Bog'liq Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari maruza matni
3. Integratsiyalashgan SAP, ERP va BILLING tizimlarini ishlash texnologiyasi SAP - System Analysis and Program Development 1972 yilda IBM kompaniyasining beshta sobiq xodimlaridan Besh Klaus Wellenreiter, Xans Verner Hector, Klaus Chira, Dietmar Hopp va Hasso Plattner lar tomonidan tuzilgan.
Xozirgi kunda SAP kompaniyasi tashkilotlar uchun analitik dasturiy ta'minot yaratuvchi sifatida tanilgan nemis kompaniyasi hisoblanadi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar rivojlanish jarayonida SAP maxsulotlari jahon talablariga asoslangan holda integratsiyalashgan tizimlarda moslahgan analitik dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishni yo’lga qo’ydan.
2004 yilli SAP kompaniyasi o’zining yangi dasturiy platformasini yaratdi va SAP NetWeaver deb nomladi. Yangi dasturiy platform o’z ichiga quyidagi platformalarni ham qamrab oldi:
SAP Enterprise Portal – korxonaning portal yechimini ta’minlash darajasidagi platforma
SAP Process Integration (oldingi Exchange Infrastructure) - korxonaning intagrallashgan yechimini ta’minlovchi darajasi
SAP Mobile Infrastructure (oldingi Mobile Engine) - mobil ilovalarni amalga oshirish uchun platformalar.
SAP Business Intelligence (oldingi Business Warehouse) – biznes analitika va korporativ ma'lumotlar bazasini yaratish uchun mo’ljallangan platformalar.
Barchaga ma’lumki, SAP integratsiyallashgan tizimiga tatbiq etilayotgan biznes-jarayonlar hozirda dunyodagi ko’plab KNAUF korxonalarida sinovdan o’tkazilgan hamda o’z samaradorligini va raqobatbardoshlik ustuvorliklarini isbotlangan. Biroq O’zbekistonda eng yangi GTI standartlari bo’yicha SAP tatbiq etilishini bemalol MDH mintaqasidagi birinchi loyiha deb ta’kidlash mumkin. Ushbu loyiha mazkur xalqaro miqyosli dasturning yangilangan versiyasini MDH mintaqasidagi boshqa KNAUF zavodlariga joriy qilish uchun yangi turtki beradi.
O’zbekistonda SAP tatbiq etilishiga tayyorgarlik 2015 yil fevraldan boshlangan. “KNAUF Gips” MChJ mutaxassislari oldiga tizimni mahalliylashtirish, shuningdek buxgalterlik va soliq hisobini O’zbekiston qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish vazifalari qo’yildi. Loyihaning muhim xususiyati KNAUF kompaniyasining Ipxofandagi markaziy ofisi bilan ishlarni o’zaro muvofiqlashtirishdan iborat bo’lib, ushbu ofis KNAUF korporativ standartiga muvofiq loyihalar, kontrolling, logistika boshqaruvi, asosiy vositalar boshqaruvi va boshqa funksional modullarini parallel ravishda joriy etayotgan edi.
Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish va uni 2016 yil yanvardan boshlab ishga tushirish maqsadlarida, “KNAUF Gips” MChJ mutaxassislari va joylardagi mas’ul xodimlar tomonidan qisqa vaqt ichida tartibli va konstruktiv ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda O’zbekistondagi korxonalar xodimlari korxona resurslarini boshqarish tizimlarini avtomatlashtirishdan KNAUF kompaniyalari xalqaro guruhi boshqa bo’linmalari bilan o’zaro hamkorlikka qadar barcha ustunliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Hozirning o’zida ishonch bilan aytish mumkinki, SAP-dasturining tatbiq etilishi – kelajak sari qadam bo’lib, u vaqt va moliya xarajatlarini qisqartirishga, ham ishlab chiqarish, ham biznes-jarayonlar yuritilishining barcha sohalarini qamrab olishga, mijozlar ehtiyojlarini rejalashtirish va shakllantirishga oqilona yondashishga, mijozlar va korxona xodimlari o’rtasida ikki tomonlama aloqalarni aniq yo’lga qo’yish darajasini oshirishga yordam beradi.
O’zbekistonda SAP-tizimi tatbiq etilishi bilan joriy yil boshida “kredit limitlari” – to’lov muddatini uzaytirish kabi funksiyalardan foydalanish va ushbu funksiyalar amalga oshirilishini aniq o’z vaqtida nazorat qilish imkoniyati paydo bo’lib, bu KNAUF sheriklari bilan ikki tomonlama hamkorlikka ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi paytda kompaniya o’zaro munosabatlari amalga oshirilgan loyiha doirasida funksionalni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish bosqichiga o’tdi.
SAP tatbiq etilishi xodimlarning mehnat samaradorligini oshirish, ko’plab kundalik operasiyalarni avtomatlashtirish, xaridlar, ishlab chiqarish va savdo-sotiqlarni rejalashtirish sifatini oshirish imkonini beradi, bu esa muqarrar ravishda faoliyat samaradorligida va moliyaviy natijalarda aks etadi.