Harakatlar strategiyasiyada davlatning tashqi siyosatini amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining roli va mavqeini oshirishga doir O‘zbekiston Respublikasi qonunining loyihasini ishlab chiqish, unda Oliy Majlis palatalarining davlat tashqi siyosatini amalga oshirishda ularni xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi ustidan nazorat vakolatlari bilan ta’minlash,
xorijiy davlatlar parlamentlari bilan parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishini tashkil etishning huquqiy mexanizmini takomillashtirish, mamlakatning milliy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda parlament diplomatiyasidan keng foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga doir maqsadlarni ilgari surishi uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish nazarda tutildi. Mazkur qonunning qabul qilinishi natijasida davlatimiz tashqi siyosatini yanada demokratlashtirish, dunyodagi mamlakatlar bilan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni kuchaytirish, milliy manfaatlarni xalqaro maydonda himoya qilish, jahon integratsiyasiga yanada chuqurroq kirib borish kabi jarayonlarning huquqiy asoslari rivojlantiriladi, bu sohada parlamentning rolini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Harakatlar strategiyasiyada aholining senatorlar va deputatlar bilan o‘zaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida “Elektron parlament” tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, uni qabul qilishga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlash, unda milliy parlament faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish, parlament faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish vositasida xalq bilan muloqotni takomillashtirish, deputatlarga saylangan saylov okruglari joylashgan mahalliy hokimiyat idoralarining qarorlarini yuborish, shuningdek mazkur hududdagi vaziyatdan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turish imkonini yaratish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutilmoqda.
“Elektron parlament” tizimini rivojlantirish mamlakatimizda parlamentning hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini amalga oshirishdagi rolini yanada oshiradi, parlamentning saylov okruglaridagi fuqarolar, mahalliy vakillik organlari bilan o‘zaro muloqoti va aloqalarini kuchaytiradi, ular bilan elektron hamkorlik tizimining shakllanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Parlament palatalarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, “Elektron parlament” shaklidagi axborot - kommunikatsiya vositalari parlament palatalari va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni bog‘lab turuvchi vosita vazifasini bajarishidan tashqari, fuqarolarning turli manfaatlarini qonunlar va parlamentda ifoda etuvchi institut sifatida namoyon bo‘ladi. Bu holat o‘z-o‘zidan fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faollashishiga ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, bu jarayonda fuqarolar ijtimoiylashuvining asosiy komponentlaridan biri – fuqarolarning ijtimoiy va siyosiy ongi ham oshib boradi.
Nvbatdagi muhim vazifa - siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |