Kompyuter va san`at. Kompozitor musiqa yaratishda kompyuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichik real yoki elektro organ yordamida kompyuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko`rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu yerning o`zida, shu onda eshitib ko`rishi ham mumkin. Kompyuterlar rassomlarga ham ko`p yoqib qolgan. Kompyuter grafikasi bo`yicha birinchi ko`rgazma 1956 -yili o`tkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar kompyuterdan foydalanib kelmoqdalar. Bundan tashqari, kino va televideniyani ham kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, hatto qit`alarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferensiyalar o`tkazish an`anaga aylanib qolmoqda.
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarining maqsadi – iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari tushunchalarining mohiyatini tushuntirish hamda talabalarda iqtisodiyotning turli sohalarida iqtisodiy jarayonlarga zamonaviy axborot komplekslarini, kommunikatsiya vositalarini tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalarini fanining vazifasi – talabalarga iqtisodiyotning turli sohalarida zamonaviy axborot komplekslari va texnologiyalarini qo‘llagan holda masalalarni tahlil etishga, mustaqil fikrlashga, ixtisoslik fanlarini o‘rganish uchun tayyorlashdan iborat.
3. Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari
Axborot texnologiyasi - bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo`lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo`lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo`llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Masalan, matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o`quvchi boshlang`ich axborotni qayta ishlash uchun o`zining bilimini qo`llaydi. Masalaning yechimi bo`lgan yangi axborot mahsuloti, o`quvchi tanlay olgan masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog`liq.
Ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o`zining uskunalari, vositalari mavjud. Bular kseroks, faks, skaner va boshqa dasturiy vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o`zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo`llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo`llanishiga urg`u berish maqsadida ko`pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o`zi uchun asosiy muhit bo`lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog`liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo`lgan ma`lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo`lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va boshqalar.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirish vositalari.
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo`lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolutsion bosqichlarni bosib o`tdi. Ana shu bosqichlarga qisqacha to`xtalib o`tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |