Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim subyekti bo`lgan banklar faoliyatini o`rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi



Download 187,01 Kb.
bet1/12
Sana13.03.2022
Hajmi187,01 Kb.
#492501
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Agrobank,azizxon


Kirish
Bozor munosabatlarining muhim bo`g`inlaridan biri bo`lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo`lmasdan sog`lom taraqqiy qilishi mumkin emas.
Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim subyekti bo`lgan banklar faoliyatini o`rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilishni taqozo qiladi.
O`zbekiston Respublikasida ham bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish borayotgan shu bosqichda asosiy maqsad banklarimiz faoliyatini xalqaro bank amaliyoti andozalariga yaqinlashtirshdan, banklarning kapitalini ko`paytirgan holda, ularni xususiylashtirish, banklar faoliyatida yangi zamonaviy texnologiyalar qo`llash va umuman banklar faoliyatining samaradorligi orqali iqtisodiyotning samarasi va barqarorligiga erishishdan iborat.
So`nggi yillarda O`zbekistonimiz iqtisodiyotida tub burilishlar ko`plab uchrab ularni bank sohasida ham yaqqol ko`rish mumkin. banklar iqtisodiyotning muhim richaglaridan biri bo`lib davlat iqtisodini yuritishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi. Banklar maxsus muassasa sifatida o`ziga xos bo`lgan funksiya va operatsiyalarni bajaradi. Ular bajardaigan bu funksiya va operatsiyalar banklar faoliyatining qator boshqa bozor munosabat subyektlari faoliyatidan ajralib turishiga asos hisoblanadi. Banklarning ish predmeti bo`lib pul mablag`lari hisoblanib, ular bozor munosabatining amalga oshirilishida vositachi sifatida maydonga chiqadilar. Pul doimo o`zi bilan ehtiyotkorona muomalada bo`lishni va saqlashni, uni ko`paytirishga harakat qilishni, uni iqtisod bilan samarali va oqilona ishlatishni talab qiladi.
Respublikada bank infratuzilmalari kengayib borgan sari ularning mijozlari soni va shunga mos ravishda bajaradigan operatsiyalari ko`lami hamda soni ko`payib boradi. Demak, bank operatsiyalarini jahon andozalari talablari asosida tez va to`g`ri bajarish, mijozlarga sifatli xizmat ko`rsatish uchun bank tizimining barcha tuzilmalari, bank boshqarmalari, filiallar, minibanklar uchun yetarli darajada malakali bank xodimlari talab etiladi.
Bunday natijalarga erishish uchun albatta vatanga yetuk va malakali kadrlar juda kerak bo`ladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida alohida ta`kidlab o`tilgan, “…iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish1”.
Bo`lajak bankirlar ushbu amaliyot orqali talabalar banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tertibi, hisobvaraqlar rejasini o`rganish, kredit, kassa operatsiyalarining hisobi, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari va ular orqali hisob-kitoblarni yuritish, barcha bank operatsiyalarni rasmiylashtirish, shuningdek, buxgalteriya balansining tahlili va bank moliya hsiobotlarini tuzish bo’yicha bilimlarni yanada yaxshiroq o`zlashtira oladilar.
Amaliyot davomida ish o`rganuvchilar bank funksiyalarini tatbiq etibgina qolmay o`z mulohaza va takliflarini ham berib boradilar. Bu orqali ya`ni yangi takliflar orqali banklar ham o`zlari uchun qaysidir ma`noda innovatsiya qiladi va rivojlanishida yanada yuksakroq pog`onalarga qadam quyadi.
Amaliyotning asosiy va muhim vazifasi tijorat banklarining faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan operatsiyalar hisobini tashkil etilishini hamda ular asosida nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishni o`rganishdan iboratdir. Amaliyot yakunlangandan so`ng o`rgangan bilimlarini yoritib berish talab etiladi ya`ni hisobot yozib unda amaliyot davrida o`rgangan barcha bilimlarini yoritib, amaliyot vaqtida qilgan ishlarini yozib berish kerak bo`ladi. Shu orqali ularni tajribasisini oshirish siyosati amalga oshiriladi.
Amaliyotchilarga dastur asosida bankda yo`nalishlar berilgan bo`lib unda, buxgalteriya bo’yicha buxgalteriya apparatining tuzilishi va qoidalari qaydnomasi, shaxsiy hisobvaraqdan ko`chirmalarni o`rganadilar. Hisob-kitob kassa xizmatining ko`rsatilishi yuzasidan mijozlarga hisob raqamlar ochish tartibi bo’yicha hisobvaraq ochish uchun ariza, imzolar va muhr namunasi tushirilgan varaqcha, kassa operatsiyalari bo’yicha pul topshirganlik to`g`risida e`lonnoma, kirim kassa orderi (turli shakllari), chiqim kassa orderi, kirim kassa jurnali, chiqim kassa jurnali, balansdan tashqari kirim orderi, balansdan tashqari chiqim orderlari haqida amaliy ko`nikmalarni olib boradi. Bundan tashqari, kredit, lizing va factoring operatsiyalari hisobi bo’yicha kredit olish uchun ariza, kredit berilishi va qaytarilishi bilan bog`liq bo`lgan hujjatlar, lizing va faktoring operatsiyalari bilan bog`liq hujjatlarni yuritib boradi, qimmatli qog`ozlar blankalari nusxalarini shakllari, valyuta operatsiyalari bilan bog`liq hujjatlarni yozish va ularni yuritish tartibini o`rganadilar. Banklarning ichki operatsiyalari hisobida esa bank asosiy vositalari va nomoddiy aktivlarni hisobga olish bilan bog`liq bo`lgan hujjatlar, kunlik balans, joriy, oylik va yillik buxgalteriya hisobotlari haqida amaliy ko`nikmalarini kengaytirib, oshirib borish ham amaliyotdan ko`zlangan maqsadlardan biridir.


Download 187,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish