hamda yangilashning innovatsion dasturlarini kreditlash;
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan milliy davlat dasturlarini va ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirishning innovatsion loyihalarini moliyalashtirish (bubirinchinavbatdaperspektivvayaxshirivojlanmaganxududlargata’alluqli).
Uyqorida ko’rsatib o’tilgan masalalarni hal qilish uchun Fond halqaro Moliya institutlari bilan, donor mamlakatlar bilan va mamlakatimizdagi kredit tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Undan tashqari, ushbu Fond barcha soliqlardan, yig’imlardan, bojxona to’lovlaridan va davlar maqsadli fondlarida bo’lgan barcha majburiy to’lovlardan ozod qilingan. Fondning asosiy investitsiya yo’nalishlari esa quyidagilar hisoblanadi:
Neft-gaz sanoati;
Kimyo va neft kimyosi tarmog’i;
Energetika tarmog’i;
Tog’-kon sanoati.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2012 yil 10 apreldagi №УП- 4434 sonli qaroriga innovatsion o’zgarishlar kritishni ko’zda tutgan “Bevositahorijiyinvestitsyalarnijonlantirishbo’yichaqo’shmchatadbirlar” nomli Qarorga imzo chekdi va unga binoan 2013 yil 01
yanvaridan horijiy investorlarga yangi yengillklar kuchga kirdi. Bu qarorga muvofiq horijiy investitsiyalar jalb qilingan yangi korxonalarning import bojxona to’lovini to’lashdan ozod qilinishi nazarda turilgan. Shunga ko’ra, ta’sis fondida horijiy investitsiyalar miqdori 33% dan ko’p bo’lgan korxonalarning o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O’zbekistonga olib kirayotgan mulki korxona davlat registratsiyasidan o’tgan sanadan so’ng ikki yilgacha bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi ham 2013 yilning 29 martida “O’zbekistonRespublikasiga donor mamlakatlar, halqaro va chet davlatlar hamdanodavlattashkilotlarining2013-2015yillardahayriyatexnikyordamko’rsatishibo’yichatadbirlar” deb nomlangan qarorini qabul qildi. Ushbu qaror asosida O’zbekistonga 2013-2015 yillarda jami 294 innovatsion loyiha bo’yicha 541,87 million dollarlik grantlar jalb qilinishini rejalashtirilaypti. Qarorga muvofiq, O’zbekiston tomoni ko’pchilik loyihalarni donor mamlakatlar, xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlari bilan oldindan kelishib olgan va bu loyihalarning umumiy hajmi 200,783 million dollarni tashkil qiladi, bundan 194,763 million dollari donorlarning mablag’lari bo’lsa, 6,02 million dollari O’zbekiston tomoni mablag’laridir. O’zbekiston davlat organlari xorijiy davlatlar tomonidan 2013-2015 yillarda texnik yordam ko’rsatish grantlarining eng ahamiyatlilarining ruyhatini tasdiqladi. Bu ruyhatga umumiy qiymati 173,027 million dollarlik 145 ta innovatsion loyiha kiritilgan. Dasturga kiritilgan loyihalar ta’lim tizimini rivojlantirishga, sog’liqni saqlash tizimini zamonaviylashtirishga, qishloq va suv xo’jaligiga, ichimlik suv bilan ta’minlash tizimiga, iqtisodiyotga, ishlab chiqarishga,
moliyaviy bozorlarning rivojlanishiga, tadbirkorlikka, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishga va tiklanadigan muqobil energiya manba’larini yaratishga yo’naltirilgan. Donorlar tomonidan beriladigan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar jumlasiga mobil axborot-kommunikatsion markazlar yaratish ham kirgan. Evropa Ittifoqi Komissiyasi ushbu loyihaga 200 ming dollar mablag’ ajratishi rejalashtirilgan. Bu mablag’lar zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari hamda web-texnologiyalar bilan ta’minlangan avtobuslar sotib olishga ishlatiladi va uning yordamida masofaviy ta’lim tizimi usullarini qo’llagan holda voliyatlarda trening va seminarlar o’tkaziladi. Ushbu loyiha bir yilda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan 960 tasining malakasini oshirish uchun hizmat qilib, respublikaning uzoq viloyatlaridagi tadbirkorlik faoliyatida band bo’lgan insonlarning “masofaviy ta’lim” usulida innovatsion ta’lim olishlariga imkon beradi.
Shunday qilib, uyqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, innovatsion jarayonlarni jadallashtirish hamda xorijiy investitsiyalarni ko’paytirish mamlakatimiz hukumati va boshqaruv organlari faoliyatida eng asosiy o’rinlardan birini egallab kelmoqda. Ushbu chora-tadbirlarga qo’shimcha ravishda keyingi bo’limda mamlakatimizda zamona talablariga mos va to’kin turmush darajasini ta’minlaydigan innovatsion iqtisodiyotni vujudga keltirish uchun yuqorida tavsiflanganlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo’lgan bir qancha hulosalar, takliflar va yechimlar majmui keltiriladi (agar bu kimningdir fikri yokidunyoqarashibilanmoskelmasayohudbizba’zio’rinlardayanglishishlarga yo’l qo’ygan bo’lsak, ulardan oldindan uzr so’raymizvasizning bu boradagiqimmatlitakliflaringiznikutamiz).