1.3-rasm. Ma’lumotlar tushunchasi.
Axborot nutq yoki yozma ravishda, shuningdek imo-ishora, belgilar asosida uzatiladi. Ixtiyoriy axborotni biz tushunib yetishga, ma’nosini anglashga va uning asosida xulosa va qaror qabul qilishga harakat qilamiz. Biror ob’ekt yoki hodisa haqidagi bitta axborot ma’lumoti (gazetadagi maqola, e’lon, xat, telegramma, hikoya, chizma, radioeshittrish va shu kabilar) uni tushunish, unga qiziqish nuqtai-nazaridan turli toifadagi kishilar uchun turlicha axborot miqdorida yetkaziladi. Masalan, yapon tilida yozilgan ma’lumotning ushbu tilni bilmagan insonga hech qanday qizig`i yo’q. Biroq yapon tilini biladigan kishiga u qimmatli, muhim ma’lumot bo’lishi mumkin. Maxsus belgilar orqali ifodalangan ma’lumot ham bu belgilardan foydalanish qoidalarini bilmagan kishiga yangi ma’lumot bo’la olmaydi. Belgilar qoidasidan foydalanish ma’lum bo’lgandagina, ushbu ma’lumot ma’nosini anglash mumkin.
Boshqacha qilib aytganda axborot alohida dalillar bilan birga qo’shimcha qimmatga ega bo’lgan holda tashkil etilgan va qayta ishlangan ma’lumotlar to’plamidir. Masalan, savdo-sotiq menejeri uchun kunlik sotish hajmi haqidagi ma’lumotlar bir oy yakuni bo’yicha jami sotish miqdorini aniqlash va ularning asosida xulosa chiqarishda zarur bo’ladi. Kompaniyalar tomonidan mijozlar uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar haqida axborot taqdim etish ular uchun daromad va foyda miqdorini oshirish imkonini beradi. Masalan, Korzinka.uz Internet magazini xaridorlar va sotuvchilar uchun elektron shaklda axborot almashish imkoniyatlarini yaratadi va sotuvchilar tomonidan xaridorlarga on-layn rejimida savdo qilsh uchun tavsiyalar va maslahatlar berib boriladi. Axborotni erkin almashish savdoni rag’batlantiradi va xaridorlarga optimal yechimlar olishlarini kafolatlaydi. Axborot foydalanuvchiga qaror qabul qilish va boshqa amallar, funksiyalarni bajarish uchun zarur bo’lgan muayyan tarzda tashkil etilgan, ma’noga va qimmatga ega bo’lgan ma’lumotlardir.
Ma’lumotlarni axborotga aylantirish – muayyan natijaga erishish uchun bajariladigan jarayon yoki mantiqiy bog’langan masalalar to’plami. Ma’lumotlar asosida foydalanuvchi idrok qilish (ya’ni anglash) orqali, ularni o’z bilimlariga aylantiradi. Ko’rib chiqilayotgan tushunchalar talqiniga asoslangan holda bilim – bu axborot, biroq har qanday axborot bilim emas ekanligini e’tirof etishimiz mumkin. Axborotni bilimga aylanishida insonning idrok etishini va undagi psixik jarayonlarni boshqaruvchi o’zida ijtimoiy aloqalar, tajribalar asosida to’plangan bilimlarni qamrab olgan bir qancha qonuniyatlar qatnashadilar. Mana shularning hisobiga bilim nafaqat alohida shaxsning, balki jamiyatning mulki, boyligi bo’lib qoladi. Axborot bilan bilim o’rtasida tafovut mavjud. Inson axborotni ijodiy yondashgan holda qayta ishlab, yangi bilimlarga ega bo’ladi.
Bilim – muayyan maqsadlarga erishish uchun eng maqbul yo’llarni hisobga olgan holda foydalaniladigan, muayyan axborotning talqini va anglanishidir. Bilim ichki tushuna olish, strukturalashganligi, bog’langanligi va faolligi bilan tavsiflanadi. Boshqacha aytganda, “bilim = dalillar + e’tiqod + qoidalar”7.
Do'stlaringiz bilan baham: |