Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi Mundarija



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana31.12.2021
Hajmi0,71 Mb.
#230924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mohiyati va zarurligi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                           

8

 O‟lmasovA., Vahobov A.V. Iqtisodiy nazariyasi. Darslik.-T.: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh 



tahririyati, 2015,257-b 


13 

 

1.2.Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo’nalishlari va dastaklari 

Davlatning  iqtisodiy  siyosati-bu  iqtisodiyotni  tartibga  solish  va  iqtisodiy  o„sishni 

rag„batlantirish,  bandlikni  ta'minlash  va  inflatsiyani  oldini  olish  orqali  aholi 

farovonligini  oshirib  borishga  qaratilgan  chora-tadbirlaridir.  Davlatning  iqtisodiy 

siyosati  har  doim  mamlakat  iqtisodiy  rivojlanishining  ichki  va  tashqi  sharoitlarini 

hisobga  oladi.  Bunda  eng  avval  mamlakat  iqtisodiyotining  holati,  xalqaro  iqtisodiy 

konyunkturaning milliy iqtisodiyotga ta'siri, undan kutilayotgan o„zgarishlar, mamlakat 

zimmasiga  olgan  xalqaro  majburiyatlar,  milliy  iqtisodiyotning  resurslar  bilan 

ta'minlanish darajasi kabilarga e'tibor qaratiladi. 

Davlatning  iqtisodiy  siyosati  milliy  manfaatlardan  kelib  chiqqan  holda  ma'lum 

maqsadlarni ko„zlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar: 

1.  Barqaror  iqtisodiy  o„sishni  rag„batlantirish.  Bu  yalpi  ichki  mahsulotning  bir 

maromda  va  yetarli  sur'atlar  bilan  o„sishiga  sharoit  hozirlashni  bildiradi,  chunki  u 

qanchalik tez o„ssa, mamlakat iqtisodiy qudrati shunchalik ortadi. 

2.  Milliy  iqtisodiyotning  mustaqilligini  mustahkamlash.  Iqti-  sodiyot  qanchalik 

mustaqil bo„lsa, shunchalik milliy manfaatlarga ko„proq xizmat qiladi. 

3.  Iqtisodiy  xavfsizlikni  kafolatlash.  Bu  iqtisodiy  oqimlar  uzluksizligini,  ya'ni 

takror  ishlab  chiqarishning  to„xtovsiz  davom  etishini,  iqtisodiy  falajlikka  yo„l 

qo„yilmasligini bildiradi. 

4.  Milliy  pul  barqarorligini  ta'minlash.  Bu  mamlakatdagi  pul  muomalasining 

me'yorida borishiga erishish, uni iqtisodiy aloqa- larning barqaror vositasiga aylantirish 

imkonini beradi. 

5.  Aholi  turmush  farovonligini  muttasil  oshirib  borish.  Bu  iqtisodiyotning 

ijtimoiyligini to„laroq yuzaga chiqarishga ko„maklashadi. 

6.  Milliy  xo„jalikning  xalqaro  integratsion  jarayonlarda  faol  ishtirok  etishga 

erishish.  Bu  mamlakatning  jahon  iqtisodiyotida  o„z  o„rnini  topishi,  xalqaro  iqtisodiy 

munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishishga sharoit yaratadi

9



7.  Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya'ni uzoq davrga mo„ljallangan maqsadi 



                                                           

9

 Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.H., Jo„rayev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. -Toshkent: «Moliya», 2016,278-b 



 


14 

 

hisoblanadi.  Davlat  strategik  maqsadlardan  kelib  chiqib  qisqa  davrdagi  vazifalarini 



belgilaydi. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning barqarorligini 

ta'minlash,  investitsion  faollikni  rag„batlantirish,  eksport  salohiyatini  oshirish, 

innovatsion rivojlanishni ta'minlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. 

Davlat  milliy  iqtisodiyotni  tartibga  solishda  bir  qator  usullardan  foydalanadi.  Bu 

usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: 

bevosita ta'sir qilish usullari; 



bilvosita ta'sir qilish usullari; 

tashqi iqtisodiy usullar. 



Markazdan  boshqarish  tartibi  ustun  bo„lgan  mamlakatlarda  davlatning  iqtisodiy 

jarayonlarga  aralashuvida  bevosita  ta'sir  qilish  usullari  ustun  bo„lsa,  bozor  iqtisodiyoti 

esa  birinchi  navbatda  iqtisodiy  jarayonlarni  bilvosita  tartibga  solish  bilan  bog„langan. 

Shu  bilan  birga  barcha  mamlakatlarda  iqtisodiyotning  davlat  sektori  mavjud.  Davlat 

xilma-xil  shakldagi  kapitalga  egalik  qiladi,  kreditlar  beradi,  korxonalarga  mulkdor 

hisoblanadi. Bu davlatning ijtimoiy kapitalning bir qismiga egalik qilishiga olib keladi. 

Davlat  iqtisodiyotni  bevosita  tartibga  solishda  ma'muriy  vositalardan  foydalaniladi. 

Ma'muriy  vositalar  davlat  hokimiyati  kuchiga  tayanadi  va  taqiqlash,  ruxsat  berish  va 

majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o„z ichiga oladi. 

Tartibga  solishning  ma'muriy  vositalaridan  foydalanilganda  yaxlit  takror  ishlab 

chiqarish  jarayoni  yoki  uning  alohida  tomonlarini  to„g„ridan-to„g„ri  tartibga  solish 

ko„zda  tutiladi

10

.  Ayniqsa,  ishlab  chiqarish  tanazzulga  uchragan  davrda  iqtisodiyotga 



bilvosita  ta'sir  qilish  tadbirlari  kam  samarali  bo„lib,  ma'muriy  vositalardan 

foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko„rsatish mumkin: 

a)  iqtisodiyotning  ayrim  bo„g„inlari  -  transport,  aloqa,  atom  va  elektr-energetika, 

kommunal  xizmat  va  boshqalarni  bevosita  boshqarish.  Davlat  tadbirkorligi,  ma'lum 

doirada  amal  qilib,  ko„pincha  texnologiya  sharoiti  xususiy  kapital  uchun  qulay 

bo„lmagan  korxonalar  doirasi  bilan  cheklanadi.  Davlat  tadbirkorligi  bir  tomondan, 

                                                           

10

  Шохдъзамий  Ш.Ш.  «Трактат  о  собственности  и  её  справедливой  стоимости».  Монография  Т.:  Икдисод-молия, 



2017,236-b 

  



15 

 

ma'lum sharoitlarda iqtisodiy o„sish uchun zarur bo„lsa, ikkinchi tomondan, vaqt o„tishi 



bilan  samarasiz  bo„lib  qolishi  ham  mumkin.  Bunday  holda  ular  xususiy  tadbirkorlik 

obyektiga  aylantiriladi.  Respublikada  “Iqtisodiyotni  erkinlashtirishdagi  bosh  vazifa  - 

davlatning  funksiyalarini  qisqartirish  uning  korxonalar  xo„jalik  faoliyatiga  birinchi 

galda xususiy biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash” hisoblanadi; 

b)  narxlar  va  ish  haqini  qotirib  qo„yish  siyosati:  bu  iqtisodiyotga  aralashishning 

antiinflatsion  tadbirlar  hisoblanib,  inflatsiyaning  yumshatishga  qaratiladi.  Mazkur 

siyosatni  yuritishda  narxlar  va  ish  haqini  oshirish  qonun  bilan  taqiqlandi  yoki  ma'lum 

doira  bilan  cheklanadi.  Antiinflatsion  tadbirlar  orqali  inflatsiya  darajasining  pasayishi 

investitsiyalarga rag„bat beradi; 

d)  ish  bilan  bandlilik  xizmati  faoliyati  (mehnat  birjalari)  ni  tashkil  qilish.  Shu 

orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo„li bilan kafolatlanadi, turli mulk 

shakllarining  daxlsizligi  ta'minlanadi,  monopoliyalarga  yo„l  berilmaydi  va  erkin 

raqobatga sharoit yaratiladi. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va 

vositalarga  ustunlik  beriladi.  IDTTSda  asosiy  kapitalga  hisoblanadigan  jadallashgan 

amortizatsiya  ajratmalari  alohida  rol  o„ynaydi.    Jumladan,  bozor  konyunkturasi 

yomonlashgan, turg„unlik yoki inqiroz sharoitida xususiy kapital qo„yilmalar qisqaradi, 

davlat investitsiyalari esa odatda o„sadi. Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va 

ishsizlikning  o„sishiga  qarshi  turishga  harakat  qiladi.  Davlat  kapital  qiymatlari 

iqtisodiyot  tarkibiy  tuzilishidagi  o„zgarishlarda  ham  sezilarli  o„ringa  ega  bo„ladi, 

masalan,  davlat,  xususiy  kapitalining  oqib  kelishi  yetarli  bo„lmagan  mintaqalar, 

tarmoqlar  yoki  faoliyat  sohalarida  yangi  obyektlar  qurish  va  eskilarini  qayta 

qurollantirish orqali iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga ta'sir ko„rsatadi

11

. Bulardan tashqari 



davlat  kapital qo„yilmalari  ilmiy  tadqiqot  ishlarida,  kadrlar tayyorlashda,  tashqi  savdo 

va  chetga  kapital  chiqarishda  ham  katta  rol  o„ynaydi.  IDTTSning  oliy  shakli  davlat 

iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha  usuli va 

vositalaridan  kompleks  foydalanishdan  iborat.  Iqtisodiy  dasturlar  o„rta  muddatli, 

favqulodli  va  maqsadli  bo„lishi  mumkin.  O„rta  muddatli  umumiqtisodiy  dasturlar 

                                                           

11

 Oripov J.O. Iqtisodiyot nazariyasi fani bo‟yicha uslubiy ko‟rsatma va seminar mashg‟ulot rejalari.-C.:SamISI,2013,247-b 



 

 



16 

 

odatda  besh  yilga  tuziladi.  Favqulodli  dasturlar  tig„iz  vaziyatlarda,  masalan,  inqiroz, 



ommaviy  ishsizlik  va  kuchli  inflatsiya  sharoitlarida  ishlab  chiqilib,  qisqa  muddatli 

xususiyatga ega bo„ladi. Bunday maqsadli dasturlarning obyekti tarmoqlar, mintaqalar, 

ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yo„nalishlari bo„lishi mumkin. IDTTS 

tashqi  iqtisodiy  usullar  yordamida  ham  amalga  oshiriladi.  Bunda  maxsus  vosita  va 

dastaklar  orqali  mamlakatning  tashqi  dunyo  bilan  amalga  oshiriladigan  xo„jalik 

aloqalariga  bevosita  ta'sir  ko„rsatiladi.  Tovarlar,  xizmatlar,  kapital  va  fan-texnika 

yutuqlari  eksportini  rag„batlantirish  tadbirlari,  eksportni  kreditlash,  chet  ellardan 

investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar 

kiritish  yoki  bekor  qilish,  tashqi  savdoda  boj  to„lovlarini  o„zgartirish,  mamlakat 

iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo„yicha tadbirlar, mamlakatga 

chetdan  ishchi  kuchini  jalb  qilish,  xalqaro  iqtisodiy  tashkilotlarda  va  davlat-  lararo 

uyushmalarda  qatnashish  mamlakatlarning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  tartibga 

solishning asosiy vositalaridir. Shunday qilib, IDTTSning qarab chiqilgan barcha ichki 

va  tashqi  iqtisodiy  usullari  birgalikda  milliy  iqtisodiyotdagi  takror  ishlab  chiqarish 

jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqa- lariga o„z ta'sirini ko„rsatadi. Davlat 

o„zining  iqtisodiy  siyosatini  tartibga  solishning  turli  vositalari  yordamida  amalga 

oshiradi. Bular birinchidan, tartibga solishning iqtisodiy vositalar bo„lib, ularga soliqlar, 

subsidiyalar, hisob  stavkalari, davlat  buyurtmalari, investitsiyalari  va  transfertlari, turli 

iqtisodiy sanksiyalar kiradi. Ikkinchisi, huquqiy vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va 

qoidalarini,  uning  davlat  tomonidan  rag„batlantirilishini  belgilab  beruvchi  qonunlarni, 

ularga mos ravish- dagi qonun osti hujjatlarni ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy 

etishdan  iboratdir.  Uchinchisi,  ma'muriy  vositalar.  Ma'muriy  vositalar  qo„shimcha 

hisoblanib, u bozor tizimida yaxshi natija bermaganida cheklangan holda qo„llaniladi

12



Davlatning  iqtisodiy  siyosatni  pul-kredit,  fiskal,  investitsion,  agrar,  ijtimoiy, 

daromadlarni  tartibga  solish,  tashqi  iqtisodiy  va  global  iqtisodiy  siyosat  kabilardan 

iborat  bo„ladi.  Pul-kredit  siyosati  -  bu  davlatning  monetar  siyosati  bo„lib,  u  pul 

muomalasini  tartiblash,  tovar  va  pul  massasi  o„rtasidagi  muvozanatni  ta'minlash, 

                                                           

12

 Alimov B., Shodiyev M., Rasulov T., «Sharqona bozor fazilatlari». -T.: «Universitet», 2016,424-b 



 


17 

 

iqtisodiyotdagi pul oqimlarini tartibga solib turishga qaratiladi. Uning maqsadi narxlarni 



va shunga mos ravishda milliy pul birligi xarid qobiliyatini ushlab turish, valuta kursini 

barqarorlashtirish, oxir-oqibatda pulga talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishga 

qaratilgan.  Monetar  siyosatni  amalga  oshirishda  hisob  stavkasini  o„zgar-  tirish,  ochiq 

bozordagi  operatsiyalar  va  majburiy  ehtiyotlarni  o„rnatish  kabi  iqtisodiy  vositalardan 

foydalaniladi.  Davlatning  monetar  siyosat  qattiq  yoki  yumshoq  pul-kredit  siyosat 

bo„lishi  mumkin.  Qattiq  pul-kredit  siyosatni  amalga  oshirishda  pul  massasining  uni 

emissiya qilish hisobidan o„sib borishi qat'iy chegaralanadi. Natijada pul taklifi qisqarib 

tovar  massasiga  tenglashadi.  Pul  taklifining  qisqarishi  talabni  kamaytiradi,  natijada 

narxlar  va  pul  birligining  xarid  qobiliyati  barqarorlashadi.  Ishlab  pul  topishga  intilish 

iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bunday siyosat odatda iqtisodiyotni 

 

tanglikdan  chiqarish  yoki  inflatsiyani  bartaraf  qilish  maqsadida  qo„llaniladi.  Yumshoq 



pul-kredit  siyosatini  amalga  oshirishda  davlat  pul  massasining  ortishiga  to„sqinlik 

qilmaydi,  pul  emissiyasi  mutlaq  chek-  lanmaydi,  natijada  pul  taklifi  ko„payib, 

tovarlarning  arzon-  lashuvi  yuz  beradi.  Yumshoq  pul-kredit  siyosati  iqtisodiyotning 

o„sish pallasida bo„lganda ko„proq qo„llaniladi, chunki pul massasining o„sishiga qarab 

tovarlar  massasi  ham  ko„payadi.  Bunda  tovar-pul  muvozanati  pul  taklifini  qisqartirish 

hisobidan emas, balki tovarlarning ko„payishi tufayli ta'minlanib turadi

13

. Fiskal siyosat 



- bu davlatning soliq-budjet siyosatidir, unga binoan soliq tushumlari belgilanadi, budjet 

mablag„lari  aniq  maqsadlar  yo„lida  ishlatilishi  ko„zda  tutiladi.  Soliq  siyosatini  amalga 

oshirishda  davlat  soliqlar  vositasida  budjetga  pul  tushumini  ta'minlaydi.  Unga  binoan 

soliq  turlari,  soliq  stavkalari,  soliq  solinadigan  obyektlar,  soliq  imtiyozlari,  soliq 

undirish  tartibi  belgilanadi.  Soliqlar  davlatning  iqtiso-  diyotga  ta'sir  etishida  qo„lla- 

niladigan  asosiy  moliyaviy  dastakdir.  “Soliq,  tizimi  nafaqat  soliqlarni  undirish,  balki 

birinchi  galda,  rag„bat-  lantirish  xususiyatiga  ega  bo„lishi  lozim”.  Iqtisodiyotni 

rag„batlantirish 

zarur  bo„lganda  soliqlardan  imtiyozlar  beriladi.  Bunda  soliq  yuki 

kamaytiriladi, soliqni undirish muddati cho„ziladi yoki umuman soliqdan ozod qilinadi. 

Natijada korxonalar tasarrufidagi foyda ko„payadi, uni investitsiya qilish, ya'ni qaytadan 

                                                           

13

 Qobilov Sh.R. Mustaqillik g„oyibdan kelgan emas. O„quv qo„llanma. -T.: “O„qituvchi”, 2015,363-b 



 


18 

 

ishlab  chiqarishni  o„stirishga  yo„naltirish  imkoniyati  kengayadi.  Ishlab  chiqarishni 



rag„batlantirish  maqsadida  O„zbekistonda  foydadan  to„lanadigan  soliq  stavkasi  2004-

yildagi 24%dan 2009-yilda 12%, 2012-yilda 9% va 2016-yilda 8% ga tushirildi. Fiskal 

siyosat ikki xil yo„ldan amalga oshiriladi. 

1. 


Iqtisodiyotni 

barqarorlashtiruvchi 

amaldagi 

moliyaviy 

normativlarni 

qo„llashni  davom  ettirish.  Bular  jumlasiga  soliq  stavkalarini,  ishsizlik  nafaqasi, 

daromadlarning  inflatsiyaga  qarab  indeksatsiyalash,  ijtimoiy  yordam  ko„rsatish 

normativlarini kiritish mumkin. 

2.  Yangi  moliyaviy  normativlarni  kiritish.  Bu  diskretsion  fiskal  siyosat  deb 

yuritiladi.  Mazkur  siyosat  doirasida  yangi  soliq  stavkalari  joriy  etiladi,  uning  yangi 

turlari  kiritiladi,  budjet  mablag„larini  sarflash  normativlari  o„zgartiriladi.  Diskretsion 

siyosat  iqtisodiyotning  o„zgargan  sharoitga  moslashish  siyosatidir.  Iqtisodiyot  bir 

maromda o„sib borganda birinchisi, u tanglikka uchraganda diskretsion siyosat ustuvor 

bo„ladi. 

Fiskal  siyosatda  davlat  budjeti  orqali  ham  iqtisodiy  faollikka  ta'sir  ko„rsatadi. 

Budjet  mablag„lari  hisobidan  davlat  ishlab  chiqarish  infratuzilmasiga  katta  hajmdagi 

investitsiyalarni  ajratadi,  milliy  iqtisodiyot  uchun  ahamiyatli  faoliyat  (masalan,  yangi 

texnologiyani  yaratish)  bilan  shug„ullanuvchi  korxonalarga  subsidiya  beriladi. 

Subsidiya  moliyaviy  yordam  sifatida  qaytarib  olinmaydi,  uning  hisobidan  xarajatlar 

qoplanib  foyda  ko„payadi,  bu  bilan  korxonalar  faoliyati  rag„batlantiriladi.  Budjet 

siyosati  ijtimoiy  ne'matlarning  yaratilishini  uzluksiz  ke-  rakli  miqdordagi  pul 

mablag„lari  bilan  ta'minlab  turishga  ham  qara-  tiladi.  Davlat  budjeti  balanslashgan 

bo„lishi,  ya'ni  taqchillikka  yo„l  qo„ymaslik,  u  yuz  bergan  taqdirda  ham  me'yorida 

bo„lishiga  qaratiladi.  Fiskal  siyosat  davlatning  ichki  va  tashqi  qarzlari  me'yorida 

bo„lishini  ta'minlashda  ham  ahamiyatli.  Fiskal  siyosat  faol  yoki  passiv  tavsifga  ega 

bo„lishi  mumkin.  Faol  fiskal  siyosatni  amalga  oshirishda  diskretsion  vositalar  ishga 

solinadi,  jumladan,  soliqlar  kamaytiriladi,  ulardan  siylovlar  beriladi,  budjetdan 

transfertlar  berish  ko„paytiriladi,  firmalar  subsidiyalar  oladi.  Bularning  barchasi 

iqtisodiy  faollikka  olib  keladi,  korxonalar  xarajati  qisqarib  foydasi  ortadi,  aholining 



19 

 

transfertlar  hisobidan  xarid  qobiliyati  oshadi



14

.  Xullas,  bu  siyosat  yalpi  talabni 

rag„batlantiradi. Passiv fiskal siyosat moliyaviy dastaklarni o„zgartirmay, ularning erkin 

ishlashiga  yo„l  berishga  qaratiladi.  Iqtisodiyotning  barqaror  yuksalib  borishi  tufayli 

moliyaviy dastaklarni 

o„zgartirishga  zaruriyat  qolmaydi.  Demak,  bu  siyosat  iqtisodiy  o„sish  tuxtovsiz 

borayotgan  kezlarda  naf  beradi.  Agrar  siyosat  davlatning  qishloq  xo„jaligini  qo„llab- 

quvvatlashga  qaratilgan  siyosatidir.  U  qishloq  xo„jaligining  barqaror  o„sishini,  oziq-

ovqat mustaqilligi va xavfsizligini ta'minlashni ko„zda tutadi. Mazkur siyosat doirasida 

davlat qishloqda ishlab chiqarish infratuzilmasining (suv xo„jaligi, yo„l qurilishi, gaz va 

elektrenergiya  ta'minotining)  xarajatlarini  qisman  o„z  zimmasiga  oladi,  yerni  ijaraga 

olib ishlatilishini, uni garovga qo„yib kredit olishni huquqiy jihatdan ta'minlaydi. Agrar 

siyosatda  xarid  narxlari,  davlat  subsidiyalari  kabi  moliyaviy  dastaklar  qo„llaniladi. 

Dehqon  va  fermerlarni  qo„llab-quvvatlash  uchun  yer  solig„i  yuki  yengillash-  tiriladi. 

Masalan,  O„zbekistonda  yagona  yer  solig„i  qishloq  xo„jaligi  mahsulotlarining  bozor 

qiymatining  35%idan  oshmaydi

15

.  Qishloq  xo„jaligida  rentabellik  nisbatan  past 



bo„lganligidan  kapitalning  tarmoqdan  chiqib  ketishiga  yo„l  qo„ymaslik  uchun  davlat 

fermerlarga  subsidiya  berib,  uning  hisobidan  xarajatlarni  qisman  qoplaydi  va  ular 

me'yordagi daromadga ega bo„lishni ta'minlaydi. 

Hozirgi davrda davlatning agrar siyosatida: 

birinchidan  “...ekin  maydonlari  va  ekinlar  tarkibini  opti-  mallashtirish,  ilg„or 

agrotexnologiyalarni  joriy  etish  va  hosildorlikni  oshirish,  meva-sabzavot  va  uzum 

yetishtirishni ko„paytirish”; 

ikkinchidan, “fermer xo„jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. 

Oxirgi  10  yil  mobaynida  mineral  o„g„itlar,  yoqilg„i-moylash  materiallari  va  urug„lik 

narxining  o„sishi  bilan  paxta  xomashyosi  va  g„allani  xarid  qilish  narxlari  o„sishi 

o„rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda”; 

                                                           

14

 O‟lmasovA., Vahobov A.V. Iqtisodiy nazariyasi. Darslik.-T.: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh 



tahririyati, 2015,435-b 

 

15



 Oripov J.O. Iqtisodiyot nazariyasi fani bo‟yicha uslubiy ko‟rsatma va seminar mashg‟ulot rejalari.-C.:SamISI,2013,427-b 

 



20 

 

uchinchidan,  “agrotexnika  tadbirlarini  moliyalashtirishda  ijobiy  natija 



bermayotgan  va  mutlaqo  chala  tizimga  barham  berish”ga  ustuvorlik  qaratiladi.  Tashqi 

iqtisodiy  siyosat  davlatning  o„zaro  foydali  tashqi  iqtisodiy  aloqalarini  rivojlantirish, 

mamlakat  iqtisodiyotini  jahon  xo„jaligi  bilan  integratsiyalashuvini  ta'minlashga 

qaratiladi.  Bu  siyosatning  asosiy  maqsadi  milliy  iqtisodiyotning  jahon  xo„ja-  ligidagi 

mavqeini  mustahkamlab  borishdan  iborat.  Unga  binoan  eksport  va  import,  chetga 

kapital  chiqarish  va  chetdan  kapital  kiritish,  ish  kuchi  migratsiyasini  tartibga  solishga 

doir  tadbirlar  amalga  oshiriladi.  Bu  siyosatda  bojxona  to„lovlari,  eksport-import 

litsenziyalari  va  kvotalari  kabi  vositalar  qo„llaniladi.  Eksportni  ko„-  paytirish  zarur 

bo„lsa unga litsenziyalar beriladi, eksport kvotasi oshiriladi. Importni qisqartirish ma'qul 

bo„lsa, uning kvotasi kamay- tiriladi, import uchun boj to„lovi oshiriladi, unga litsenziya 

berish chegaralanadi. 

Davlatning  tashqi  iqtisodiy  siyosati  kapital  chiqarish  va  kapital  kiritish  tartibini 

ham belgilaydi. Kapital kiritish zarur bo„lsa, u rag„batlantiriladi. Kapital chiqishi ma'qul 

bo„lsa  davlat  bunga  turli  imtiyozlar  orqali  sharoit  yaratib  beradi.  Davlat  chetga  ish 

kuchini  chiqarishni  ham  tartibga  soladi.  Bordi-yu,  mamlakatga  arzon  ish  kuchi  kerak 

bo„lsa, uning chetdan kirib kelishi uchun 

migratsiya 

qoidalari  (chegaradan  o„tish,  yashash  va  ishlash  uchun  ruxsat  olish  va  h.k.) 

yengillashtiriladi.  Davlat  tashqi  iqtisodiy  siyosatida  xalqaro  iqtisodiy  tashqilotlar  bilan 

hamkorlik qilish ham ko„zda tutiladi. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatining samaradorligi 

iqtisodiy  o„sish  sur'atlari,  inflatsiya  darajasi,  eksport  va  import  holati,  tashqi  qarz 

miqdori,  savdo  va  to„lov  balansi  holati  kabi  ko„rsatkichlar  orqali  baholanadi.  Global 

iqtisodiy siyosat iqtisodiy resurslar, yaratilgan tovar va xizmatlarni dunyo mamlakatlari 

o„rtasida taqsimlab, ulardan samarali foydalanishni maqsad qilib qo„yadi. Bu siyosatda 

chetga kapitalni investitsiya sifatida chiqarib, uni serfoyda sohalarga joylashtirish uchun 

o„zaro  kelishilgan  soliqlar,  bank  foizlari,  boj  to„lovlari,  kvotalar  kabi  dastaklardan 

foydalaniladi.  Tovarlarning  qimmatlashib  ketishiga  yo„l  qo„ymaslik  uchun  eksport 

soliqlar  bilan  cheklanib,  ularning  importiga  soliq  belgilanmaydi.  Bu  ikki  tomonlama 

soliqqa  tortishni  bartaraf  etish  deb  yuritiladi.  Masalan,  qo„shilgan  qiymat  yoki  aksiz 

soliqlari  tovarlar  chetga  chiqarilganda  undirilib,  ular  import  qilinganda  olinmaydi. 




21 

 

O„zaro  kelishuvlar  asosida  import  qilingan  texnologiya  ham  soliqdan  ozod  qilinadi. 



Xalqaro  savdo-sotiqda  o„zaro  kelishilgan  yengillashtirilgan  bojxona  to„lovlari 

qo„llaniladi. Jumladan, xalqaro savdo tashkiloti a'zolari o„zaro savdo qilganda, mazkur 

foizidan  oshmasligi  kerak.  Xalqaro  kredit  berish  tartibi  ham  birgalikda  belgilanadi. 

Bunga  ko„ra  kredit  kvotalari,  uni  berish  muddati  va  kredit  uchun  foiz  stavkasi 

o„rnatiladi

16

. Xalqaro kreditda kelishilgan foiz stavkasi libor deb yuritiladi. Liborni yirik 



London  banklari  o„rnatadi,  boshqa  xalqaro  banklar  shunga  qarab  o„z  foizlarini 

belgilaydilar.  Xalqaro  kredit  siyosatini  yirik  kreditor-qarz  beruvchi  mamlakatlar 

banklari amalga oshiradi. Bular Parij va London qarz beruvchilar klubini tashkil etadi. 

Bu  kredit  siyosati kimga  va  qancha  qarz berishni, qanday  qarzlarni kechib  yuborishni, 

qaysilarining to„lash muddatini cho„zishni belgilab beradi. 

Yirik  xalqaro  korporatsiyalar  davlat  ishtirokida  eksport  va  import  kvotalari  o„ 

rnatadilar. Bularga binoan qayerga qancha tovarni eksport va import qilish hamda uning 

tartibi  aniqlab  beriladi.  Integratsion  ittifoqlarga  kirgan  mamlakatlarda,  masalan, 

Yevropa ittifoqida, davlatlararo eksport va import uchun qulay sharoit yaratib beriladi, 

bunda  ayrim  mamlakatlar  tovarlarini  diskriminatsiya  qilish,  ya'ni  kamsitishga  yo„l 

qo„yilmaydi. Global iqtisodiy siyosatni transmilliy, 

ya'ni  xalqaro 

korporatsiya va tashkilotlar, yetakchi davlatlar hukumati, davlat- lararo muassasalar va 

parlament  belgilaydi.  Bunga  misol  qilib  Yevroparlament,  Yevropa  ministrlar  kengashi 

qo„llaydigan siyosatni olish mumkin. Bu siyosatda o„zaro va boshqalar bilan bo„ladigan 

iqtisodiy aloqalarning qaysi yo„nalishda va qanday tartibda bo„lishi ko„rsatiladi. Global 

siyosat umuman yoki ayrim sohalarga tatbiqan qo„llaniladi. Transmilliy korporat-siyalar 

faqat  o„z  faoliyati  doirasidagi  xalqaro  siyosatni  belgilaydi.  Masalan,  OPEK  tashkiloti 

neftni  qazib  olish  va  qayta  ishlash  kvotalarini,  uning  narxini  o„z  siyosatiga  binoan 

belgilaydi.  Bu  yerda  qabul  qilingan  neft  narxining  amal  qilish  doirasi  o„rnatiladi. 

Xalqaro savdo birjalari jahon narxlarini o„rnatishga doir siyosatni amalga oshiradi. 

Xalqaro Valuta fondi, Jahon banki, Yevropa Tiklanish va Tarraqiyot banki, Osiyo 

Rivojlanish  banki  kabi  xalqaro  institutlar  valuta  rejimini  mustahkamlash,  kreditni 

                                                           

16

 Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.H., Jo„rayev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. -Toshkent: «Moliya», 2016,436-b 



 


22 

 

rivojlantirishga  qaratilgan  siyosatni  qo„llaydilar.  Ular  milliy  valuta  kursini 



barqarorlashtirish  va  uning  tahlikasini  kamaytirish  uchun,  milliy  iqtisodiyotni 

rivojlantirib  eksport  salohiyatini  oshirishga  qaratilgan  kredit  siyosatini  qo„llab- 

quvvatlaydi. Global iqtisodiy siyosat davlatlararo ishchi  kuchi 

migratsiyasiga 

ham 

taalluqlidir. Ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solish uchun unga oid xalqaro qoidalar 



ishlab chiqiladi. 

Turli  mamlakat  hukumati  va  parlamentlari  belgilagan  migratsiya 

qoidalari  bir-biriga  yaqin  turadi.  Migrasiya  oqimini  nazorat  qilish  tartibi  ham 

kelishiladi,  migratsiyaga  oid  o„zaro  axborot  almashlab  turiladi.  Global  siyosat  tabiiy 

ravishda globallashuv jarayonining afzalliklaridan foydalanish, uning salbiy oqibatlarini 

kamaytirishga qaratiladi. 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish