Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari



Download 394,78 Kb.
bet11/21
Sana09.07.2021
Hajmi394,78 Kb.
#113586
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Ma'ruza №1

Axborot texnologiyasi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlardir.

Axborot tizimi - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalariga aytiladi.

Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni global xarakterga ega va yagona axborot fazosini yaratishga yo’naltirilgan. Ushbu jarayon axborot resurslarinining to’xtovsiz oshib borishi bilan qo’llab-quvvatlanadi. Uning negizida yangi axborot texnologiyalari va birinchi navbatda telekommunikatsiyalar yotadi. Axborotlashtirish axborotning roli tubdan o’zgarishi tufayli yuzaga keldi, ilm-fanning, ishlab chiqaruvchi kuchlarning va jamiyatning ijtimoiy sohalari rivojlanishiga to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita ta’sir ko’rsatadi.

Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni quyidagi asosiy jihatlar bilan tavsiflanadi:


  • globalligi va keng ko’lamliligi;

  • izchillik va ketma-ketlilik;

  • yuqori sura’tlar;

  • nomarkazlasuvligi, ob’ektiv mustaqilligi va ochiqligi;

  • kompleksliligi;

  • tengsizligi bilan.

Axborotlashtirish jarayonining globalligi barcha hududlarni va undagi aholini qamrab olinishida namoyon bo’ladi. Ushbu jarayonning keng ko’lamliligi insonning barcha hayotiy jabhalariga yani axborot texnologiyalarini joriy etilishi bilan tavsiflanadi. Axborotlashtirish so’zsiz integratsion, yaratuvchanlik rolini o’ynaydi va potensial ravishda dunyo miqyosida yagona axborot fazosini yaratish imkonini beradi.

Axborotlashtirishning globaligi va keng ko’lamliligi bilan bog’liq yangi sifat o’zgarishlariga ta’siriga qaramay uning rivojlanishi evolyutsion xarakterga ega va avvalgi yutuqlarga, tajribalarga to’plangan axborot resurslariga, kadrlare salohiyatiga tayanadi.

Axborotlashtirish jarayonlari yuqori sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda. Bunda davlat boshqaruvi organlariga va ijtimoiy strukturalarga yuqori mas’uliyatlar yuklanadi. Demokratik jamiyat sharoitida axborotlashtirish jarayonini markazlashgan holda boshqarish prinsipial jihatdan mumkin emas. Shu bilan birga axborotlashtirishni amalga oshirishda keng ko’lamdagi moddiy resurslardan oqilona foydalanish uchun puxta ishlab chiqilgan davlat siyosati talab etiladi. Axborotlashtirishni markazlashmagan holda rivojlantirish faqat direktiv boshqarishdan foydalanishni taqozo etmaydi, unda rag’batlantirishning bozor mexanizmlari qo’llab-quvvatlanisi talab etiladi. Ushbu jarayonning ochiqligi axborotlashtirish ehtiyojlari uchun rivojlangan sohalarda joriy etilgan axborot texnologiyalari (davlat boshqaruvida, mudofaa, bank moliya sohalari, shuningdek mintaqaviy va idoraviy) axborot infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Axborotlashtirish muammolari o’zining murakkabligi jihatidan ko’p rejali va ko’p qiymatli xarakterga ega. Usbu muammolar ijtimoiy ong va shaxsning ongiga ko’rsatadigan ta’sirlarni hisobga olgan holda baholanishi zarur, bu holat esa milliy va axborot xavfsizligi masalalari bilan bevosita bog’liq. Axborotlashtirish darajasini rivojlantirish va oshirish O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatining muhim ustuvor yo’nalishi hisoblanadi.

Jamiyatni axborotlashtirishning hozirgi bosqichi barcha jabhalarda shaxsiy kompyuterlarni, shu jumladan axborot uzatish, nusxalash va saqlashning mobil, ixcham vositalarini joriy etilishiga, telekommunikatsiyalarning, mobil aloqaning, Internet tarmog’ining va ijtimoiy tarmoqlarning keng ommalashishiga bog’liq. Har bir insonda individual ishlash uchun prinsipial jihatdan yangi bo’lgan texnologiyaga o’tish, turli xildagi axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatlari paydo bo’lmoqda. Shaxsiy kompyuterlar va telekommunikatsiyalar 1990 yillar boshidan boshlab shakllangan axborotlashgan jamiyatning texnik-texnologik negizini tashkil etadilar.

Shubhasiz jamiyatning oldingi rivojlanish bosqichlarida erishilgan hayot darajasi aholiga mos axborot va kommunikatsion texnologiyalarni olish uchun mablag’lar sarflash imkoniyatlarini yaratishi kerak. Shuning uchun turli davlatlarda axborotlashgan jamiyatga o’tish darajasi turlicha bo’lib qolmoqda. Yangi texnologiyalarni ommaviy ravishda joriy etish jamiyatning barcha a’zolarida axborot madaniyati talab darajasida bo’ishini taqozo etadi.


Download 394,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish