Ispolnimost –Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirchavobgarlik bilan mulokotga kirishish
Minimalnaya povtorimost –minimal takrorlanishlik
MBdagi ma'lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma'lumotlarni izlash susayadi.
Selostnost -Yaxlitlik , axborotni MBda saqlash iloji boricha ma'lumotlar orasidagi bog’liklikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao.
Bezoopasnost–Xavfsizlik MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli ximoya kilingan bo’lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma'lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin.
Migratsiya - Migratsiya –ba'zi bir ma'lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi. Shuning uchun ma'lumotlarni tashki xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma'lumotlarga murojaat qilish kulay bo’lsin.
9.1-rasm. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
3. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini yaratish modellari
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari buyicha tavsiflanadi:
Ma'lumotlar tuzilmalarining turi.
Ma'lumotlar ustida bajariladigan amallar.
Butunlikning cheklanganligi.
Bu xususiyatlarni e'tiborga olgan holda ma'lumotlar bazasi modellari quyidagi turlarga bo’linadi:
Daraxtsimon (iyerarxik) yoki pog’onali modellar.
Tarmoqli (turli) modellar.
Relyatsion modellar.
O’bektga yo’naltirilgan relyatsion
Yana hu narsani ta'kidlash lozimki, ma'lumotlar bazasi modellarining faqatgina yuqorida qayd qilingan modeli mavjud deyish, noto’g’ri. Chunki, bo’lardan tashqari yana ma'lumotlar bazasining binar munosabatlar modeli, ER-modellari, semantik model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda asosan dastlabki ta'kidlangan 3 turli modellar qo’llanilib kelinmoqda. Shuning uchun ham biz ushbu modellarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Daraxtsimon (iyerarxik) modelda ob'yektlar yozuvlar ko’rinishida ifodalanadi. asalan, quyiroqda keltirilgan rasmda dasturlash tillarining daraxtsimon modeli kursatilgan.
Iyerarxik modelda ikki yarusdagi elementlar boglangan bo’lsa, unday ma'lumotlar tarmoqli (turli) modelda ifodalangan deyiladi. Tarmoqli modellardagi kabi yozuvlar ko’rinishida tasvirlanadi. Ob'yeklarning o’zaro alokalari yozuvlar urtasidagi alokalar sifatida tavsiflanadi.
Relyatsion modellarda esa ob'yektlar va ularning o’zaro aloqalari ikki o’lchovli jadval ko’rinishida tasvirlanadi. Ma'lumotlarning bunday ko’rinishda tasvirlanishi ob'yektlarning o’zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos bo’ldi.
Bunda tegishli ma’lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar ma’lumotning maydonlarini, qarorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma’lum sohaga tegishli bo‘lgan bir qancha ma’lumotlar joylashadi. Qatorda esa ustunlarda joylashgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ustun va qator o‘rtasidagi bog‘lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator va munosabat o‘z nomiga ega bo‘ladi.
MBBT alohida olingan modullardan tashkil topgan:
MB boshkarish bloki disklardagi ma'lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va tizimning surovi (guery) orasidagi interfeysni aniklaydi.
Fayl mendjeri –ma'lumotlar tuzilmasi bilan disklar urtasidagi boglanishni boshkaradi.
Guery –protsessor ingliz tilida yozilgan guery gaplarini MBni boshkarish bloki tushunadigan tilga utkazadi.
Prekompilyator DML (Data Manipulation Language) ma'lumotlar bilan manipulyatsiya kiladigan til bo’lib, u quyidagi operatsiyalarga javob beradi:
MBda ma'lumotlarni ajratib olish,
MBga ma'lumotlarni kiritish,
MBdan ma'lumotlarni olib tashlash,
MBni modifikatsiya (uzgartirishlar) qilish.
Kompiliyator DDL (Data Definition Language) –MB tilini, uning tuzilmasini va tashki xotiralardagi axborot turini aniklaydi. MBni tuzilmasi kupincha jadval shaklida buladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |