Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining asosiy ko‘rsatkichlari
2016
2017
2018
2019
Qishloq, o‘rmon va baliq
xo‘jaligi mahsuloti hajmi,
mlrd. so‘m
119726,7 154369,4 195095,6
224265,9
Shundan:
Dehqonchilik
61755,1
83303,4
98406,4
111904,8
Chorvachilik
53844,1
64895,9
89019,2
104378,3
Qishloq, o‘rmon va baliq
xo‘jaligi o‘sish sur’ati, o‘tgan
yilga nisbatan foizda
106,1
101,2
100,3
103,1
Shu jumladan:
Dehqonchilikda
105,7
98,2
95,8
104,8
Chorvachilikda
107,0
104,1
105,7
101,6
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Agrosanoat
majmuaning
3-sohasiga
qishloq
xo‘jaligi
tarmog‘ining bir maromda faoliyat yuritishi va rivojlanishiga xizmat
ko‘rsatuvchi sohalar kiritiladi. Jumladan, ekinlarni suv bilan
ta’minlaydigan, yerlarning meliorativ holati yaxshilanishini ta’min
etuvchi chora-tadbirlar tizimini amalga oshiradigan suv xo‘jaligi
tarmog‘i;
qishloq
xo‘jaligida
faoliyat
yurituvchi
tadbirkorlik
subyektlariga yerlarni shudgorlash, ekinlarni ekish, ularga ishlov berish,
yetishtirilgan hosilni yig‘ishtirib olish bilan bog‘liq bo‘lgan texnik
xizmatlarni
ko‘rsatuvchilar
(muqobil
mashina-traktor
parklari);
tarmoqqa zooveterinariya xizmatini ko‘rsatuvchilar; xasharotlarga,
zararkurandalarga, begona o‘tlarga qarshi kimyoviy kurashish xizmatini
ko‘rsatuvchilar; qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik
66
subyektlarini yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlovchilar (neft
bazalari tarkibidagi fermerlarni yoqilg‘i-moylash materiallari bilan
ta’minlovchi shaxobchalar); qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi
tadbirkorlik subyektlari elektr energiyasi bilan ta’minlovchi (“Hududiy
elektr tarmoqlari”) korxonalar; ishchi-xizmatchilar uchun mehnat va
dam olish sharoitlarini ta’minlovchi ijtimoiy sohalar va boshqa shu kabi
sohalarni o‘z ichiga oladi.
2016-yil 24-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy
xizmatlarni ko‘rsatish
tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-2640-sonli qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorga
ko‘ra, qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya
qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan ta’minlashning yaxlit
tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligi ekinlariga agrotexnik xizmat
ko‘rsatish hamda zararkunandalar va kasalliklardan saqlash bo‘yicha
xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida “O‘zagrokimyohimoya”
aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan edi. Ushbu aksiyadorlik jamiyati
zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilgan edi:
•
qishloq o‘jaligini mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy va
biologik
himoya
qilish
vositalarini
ta’minlash,
chigirtka,
zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari va yovvoyi o‘tlarga qarshi
kurashish bo‘yicha yagona texnik va texnologik siyosatni olib borish;
•
o‘simliklarni himoya qilish, zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari
va yovvoyi o‘tlar bilan kurashish sohasida fermerlar va dehqon
xo‘jaliklari, boshqa tashkilotlar hamda aholiga kompleksli agrokimyo
xizmatlarini ko‘rsatish, shakllantirilgan buyurtmalar va kafolat
shartnomalariga muvofiq qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar bilan
ta’minlash va boshqalar.
“O‘zagrokimyohimoya”
aksiyadorlik
jamiyati
“Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyati, Respublika
o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi hamda uning hududiy
bo‘limlari, chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatlar (“Chigirtka
va qizil kapalakka qarshi kurashish xizmati” MChJ), O‘zbekiston
o‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika
agrokimyo stansiyasi va uning hududiy bo‘limlari, Respublika o‘quv-
ishlab chiqarish biolaboratoriyasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha
huquqiy voris sifatida tashkil etilgan edi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligi
tarmog‘iga bozor munosabatlarini joriy etishga alohida e’tibor berib
67
kelinmoqda. Jumladan, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi
tadbirkorlik subyektlariga mineral o‘g‘itlarning “O‘zagrokimyohimoya”
aksiyadorlik jamiyati tomonidan yetkazib berilishi bozor tamoyillariga
mos kelmas edi.
2021-yil
25-may
kuni
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev
o‘simliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. O‘simliklar himoyasi – oziq-ovqat
mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmlarini
oshirishda
juda
muhim
tizimdir.
Ilgari
bu
ishlar
birgina
“O‘zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan edi. Oxirgi
yillarda mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalar yetkazib berish bilan
tadbirkorlik
subyektlari
ham
erkin
shug‘ullanmoqda.
“O‘zagrokimyohimoya” xizmatlariga talab kundan-kunga kamayib
bormoqda. Shu bois yig‘ilishda o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha
yangi tizim tashkil etish, hududlarda bu boradagi xizmatlarni
kengaytirish masalalari muhokama qilindi. “O‘zagrokimyohimoya”
aksiyadorlik jamiyatini tugatib, uning vakolat va vazifalarini boshqa
tuzilmalarga o‘tkazish taklifi bildirildi. Bunda, o‘simliklarni himoya
qilish va chigirtkaga qarshi kurashish vazifasi O‘simliklar karantini
davlat inspeksiyasiga o‘tkazildi. Tut parvonasiga qarshi kurashish
Ipakchilik uyushmasi va uning tarkibidagi klasterlar hamda tuman
hokimlariga yuklatiladi. Mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar bilan
ta’minlash erkin bozor tamoyillari asosida to‘liq xususiy sektorga
berilishi ta’kidlandi. Shuningdek, prezidentimiz biolaboratoriya va
“o‘simliklar klinikalari”ni tashkil etib, malakali agronom va
entomologlarni jalb etib, dalagacha yetib boradigan xizmatlar tizimini
yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. Bunda har bir hududning iqlimi va
sharoitidan kelib chiqib, ish tutish talabi qo‘yildi. Masalan,
Surxondaryoda “beda qandalasi”, Buxoroda “vilt”, boshqa viloyatlarda
“pomidor kuyasi” tarqalgan. Shuningdek, o‘simliklarni himoya qilish
bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish muhimligi aytildi.
Soha rivojini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga “Agrobank”
mas’ul etib belgilandi. Zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, uskuna
va texnikalar sotib olish hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning
aylanma mablag‘i uchun birinchi bosqichda 150 mlrd. so‘mlik kredit
liniyasi ochish vazifasi qo‘yildi.
O‘simliklarni himoya qilish sohasida xususiy sektorni qo‘llab-
quvvatlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Tadbirkorlar xarid
qiladigan laboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar bo‘yicha kredit
68
foizining asosiy stavkadan oshgan qismi budjetdan qoplab berilishi
hamda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 50 foizgacha
bo‘lgan qismiga kafillik ajratilishi qayd etildi. Shuningdek, tadbirkorlar
tomonidan tuproq tarkibi va o‘simliklarni laboratoriyalarda tahlil qilish
bo‘yicha fermer va dehqonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar qiymatining
30 foizi budjetdan qoplab beriladi. Biologik va kimyoviy xizmat
ko‘rsatadigan tadbirkorlarga amaldagi soliq stavkalari 50 foizga
kamaytiriladi. Prezidentimiz sohada ilm-fanni rivojlantirish va kadrlar
tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
2021-yil 3-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy
xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6159-sonli
farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etilishi nazarda tutilgan:
•
2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi
vazirligi huzurida tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligida bilim va
innovatsiyalar Milliy markazining Respublika agroxizmatlar markazi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar agroxizmatlar markazlari;
•
2022-yildan boshlab bosqichma-bosqich qishloq tumanlarida Milliy
markazning tuman agroxizmatlar markazlari.
Farmon bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini
2021-2025-yillarda ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiya doirasida, Milliy markaz huzurida 100 dan ortiq xizmatlarni
ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |