2.2.Bozor munosabatlarini davlat tomonidan yanada rivojlantirish zarurati
Respublikamizda vujudga kelgan vaziyatga nazar solar ekanmiz, O`zbekiston
qisqa davr ichida o`zining davlatchilik, siyosiy va iqtisodiy qurilishida mutlaqo yangi
bosqichga o`tganligini, milliy iqtisodiyot taraqqiyotida real ijobiy o`zgarishlarga
erishganligini ko`ramiz. Xususan, mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlikka erishildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida tub o`zgarishlar sodir bo`ldi,
ko`p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Yalpi ichki mahsulotning 70 foizdan, sanoat
mahsulotining 65 foizdan ziyodroq qismi va qishloq xo`jalik mahsulotlarining 99 foizi
nodavlat sektori ulushiga to`g`ri kelayotgani fikrimizning dalilidir. Eng muhimi, o`tgan
davr ichida mamlakatimizda bozor munosabatlariga o`tish va ularning samarali amal
qilishini ta`minlash uchun zarur bo`lgan huquqiy-me`yoriy baza yaratildi. Qabul
qilingan qonunlar iqtisodiy islohotlarni o`tkazishda muhim rol o`ynadi. Bular MDH
tarkibidagi barcha mamlakatlarini qamrab olgan iqtisodiy bo`hronlar davrida vaziyatni
engillashtirishga xizmat qildi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ilk davrida (1991-1995
yillar) mamlakatimiz iqtisodiyotida yuz bergan tanazzul MDHning boshqa
davlatlaridagi singari og`ir kechmadi. Makroiqtsodiy barqarorlik 1995 yilda boshlandi
va 1996 yildan boshlab iqtisodiy vaziyatning jonlanishi sodir bo`ldi. 2006 yildan
boshlab O`zbekistonda iqtisodiy o`sish tendentsiyasi juda yuqori darajada o‟sa boshladi.
Bu haqda quyidagi keltirilgan jadval ma`lumotlari dalolat beradi. Ko`rinib turibdiki,
2007 yil O`zbekistonda barqaror rivojlanishning boshlanish yili hisoblanadi.
Rekonstruktsiya va rivojlantirish Evropa bankining tadqiqotlari shu narsadan guvohlik
beradiki, aynan shu yili O‟rta Osiya davlatlari ichida O`zbekiston 2012 yilga kelib
YAIMning eng yuqori darajasiga erishgan, ya‟ni 88-90% ga chiqqan. Mazkur
ko`rsatkich Belorusiyada 72-74 foiz, Rossiya 61-64 foiz, Qozog`istonda 63-66,
Turkmanistonda 55-57, Qirg`izistonda 68-70 foizni tashkil etgan bo`lsa, ayrim MDH
mamlakatlarida hatto 50 foizdan ham kam bo`lgan. Markazning xomashyo bazasi va
tayyor mahsulotlar bozori rolini bajarib kelgan O`zbekistonda mustaqillikning qisqa
davri ichida bunday muvaffaqiyatga erishilishi, avvalambor, davlatning oqilona
iqtisodiy siyosati natijasidir. Bu siyosat o`zining mazmun va mohiyatiga ko`ra bozor
munosabatlariga inqilobiy yo`l bilan (birdaniga) emas, balki evolyutsion yo`l bilan,
36
bosqichma-bosqich o`tishni nazarda tutadi. O`tgan davrga shu nuqtai nazardan baho
beradigan bo`lsak, iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilayotgani va o`tish
davrining asosiy qiyinchiliklari o rtda q olganini k o`ramiz. Shu bilan birgalikda,
mamlakatimizda bozor munosabatlarining qaror topishi nihoyasiga etdi va ular
to`laqonli tarzda amal qilmoqda, deb bo`lmaydi. Mamlakatimiz oldida turgan bir qator
dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etish ko`p jihatdan iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga bog`liq.
Yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarishda energiya va materiallar sarflash miqdori
hozirga qadar yuqori darajada, bu rivojlangan davlatlardagiga nisbatan 2.5-3,0 marta
ortiqdir. Asosiy fondlarni o`rtacha eskirish darajasi 40-50 foizga teng. Ko`pgina
korxonalarda yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishga e`tibor etarli emas.
Iqtisodiyotga jalb etilayotgan yirik investitsiyalarning, shu jumladan, xorijiy
investsiyalarning samaradorligi ayrim hollarda past. Chet el investitsiyalarini jalb
etishni rag`batlantirish tizimini yanada takomillashtirish talab qilinadi. Shu maqsadda
huquqiy-me`yoriy bazani takomillashtirish, iqtisodiyotning shu sohaga mas`ul davlat
tizimlari javobgarligini oshirish, xo`jalik sub`ektlarini moliyaviy-kredit ta`minoti,
jumladan, mikrokreditlar bilan ta`minlashni kuchaytirish zarur. Eksport qilishga
mo`ljallangan va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash,
qayta ishlovchi sanoat ulushini ko`paytirish, iste`mol mollari ishlab chiqarishni
kengaytirish kabi muhim vazifalarni hal etish ko`p jihatdan bozor munosabatlari
tizimining mukammallik darajasiga bog`liq. Qishloq xo`jaligida olib borilayotgan
iqtisodiy islohotlardan kutilgan natijalarga hali to`la-to`kis erishilgani yo`q. Zarar ko`rib
ishlayotgan va kam samarali qishloq xo`jalik korxonalarini fermer xo`jaliklariga
aylantirish o`zining ijobiy natijalarini ko`rsatdi. Biroq fermerlik faoliyatini rivojlantirish
va rag`batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, bu boradagi mavjud to`siqlarga barham
berish o`ta dolzarb vazifaga aylanib qoldi. Qishloq xo`jaligida islohotlarni
chuqurlashtirishda aniq dastur tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishning
tashkiliy, huquqiy, mexanizmlarini yaratish l ozim. Bu tadbirlar qatoriga paxta va
g`alla etishtirish bo`yicha davlat buyurtmasini aniq shartnomalar asosida belgilash,
qishloq xo`jaligi mahsulotlari tannarxini kamaytirish, tabiiy monopoliyalar faoliyatini
37
davlat tomonidan boshqarish, marketing va baholar kon`yukturasini o`rganishni tashkil
qilish, kredit va moliya tizimlarini takomillashtirish masalalarini hal qilishni kiritish
mumkin. Davlat qishloq xo`jaligida islohotlarni amalga oshirishda, tovar ishlab
chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash va yordam berishda muhim rol o`ynashi kerak.
Ayniqsa, investitsiya siyosatini amalga oshirishda, soliq va kredit imtiyozlarini
qo`llashda, suv inshootlarini samarali ishlatishda, sanatsiya jarayonlarini amalga
oshirishda o`zining aniq rejalarini amalga oshirishi lozim. Bozor munosabatlarining
samarali amal qilishida raqobat muhitining ahamiyati, ayniqsa, katta. Raqobat yo`q
joyda iqtisodiy o`sish ham bo`lmaydi. Shu munosabat bilan monopoliyalarga qarshi
kurashning aniq va ta`sirchan chora-tadbirlarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish
talab qilinadi. Ishlab chiqarishga va tadbirkorlikka xizmat qiladigan keng tarmoqli
bozor infratuzilmasini barpo etish bo`yicha olib borilayotgan ishlarni nihoyasiga
etkazish bozor munosabatlarini rivojlantirishning muhim yo`nalishi hisoblanadi.
Ayniqsa, moliya va bank tuzilmalari, ulgurji bozorlar, investitsiya fondlari, lizing va
konsalting kompaniyalari, sug`urta tashkilotlari ishining ham samaradorligini oshirish
talab qilinmoqda. Moliya va bank tizimini yanada erkinlashtirishga qaratilgan aniq
chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo`lishiga qaramay, mazkur tizimning samaradorligi
hanuzgacha talab darajasida emas. Bu sohadagi asosiy muammolardan biri bank tizimi
samaradorligini oshirish uchun xususiy banklar tarmog`ini kengaytirish va banklararo
raqobatni yanada kuchaytirishdan iboratdir. Xorijiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda
qo`shma banklar tashkil qilish ham bu yo`nalishdagi muhim vazifalar sirasiga k iradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish, uning tizimini qayta ko`rib chiqish,
ma`muriy cheklash metodlaridan iqtisodiy boshqarish usullariga o`tishni tezlashtirish
zarur. Faqat shu yo`l bilan respublika Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lishi va uning
imkoniyatlari va afzalliklaridan bahramand bo`lishi
mumkin. Bozor munosabatlarini rivojlantirishning eng muhim yo`nalishi, bu -
iqtisodiyotni erkinlashtirishdir. Shu munosabat bilan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning
samarali faoliyat ko`rsatishi uchun zarur bo`lgan iqtisodiy erkinlik va mustaqillikni
yanada kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Ularning faoliyati uchun qulay huquqiy va
iqtisodiy muhit yaratish, bu faoliyatni tartibga solishda faqat bozor mexanizmidan
38
foydalanish bozor iqtisodiyoti tizimining tamoyili hisoblanadi. Korxona va firmalar
xo`jalik faoliyatiga davlatning aralashuvini cheklash, xususiy mulkning ishonchli
himoyasini ta`minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur. Davlatning joylardagi
hokimiyat va nazorat organlari xususiy biznesni rivojlantirish uchun zarur bo`lgan
shart-sharoitlarni yaratib berishlari va xo`jalik yurituvchi sub`ektlar faoliyatiga behuda
aralashmasliklari darkor. Iqtisodiyotni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini bozor
munosabatlariga
to`la-to`kis
javob
berishini
ta`minlash,
ishlab
chiqarishni
boshqarishning xalqaro standartlarini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash va qayta
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi
hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo„naltirilganligi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning
uzviy aloqada bo„lishini taqozo qiladi. Iqti- sodiyot ijtimoiy taraqiyot uchun zarur
bo„lgan tovar va xizmatlarni yaratib bersa, o„z navbatida ijtimoiy muammolarning hal
etilishi inson kapitalining rivoji orqali iqtisodiy o„sishga xizmat qiladi. Mana shunday
bog„lanishning amaliy hayotda bo„lishi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning
uyg„unlashuvini talab qiladi.Davlatning ijtimoiy siyosati - bu kishilarning hayotiy
manfaatlarini yuzaga chiqarish, insonni himoya qilish va kamol topishiga qaratilgan
siyosatdir. Uning maqsadi umumiy iqtisodiy farovonlikni oshirib borishga ko„mak
berishdir. Bu siyosatda ish bilan bandlik darajasini belgilash, minimal ish haqini
o„rnatish, kambag„allik chegaralarini aniqlash, tirikchilik minimumini belgilash,
ijtimoiy yordam me'yorlarini aniqlash kabilarga ustuvorlik beriladi. Uning asosiy
yo„nalishlari bandlik, daromad va ijtimoiy yordam siyosatidir. Bandlik siyosati. Bu
mehnatga layoqatli va ishlashni xohlagan kishilarni ish bilan ta'minlash, shu orqali
ularga o„zini-o„zi iqtisodiy
ta'minlash uchun imkoniyat yaratishni ko„zda tutadi. Bunda davlat mamlakatda yangi
ish o„rinlarini yaratish, mavjud ish o„rinlaridan to„laroq foydalanib bandlikni
oshirilishini ko„zda tutadi. Yangi ish o„rinlarini yaratgan korxonalarga soliqdan
imtiyozlar yoki subsidiyalar beriladi. Shuningdek, yangi ish o„rnini yaratib, uni
39
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlab, mehnat unumdorligini va shunga ko„ra
daromadlarini oshirishga erishish rag„batlantiriladi. Bandlik muammosining
keskinligiga qarab uni hal etishning u yoki bu yo„liga ustuvorlik beriladi. Iqtisodiy
jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda ishsizlar nisbatan ko„p bo„lganida bandlik
siyosati har qanday ish o„rnini, hatto unumi past ish o„rinlarining yaratilishini ham
ko„zda tutadi. Aksincha, iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda
malakali mehnatni band qiluvchi unumi yuqori ish o„rinlarini, yaratishga e'tibor
qaratiladi. O„zbekistonda bandlik siyosatida yangi ish o„rinlarini yaratishda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko„rsatish sohalari, dehqon va fermer
xo„jaliklarida ish o„rinlarini yaratishga ustuvorlik beriladi. O„zbekistonda maxsus
bandlik fondi mablag„lari hisobidan ish o„rinlari yaratiladi, ishsizlarga nafaqa beriladi
va ular yangi kasblarga o„rgatiladi. Davlat hisobidan moliyalashtiriladigan fondlar
mablag„lari ham yangi ish o„rinlarini yaratishga yo„naltiriladi. Ishsizlik darajasi yuqori
bo„lganda, uni kamaytirish uchun hukumat ish kuchini chetga chiqarish choralarini ham
ko„radi. Mehnat migratsiyasi xususida davlatlararo kelishuvlar tuziladi, migratsiyaga
xizmat qiluvchi firmalar tashkil etilib, ular moliyalashtiriladi. Bandlik siyosatida barcha
mehnat qobiliyati borlarni ish bilan ta'minlab, 100% bandlikka erishish ko„zlanmaydi.
Mazkur siyosat rivojlangan mamlakatlarda mehnatga yaroqli aholining 94-95%i band
bo„lishini bildiradi. Daromadlar siyosati mazmunan daromadlarning taqsimla- nishini
tartiblashga qaratiladi. Bu siyosatda ijtimoiy soliqlar, ijtimoiy dotatsiyalar va budjet
transfertlari kabi dastaklar qo„llaniladi. Bandlikni, pensiya bilan ta'minlanish va
mehnatning ijtimoiy sug„urtalanishini ta'minlash uchun korxonalar mehnat haqi
mablag„laridan ijtimoiy soliqlar undiriladi. Bularning bir qismi davlat tomonidan
ishsizlik nafaqasi ish qobiliyatini vaqtincha yuqotganlarga to„lovlar sifatida beriladi.
Daromad siyosati soliqlarni progressiv, ya'ni daromad miqdoriga qarab oshib
borishi tarzida belgilanishini nazarda tutadi. Bunda davlat budjetida to„plangan
mablag„lar muhtojlarga yordam sifatida taqsimlanadi. Daromad siyosati qariyalarni
nafaqa bilan ta'minlashni ham nazarda tutadi. Bunda 2 xil nafaqa tizimi mavjud bo„ladi.
Birin- chisida, ishlayotganlar daromadining bir qismi olinib, davlat nafaqasi sifatida
beriladi. Ikkinchisi, jamg„arib boriladigan pensiya tizimi bo„lib, unga ko„ra har bir
40
xodim ishlagan paytidagi daromadining bir qismini pensiya jamg„armasiga o„tkazish
orqali pensiya mablag„ini o„zi to„plab boradi. Ijtimoiy himoya siyosati aholining nochor
qatlamlariga yordam berish, ularni qo„llab-quvvatlab turishga qaratiladi. Unga ko„ra
o„zi ishlab pul topishga qodir bo„lmagan kishilarga budjet mablag„lari hisobidan
moliyaviy yordam ko„rsatiladi. Daromadi kam kishilar soliqlardan ozod qilinadi, ularga
turli nafaqalar beriladi yoki bir yo„la yordam ham ko„rsatiladi. Ijtimoiy yordam miqyosi
muhtojlar soniga va davlatning moliyaviy imkoniyatlariga bog„liq bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |