Ma’ruza №1. IQTISODIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA KIRISH
Reja:
“Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti;
Axborotlashgan jamiyat va uning alomatlari;
Jamiyatni axborotlashtirish;
Ma’lumotlar, axborot va bilimlar.
Тayanch so’zlar va tushunchalar: ma’lumot, axborot, bilim, axborotlashtirish, axborotlashgan jamiyat, axborot tizimi, axborot resursi, axborot texnologiyasi, shaxsning axborot madaniyati.
“IQTISODIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINING MAQSADI, VAZIFALARI VA PREDMETI
“Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” fanining asosiy maqsadi - talabalarni iqtisodiyot axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy asoslari, axborot texnologiyalarining tashkil etuvchi komponentalari, hisoblash hamda ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishning tamoyil va usullari bilan tanishtirish, hamda ulardan amaliy masalalarni yechishda foydalanish bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |