Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tejamkorlik tizimini yaratish masalalari



Download 0,88 Mb.
bet2/2
Sana09.07.2021
Hajmi0,88 Mb.
#113789
1   2
Bog'liq
Boyqobilov Isomiddin.2 (1)

Ko‘rsatkichlar

2007

2008

2009

2010

YAlpi ichki mahsulotning o‘sishi

9,5

9,0

8,1

8,5

Sanoat mahsulotining o‘sishi

12,1

12,7

9,0

8,3

Xizmat ko‘rsatish hajmi

20,6

21,3

12,9

13,4

Qishloq xo‘jaligi

6,1

4,5

5,7

6,8

Eksport umumiy hajmining o‘sishi

40,7

27,8

2,4

10,8

Davlat byudjetining bajarilishi

+1,1

+1,5

+0,2

+0,3

Inflyasiya darajasi

6,8

7,8

7,4

7,3

Iqtisodiyot bo‘yicha o‘rtacha ish haqining oshishi

44,2

40,0

40,0

32,0

Aholi jon boshiga real daromadlar-ning o‘sishi

27,0

23,0

26,5

23,5









2010 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi
– bu islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini so‘zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur'atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta'minlashdan iboratdir.

Iqtisodiy islohotlarni qonuniy jihatdan ta'minlashga yo‘naltirilgan bunday va boshqa bir qator tadbirlar 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta'minlash, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O‘zbekistonga iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur'atlarini saqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini berdi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi” mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari. Dasturda belgilangan kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga qaratilgan:


- Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish (avvalambor, eksportga yo‘naltirilgan va mahalliylashtiriladigan korxonalar uchun)

- Joriy kon'yunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish

- Qat'iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarni raqobatbardoshligini oshirish (etakchi tarmoq va sohalarda mahsulot tannarxini 20 %ga tushirish)

- Elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste'molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish

- Jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va shu asosda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlarini saqlab qolish.

2010 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi – bu islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini so‘zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur'atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta'minlashdan iboratdir.

Iqtisodiy islohotlarni qonuniy jihatdan ta'minlashga yo‘naltirilgan bunday va boshqa bir qator tadbirlar 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta'minlash, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O‘zbekistonga iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur'atlarini saqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini berdi.

O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2010 yilga belgilangan ustuvor vazifalari:

  1. Islohotlarnidavomettirishvachuqurlashtirish, mamlakatimizniyangilashva modernizatsiya qilish.

  2. Bank-moliyatiziminingbarqarorliginita'minlash.

  3. Tarkibiyo‘zgartirishlarjarayonlarinichuqurlashtirishsiyosatinidavomettirish;

  4. Etakchisohalarni modernizatsiya qilish, texnik vatexnologikyangilash;

  5. Transport vainfratuzilmakommunikatsiyalarinirivojlantirishgaqaratilganfaol investitsiya siyosatiniolibborish;

  6. Qishloqdauy-joyqurishvaijtimoiyinfratuzilmanirivojlantirishnijadallashtirish;

7. “Barkamolavlodyili” Davlatdasturichora-tadbirlariniamalgaoshirish.

Zamonaviy milliy iqtisodiyot murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimdan iboratdir. Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlari, investitsiyalar oqimining tezlashuvi, moliyaviy inqiroz, raqobat muhitining kuchayishi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojiga o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitlarda iqtisodiy-matematik modellashtirish milliy iqtisodiyotdagi real jarayonlarni tizimli ifodalaydigan, uning yordamida tizim rivojlanishining pirovard maqsadiga mos ravishda kichik tizimlar rivojlanish variantlarini aniqlash va tadqiq qilishga, ya'ni iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi amaliy vosita hisoblanadi.

Mamlakatimizning rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun nafaqat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qila oladigan, balki zamonaviy iqtisodiy-matematik usullar va modellar asosida kompyuter texnologiyalarini qo‘llab, ushbu jarayonlarni ko‘p variantli echimlarini oladigan iqtisodiy-matematik modellashtirish sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Bu esa iqtisodiyotda vujudga kelgan tendensiyalarni, o‘rganilayotgan ob'ektlar holatini tadqiq qilishga, ularning rivojlanishini bashoratlashga va shu asosda milliy iqtisodiyotdagi chegaralangan resurslardan samarali foydalanish maqsadida ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradi.

Iqtisodiy-matematik usullar va modellar” fani milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini kompleks tahlil qilish, barqaror iqtisodiy o‘sishning ko‘p variantli modellarini yaratish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va taqchil resurslardan optimal foydalanish yo‘nalishlarini aniqlab beradi.

Iqtisodiy-matematik usullar va modellar” fani:

  • iqtisodiyot bo‘yicha chuqur fundamental tadqiqotlar olib borishga,iqtisodiy rivojlanish modellarini tuzishga imkon beradi;

  • milliy iqtisodiyotni yaxlit tizim tarzidagi matematik modellarini yaratish orqali unga tashqi ta'sirlar, jahonda yuz berayotgan inqirozning biznes sikllariga ta'sirini aniqlay oladigan va qarshi choralarni belgilash strategiyalarini ishlab chiqishga imkon beradi;

  • qo‘yilgan muammoni nafaqat analitik ifodalab qolmasdan, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy jarayonlarning matematik modellarini tuza oladigan, endogen va ekzogen omillar ta'sirini aniqlay oladigan milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlar va korxonalarning biznes-jarayonlarini modellashtirishga ko‘maklashadi;

  • tadqiq qilinayotgan ob'ekt, korxona, tarmoqning yoxud milliy iqtisodiyotni deterministik va stoxastik modellarini tuzishga imkon berib, ushbu jarayonlarni sifat va son jihatidan tizimli boshqara oladigan va bashorat qila oladigan modellarini yaratadi;

  • tadqiq qilinayotgan ob'ektni samarali boshqarish uchun o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida maslahat beruvchi takliflar yoki boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beradi.


Nazorat savollari:

  1. 2010 yilda mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi nimadan iborat?

  2. Mamlakatimizni yangilash va modernizasiya qilishning asosiy yo‘nalishlarini izohlab bering.

  3. Nima uchun 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini so‘zsiz bajarish ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda?

  4. Makroiqtisodiy muvozanat nima va uni ta'minlashning qanday yo‘llari mavjud?

  5. 2010 yilda erishilishi ko‘zda tutilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni izohlang.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish