Global ko’lamlar. Bilimlarning cheki yo’q. Iqtisodiyot umujahon bilimiga aylanib bormoqda. O’zaro hamkorlikda ishlash, hamkorlik fazo va vaqt bilan chegaralanmaydi. Ishlarni turli joylardan turib, shu jumladan uyda ham bajarish mumkin. Davlatlarning o’zaro bit-biriga bog’lanib qolishlari kuchayadi.
Ziddiyatlarning mavjudligi. Ommaviy ravishda mehnatkashlar bilan bilimlari kerak bo’lmay qolgan ishdan bo’shatilgan ishchilar, bilimga ega bo’lganlar bilan o’qimaganlar, axborot magistralidan erkin foydalanish huquqiga ega bo’lganlar bilan undan foydalanish huquqidan mahrum bo’lganlar o’rtasida ijtimoiy ziddiyatlar yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |