Iqtisodiyoti


Korxona va tashkilotlarning innovatsion faoliyati



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Korxona va tashkilotlarning innovatsion faoliyati 

2016 
2017 
2018 
2019 
Innovatsiyalar joriy qilgan 
korxona va tashkilotlar soni:
texnologik 
893 
975 
982 
1514 
marketing 
20 
22 
17 
28 
tashkiliy 
20 
26 
25 
45 
Joriy qilingan innovatsiyalar soni: 
texnologik 
1816 
1946 
2482 
4427 
marketing 
51 
62 
42 
128 
tashkiliy 
39 
38 
34 
134 
Ishlab chiqarilgan innovatsion 
mahsulotlar (tovarlar, ishlar va 
xizmatlar) hajmi, mlrd.so`m 
10688,2 
18543,3 
28871,5 
26811,4 
Innovatsiyalarga qilingan 
xarajatlar, mlrd.so`m 
2571,4 
4162,3 
4707,2 
6603,5 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda 
korxona va tashkilotlar tomonidan innovatsion faoliyat bilan 
shug‘ullanish hamda ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar 
(tovarlar, ishlar va xizmatlar) hajmi yil sayin ortib bormoqda.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda 
2020-yilning “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” 
deb nomlanishi ham iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga raqamli 
texnologiyalarni, innovatsiyalarni joriy etishga alohida e’tibor 
berilayotganligidan dalolatdir.
 
2. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida qo‘llanilayotgan innovatsiyalarning 
turlari. 
Dunyo miqyosida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash tobora muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. Hozirgi vaqtda “Elektron qishloq xo‘jaligi” (E-agriculture) va 
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) tushunchalari paydo bo‘ldi 
va 
ushbu 
tushunchalar 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 


279 
texnologiyalarini qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 
qaratilgan yangicha yondoshuvlardir.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida quyidagi zamonaviy raqamli 
texnologiyalar qo‘llanilmoqda: 

sensorli texnologiyalar: tuproq tarkibini aniqlash va uni yaxshilash, 
suvdan foydalanishni nazorat qilish, yorug‘lik, namlik va haroratni 
boshqarish kabi maqsadlarda; 

dasturiy ta’minot: alohida fermer xo‘jaliklari uchun mo‘ljallangan 
yoki buyumlar interneti (IoT) platformalaridan foydalanish uchun 
mo‘ljallangan maxsus dasturiy yechimlar, mobil ilovalar va boshqalar. 
Buyumlar interneti (Internet of things) – bu uskunalarning internet orqali 
o‘zaro bog‘lanishini nazarda tutadigan konsepsiya bo‘lib, ma’lumotlar 
to‘plash va o‘zaro almashish, masofadan turib real vaqt rejimida 
(jumladan, avtomatik rejimda) jarayonlarni monitoring va nazorat qilish 
hamda buning asosida ularni boshqarishga imkon beradigan tizimdir. 

aloqa tizimlari: uyali, LoRa va boshqalar; 

joylashuvni aniqlash: GIS, GPS, sun’iy yo‘ldoshdan signallarni 
qabul qiluvchi vositalar va dasturlar. 

robototexnika: avtonom traktorlar, dronlar, agrotexnik tadbirlarni 
amalga oshirishda foydalaniladigan robotlar va boshqalar. 

katta hajmdagi ma’lumotlar (Big data) tahlilini amalga oshirishda 
qo‘llaniladigan texnologiyalar va dasturiy ta’minot: bu jarayon SPSS, 
STATA, Eviews kabi dasturiy ta’minot asosida kompyuterlarda amalga 
oshiriladi. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni 
sotishni tashkil etish muammosining innovatsion yechimlaridan biri – 
tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 
etishdir. Bunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilar, uni 
eksport qiluvchilar va iste’molchilarni, shuningdek logistika xizmatini 
ko‘rsatuvchilarni birlashtiruvchi elektron savdo platformalarini tashkil 
etish yuqori samara beradi.
Platformada quyidagi imkoniyatlar mavjud bo‘lishi mumkin: 

bоzor konyunkturasini tahlil qilish uchun zarur axborotlar; 

taklif etilayotgan mahsulotlar uchun xaridorlarni qidirish; 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining turlari bo‘yicha takliflar paketi va 
narxlari bo‘yicha ma’lumot olish;

kelishuvni onlayn rejimida muhokama qilish; 

kelishilgan shartnomalarni tasdiqlash; 


280 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun o‘zaro fikr 
almashish uchun sharoit yaratish; 

logistika 
xizmatini 
ko‘rsatuvchi 
korxonalar 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar va ular bilan onlayn rejimda muloqot qilish; 

foydali interaktiv xizmatlar. 
Qishloq 
xo‘jaligida 
zamonaviy 
raqamli 
texnologiyalarning 
qo‘llanishiga yana bir misol – bu yer maydonlarining mahsuldorligini 
aniqlashda raqamli texnologiyalardan foydalanishdir va bu “aniq 
dehqonchilik” termini bilan atalmoqda. Bunda sensorli texnologiyalar 
yordamida ekin maydonining “hosildorlik xaritasi”ni tuzish va shu 
orqali yerlarning unumdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan 
tadbirlarning aniqligini oshirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Odatda, qishloq xo‘jalik ekin maydonlari mahsuldorligi ko‘rsatkichini 
aniqlashda ushbu maydondan yig‘ishtirib olingan umumiy hosil ekin 
maydoniga taqsimlanadi. Masalan, 20 gektardan yig‘ishtirib olingan 
jami hosilni 20 ga taqsimlash orqali har bir gektar yerdan qancha hosil 
olinganligini, ya’ni ekin maydonimizning mahsuldorligini aniqlaymiz. 
Bu 
ko‘rsatkich 
bizga 
ma’lum 
ma’noda 
ekin 
maydonining 
mahsuldorligiga baho berish imkonini bersada, kamchiliklardan xoli 
emas. Ushbu ekin maydonining hamma qismida mahsuldorlik darajasi, 
tuproq tarkibi bir xil bo‘lmaydi, qaysidir qismi unumdor, boshqa 
qismida esa unumdorlik darajasi past bo‘lishi mumkin. Biz qo‘llayotgan 
usulda ushbu holatga baho berishning imkoni yo‘q, o‘rtacha 
mahsuldorlik 
darajasi 
aniqlanadi 
xolos. 
Ekin 
maydonining 
mahsuldorligini oshirish, tuproq unumdorligini yaxshilash uchun amalga 
oshiriladigan tadbirlarda yer maydonining aynan qaysi qismiga alohida 
e’tibor berish kerakligini aniqlashning iloji yo‘q, shu sababli ushbu 
tadbirlar ekin maydonining barcha qismi uchun bir xilda amalga 
oshiriladi. Bunda ekin maydoning qaysidir qismida tuproq unumdorligi 
talab darajasida bo‘lishi, unga qo‘shimcha mineral va mahalliy o‘g‘itlar 
berish kabi choralarni amalga oshirishni talab etmasligi mumkin.
Buning natijasida samarasiz xarajatlarning amalga oshirilishiga olib 
keladi. Yoki aksincha, ekin maydonining ma’lum qismiga yetarli 
miqdorda 
ishlov 
berilmasdan, 
tuproq 
unumdorligi 
pastligicha 
qolaverishi mumkin. Ushbu muammoni hal etish uchun hosilni yig‘ib 
oluvchi kombaynlarga sensorli texnologiya o‘rnatiladi va ekin 
maydonining har bir qismidan qancha hosil olinayotganligi qayd etib 
boriladi va maxsus kompyuterga ma’lumotlarni uzatadi. Ushbu 
texnologiya bizga ekin maydonimizning hosildorlik xaritasini tuzib 


281 
beradi, xaritada hosildorlik darajasiga qarab ekin maydoni o‘tkir yoki 
och ranglarda belgilanadi. Ushbu xarita orqali ekin maydonining qaysi 
qismida hosildorlik darajasi qanday ekanligini bilib olamiz. 
Mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini 
raqamlashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot 
va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
PQ-4699-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash 
doirasida 2020-yil 17-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va 
qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 794-sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra agrar sohani 
raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan, suv resurslaridan 
samarali foydalanish va ekinlar holatini nazorat qilishning idoraviy va 
idoralararo axborot tizimlarini joriy etish; 

agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan 
xizmatlarni, shu jumladan davlat xizmatlarini to‘liq elektron shaklga 
o‘tkazish; 

qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy AKTni joriy etish uchun 
maqsadli loyihalarni amalga oshirish; 

suv omborlari va sug‘orish tizimlarida suv resurslaridan 
foydalanishni onlayn rejimda nazorat qilish texnologiyalarini joriy etish; 

suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan 
foydalanish va suv iste’moli hisobini yuritish hamda ma’lumotlar 
bazasini shakllantirish; 

biznes-startap loyihalarni amalga oshirish va innovatsion loyihalar 
natijalarini tijoratlashtirish uchun korxonalarga ko‘maklashish. 
Ushbu qarorga ko‘ra Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida 
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi tashkil 
etilishi belgilangan. Markaz agrosanoat majmuida “Raqamli qishloq 
xo‘jaligi” axborot tizimi yuritilishi uchun mas’ul hisoblanadi. “Raqamli 
qishloq xo‘jaligi” axborot tizimi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
yetishtiruvchilar, ta’minotchilar hamda qayta ishlash tashkilotlari 
o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini 
beruvchi platforma bo‘lib xizmat qiladi. 2021-yil 1-mayga qadar yirik 
gidrouzel va irrigatsiya tizimini raqamli texnologiyalar asosida 
avtomatlashtirish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi.


282 
Ushbu qaror bilan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini 
rivojlantirish strategiyasi ham tasdiqlandi. Strategiya “Aqlli qishloq 
xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirishning quyidagi uzoq muddatli 
asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi: 

qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda raqamli va geoaxborot 
texnologiyalarini joriy etish; 

zamonaviy kompyuter texnologiyalarini tatbiq etish orqali suv 
resurslarini boshqarish va undan foydalanish; 

intensiv bog‘larni tashkil etish va bog‘dorchilik mahsulotlarini 
yetishtirishda avtomatlashtirilgan boshqarish texnologiyalarini joriy 
etish; 

issiqxona xo‘jaliklarida avtomatlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan 
intellektual texnologiyalarni joriy etish; 

chorvachilik va parrandachilik sohasiga avtomatlashtirilgan 
texnologiyalarni tatbiq etish; 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash 
jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot 
va kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan logistika va savdo 
markazlarini tashkil etish; 

qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlari uchun “Aqlli qishloq 
xo‘jaligi” texnologiyalari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash va 
kadrlar malakasini oshirib borish. 
Qishloq xo‘jaligida raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning asosiy 
shartlaridan biri – zarur infratuzilmani shakllantirishdir. Qishloq 
hududlarida ham zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishni 
yo‘lga qo‘yish uchun sifatli aloqa va internet xizmatini yo‘lga qo‘yish 
muhim ahamiyatga ega.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish