Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari



Download 26,32 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi26,32 Kb.
#891643
Bog'liq
O


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI, “IQTISODIYOT” KAFEDRASI “IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH USULLARI” FANIDAN ORALIQ NAZORAT
9-VARIANT
1. O‘zbekistonda iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish tendensiyalari
2. Xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning jahon tajribasi
3. O‘zbekistonda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni davlat tomonidan rag‘batlantirilish
1. Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoglarida investitsiya loyihalarini
amalga oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi: ishlab chiqarish
quvvatlarining jismoniy va ma'naviy eskirganligi, ulamning qayta tiklashga yoki
texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo'lib qolganligi;
sanoat tarmog'ida moddiy texnika bazasining o'ta pastligi va ko'ngina zarar ko'rib
ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromaduda jamg'arish
bilan iste'mol o'rtasidagi nisbatning iste'mol tomonga ko'plab sarflanayotgani va
jamg'arishning investitsiya manbayi sifatida kamayib borayotganligi:
O'zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu yerda ko'plab qayta ishlovchi
korxonalarni qurish imkomyating mavjudligi, aholi so’mning o’sib borayorganligi
(mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo etish, ularni
mehnat resurslarining manbar bo'lmish qishloqqa yaqinlashtirish zaturligi:
O‘zbekistonda investitsiyalar bo‘yicha rejalashtirilayotgani ma'lum bo‘ldi. Prezidentning «2022–2024 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyiha bilan quydagilarni tasdiqlash taklif etilmoqda: 2022–2024 yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari. Ularda 1 025,5 trln so‘m miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 41,4 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan; 2022–2024 yillarda investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari; 230 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 50 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishini nazarda tutuvchi 2022 yilda yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha manzilli dastur;
2022 yilda investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur, shuningdek uning choraklar kesimidagi ijrosining prognoz ko‘rsatkichlari; 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi; 2022 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi va boshqalar. 2022 yil 1 yanvardan mazkur Dastur doirasida tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat to‘liq «Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali olib borilishi taklif etilmoqda. 2022 yil 15 yanvarga qadar vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar – loyihalar tashabbuskorlari har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha ularni amalga oshirishning oylar kesimidagi kompleks tarmoq jadvallarini axborot tizimi orqali ishlab chiqadi.
2. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu “iqtisodiyot drayveri”, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Investitsiya bilan turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etishdagi asosiy muammolar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: investitsiya infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi; tijorat banklari, investitsiya fondlari, sug‘urta va lizing kompaniyalarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi; sifatli va talab darajasidagi malakali ishchi kuchining yetishmasligi va shulardan iborat. 2017-2020 yillarda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini ko’rib chiqadi. 2020 yil yakuniga kelib, rivojlangan mamlakatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi 58 foizga qisqargan, ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu ko’rsatkich 8 foizga tushgan ko’rinib turubdiki asosan rivojlangan mamlakatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi sezilari darajada tushub ketgan. 2020 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning 22,1 foizi tabiiy gaz ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga, 22,5 foizi boshqa metall bo‘lmagan mineral mahsulotlarni ishlab chiqarish, 9,3 foizi qurilish ishlariga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, eksport salohiyati yuqori bo‘lgan - mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida asosiy kapitalni shakllantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning darajasi pastligicha qolmoqda. «Mazkur tendensiya ushbu sohalarda qulay investitsiya muhiti yaratilmaganligi, xususan raqobat muhiti, xususiy mulk daxlsizligi, moliya bozorlari, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasida tizimli muammolarning mavjudligidan dalolat beradi», Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning yuqori texnologiyali va inson kapitaliga faol yo‘naltirilmasligi mamlakatda yuqori darajadagi inklyuziv o‘sishga erishish va kambag‘allik darajasini qisqartirish kabi maqsadlarga erishish jarayonini xavf ostiga qo‘ymoqda. Investitsiya muhitini yaxshilash sohasida asosiy qadam xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlar orqali to‘liq va samarali institutsional asosni shakllantirish kerak deb hisoblaymiz.
3. Prezidentimiz investitsiyalarni, eng avvalo, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o'zlashtirishni ta'minlash – barcha darajadagi rahbarlarning eng muhim vazifasi ekanini alohida ta'kidladi. 
Xorijiy davlatlarga tashriflar va muzokaralar natijasida qiymati 17 milliard dollar bo'lgan 182 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish to'g'risida birlamchi kelishuvga erishilgan. Ushbu investitsiyalarni o'zlashtirish biznes-reja va texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash bilan bog'liq. Shu bois bu boradagi ishlarni jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni istiqbolli loyihalarga yo'naltirish va yuqori samaradorlikka erishish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. 
Keng imkoniyatlari bo'lishiga qaramay, Buxoro viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 10 ta loyiha, Navoiyda 9 ta, Qashqadaryoda atigi 1 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryoda 13 tumanda, Farg'onada 11, Surxondaryoda 10, Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 8 tadan, Xorazm, Navoiy viloyatlarida 7 tadan, Qoraqalpog'iston va Samarqandda 6 tadan, Andijon va Sirdaryoda 5 tadan, Namangan viloyatida 4 ta tumanda xorijiy investitsiya ishtirokida birorta ham loyiha rejalashtirilmagani tanqid ostiga olindi. 
Shuning uchun bu ishlarni keskin faollashtirish lozim. Investitsiya qo'mitasining viloyat, shahar va tuman bo'limlari xorijiy investitsiyalarni olib kelishi va xorijiy investorlarga barcha masalalar bo'yicha amaliy ko'mak berishi kerak. Shuningdek, tuman va shahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining har biri o'z hududiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya jalb etishga hissa qo'shishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Loyihalarni amalga oshirishning barcha jarayonlarini to'liq qamrab oladigan, uni tayyorlashdan to ishga tushirishgacha bo'lgan davrni monitoring qilish imkonini beradigan yagona elektron axborot tizimini joriy etish yuzasidan vazifalar berildi. 
Yig'ilishda muhokama qilingan masalalar bo'yicha mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi. Investitsiya takliflarini shakllantirish, investorlar topish, loyihalar ishlab chiqish, ekspertiza qilish, moliyalashtirish va amalga oshirish bo'yicha qator topshiriqlar berildi. "CHet el investitsiyalari to`g`risida"gi Qonunga ko`ra O`zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo`lishi mumkin:


  • chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma`muriy yoki hududiy organlari;


  • davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq sub`ektlari bo`lgan halqaro tashkilotlar;


  • chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko`rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;


  • chet el davlati fuqarolari bo`lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va chetellarda doimiy yashaydigan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari.


Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora - tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta`sir ko`rsatadi.


2017 yilda davlatimiz rahbari ta`kidlab o`tganidek, 2017 yilgi investitsiya dasturi doirasida 1 millard AQSH dollaridan ko`proq miqdorda xorijiy investitsiyalar jalb etilishi mo`ljallanmoqda. Bu mablag`ning salkam 700 million dollari yoki qariyb 68 foizini to`g`ridan - to`g`ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi.

Bunda to`g`ridan - to`g`ri chet el investitsiyalari va kreditlar hajmining oshganligi ijobiy holdir. Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida 2007 yil 20 iyulda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017 -2022 yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora - tadbirlari to`g`risida" gi qarori e`lon qilindi.


Bu qarorga asosan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mablag` va mulk daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish hamda qo`shilgan qiymat soliqlariga tortilmaydi, xorijiy valyutadagi qo`yilmalar esa majburiy tarzda sotilmaydi, shuningdek, investitsiya davri mobaynida tuziladigan oldi - sotdi shartnomasiga muvofiq korxonaning oldingi qarzini qoplash hisob - raqamiga majburiy tarzda undirib olinmaydi. Bundan tashqari davlat ulushi potentsial investorlarga sotilayotgan korxonaning byudjetga va davlat maqsadli jamg`armalariga to`lovlar bo`yicha qarzlari restrukturizatsiya qilinishi mumkin.
Download 26,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish