Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati


Integratsiyalangan axborot muhiti tashkil etish texnologiyasi



Download 13,3 Mb.
bet69/120
Sana11.07.2022
Hajmi13,3 Mb.
#774906
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari maruza matni

2.Integratsiyalangan axborot muhiti tashkil etish texnologiyasi
Integratsiyalangan axborot muhiti. Axborot telekommunikatsiya tizimining samarali faoliyati, odatda, ma’lumotlar bazasi va ombori, ularni saqlash va foydalanish texnologiyalarini ifodolovchi korxonaning yagona axborot makonida yagona tamoyil va umumiy qoida asosida foaliyat yurituvchi axborot va telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari majmuida yuz beradi. Axborot makonining ushbu tuzilishi ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatining barcha qatnashchilari himoyalangan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlaydi, shuningdek, lavozim majburiyatlari ierarxiyasi va ma’lumotlarga kirish darajasiga muvofiq ularning axborotga bo‘lgan talabini qondiradi.
Integratsion yechim. Ma’lumot darajasidagi integratsiya. Ma’lumotlar integratsiyasining asosiy muammolaridan biri ma’lumotlar formati va turlarining ko‘pchiligi (strukturalanmagan, qisman strukturalangan, qat’iy strukturalangan), shuningdek, ular hajmining shiddat bilan o‘sib borishidir.
Turli xil korporativ xizmatlari tarmoqlarida har xil ommaviy ma’lumot va axborotlarning aylanishi ularni to‘plash, tuzish, qayta ishlash, tahlil qilish, saqlash, arxivlash va biznes qarorlarini qabul qilish uchun foydalanuvchiga etkazishda ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Buning uchun standart interfeyslar va protokollardan, masalan, SQL va JDBC/ODBC, shuningdek, ma’lumotlar relyasiya bazasining turli uskunalaridan (Relational Database — RD) foydalaniladi; mufassal depozitlar — artefaktlar va loyihalash ob’ektlari haqida ma’lumot saqlovchi “ustiga qurilgan” ma’lumotlar bazasi; Meta ma’lumotlarning ko‘plab lug‘aviy ma’nosi (Transparent Repository — TR); ma’lumotlarni zamonaviy saqlash joyi va fabrikasi (Data Warehouse, Data Factory — DW, DF). Integratsiya texnologiyasining oxirgi ko‘rinishi, odatda, yirik kompaniyalarda va ishlab chiqarish birlashmalarida qo‘llanadi. Bu texnologiyalar ma’lumotlarni saqlash va qo‘llash uchun foydalanuvchiga yagona qulay muhitni yaratadi. Quyida axborotdan jamoaviy foydalanish tizimi haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Jismoniy, dasturiy va foydalanuvchi interfeyslari darajasidagi integratsiya. Integratsiyaning bu turi “lokustli integratsiya”ning ko‘rinishlaridan biri sifatida turli ishlab chiqaruvchi tomonidan turli vaqtda yozilgan chala dasturiy ilovalarni birlashtirishga, o‘xshash bir butunlikka keltirishga harakat qilinganda boshlandi. Dastur “har bir kishi har bir kishi bilan” tamoyiliga bo‘yicha birlashtirildi, natijada esa, ularning o‘zaro munosabati murakkablashdi va ko‘plab muammolar tug‘ildi. Bundan tashqari, eski dasturiy ta’minot (Legacy Software) va o‘rnatilgan (Embedded System) tizimdan foydalanish yanada murakkablashdi.
Bunday yondashuv oz sonli dastur uchun yaxshi. Dasturlarning soni ko‘p bo‘lganida u deyarli ishlamaydi va to‘plangan ma’lumotlarga yangi so‘rovlarni yaratish im­­ko­nini bermaydi, ya’ni bunday holda ma’lumotlar birlashuvidan sezilarli daromad yo‘q.
Hozirgi vaqtda interfeys darajasidagi integratsiya muammosi ochiq interfeyslar bilan standart dasturiy ilovalar tomonidan amalga oshirilgan axborot tizimi ostidan foydalanish asosida hal etiladi (Open Application Programming Interface). Birlashtirilgan interfeyslar, masalan, POSIX xalqaro standartlar oilasi asosida ishlab chiqilgan, bunday holatda ko‘pincha quyidagi algoritm qo‘llanadi: ma’lumotlarni qayta ishlash qatlamini unga bog‘liq vizualizatsiya shaklidan ajratadi va amaliy funksiyalarga yaxshi hujjatlashtirilgan dasturiy interfeys ko‘rinishida dasturiy kirishni rasmiylashtirib, uchinchi avlod tillaridan (3GL) birida amaliy biznes mantig‘ini tatbiq etadi .
Funksional-amaliy va tashkiliy darajadagi integratsiya. Integratsiyaning bu turi oqimlarni qayta taqsimlash bilan makrofunksiyalarda bir xil turdagi o‘xshash funksiyalar qatorini birlashtirishni taklif etadi; ma’lumotlar va boshqaruv, shuningdek, amalga oshirish resurslari va mexanizmlari. Bu ko‘pincha tashkiliy tuzilmalarni, biznes jarayonlarni va mos ravishda ularning axborot va hujjatlar bilan ta’minlanish sxemasini qayta tuzishni talab etadi. Bunday integratsiyaning foydasi ham aniq – jarayonlar yanada oshkora, boshqariladigan va kam xarajatli bo‘ladi. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar, hujjatlarni shakllantirishda xatolar soni va hokazolar kamayadi. Biroq, bunday turdagi integratsiya jarayonlar tarmog‘ini sezilarli darajada qayta qurish va to‘liq qayta tiklashni talab etadi, bu esa yirik xavflar bilan bog‘liq. Ko‘pincha bunday integratsiya korxona biznes jarayonlarni talab etiladigan standart darajasiga olib chiqish zarurligi yoki ustuvorliklar o‘zgarishi munosabati bilan faoliyatini qayta qurish, boshqa mamlakatlarda filiallarni ochish, bozorning yangi bo‘g‘imlarini o‘zlashtirish va hokazolarda qo‘llash uchun ma’lum qaror asosida KISni joriy etishga tayyorlangan holatlarida olib boriladi.



Download 13,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish