CH
CHAKANA BAHO - davlat va kooperativ savdosi, dehqon
bozorida iste'mol mollarini sotilish narxlari.
CHAKANA SAVDO - savdo-sotiq tarmoqlari orqali aholiga
iste'mol mollarini sotish.
CHEK - belgilangan ko'rinishdagi pul hujjati, 1) bankdagi o'z
hisobidan muayyan pul miqdorini CH.da ko'rsatilgan shaxsga berish yoki
uning hisobiga pul o'tkazish bo'yicha yozma topshiriq. Chek ikki
ko'rinishda bo'ladi: a) oluvchining nomi yozilgan chek; b) ko'rsatuvchiga
berilgan chek.
CHEKLANGAN MAS'ULIYAT - ma'lum chegara doirasida
cheklangan mas'uliyat. qarz majburiyati yoki o'ziga biror bir hujjatga
imzo chekilayotganda mas'uliyatni muayyan doiralarda cheklovchi
shartni, punktni kiritish.
E
EKSPORT - tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitalni
mamlakat tashqarisiga chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |