3-mavzu. Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining infratuzilmasi
Reja:
1. Axborot texnologiyalarini infratuzilmasi komponentlari
2. Iqtisodiy masalalarni yechishda qo‘llaniladigan zamonaviy uskunalar turi
3. Axborot tizimlarida texnik vositalarning rivojlanish tendentsiyasi
4. Biznesda ishlatiladigan kompyuter turlari
1. Axborot texnologiyalarini infratuzilmasi komponentlari
Tayanch so’z va iboralar: axborot kommunikatsiya texnologiyalari, IT kompaniyalari, raqamli iqtisodiyot, axborot tizimlari, mikroprotsessor, anakart, matematik koprotsessor, xotira chiplari (RAM, ROM, kesh, CMOS), ichki va tashqi xotira.
Mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, mazkur sohada xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislarni, birinchi navbatda, dasturiyta’minotlarni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha kadrlarnitayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada sohaga kerakli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi oliyta’lim muassasalarining hissasi kattadir.Aytish joizki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi butun dunyoda tez sur’atlarda rivojlanibboryapti. Innovatsion texnologiyalar, ishlanmalar, dasturlar yaratish bo‘yicha yetakchi kompaniyalar kimo‘zarga poygaga kirishgan. Sohada ixtiro qilingan bugungi biror yangilik ertaga o‘rnini boshqasigabo‘shatib berishga majbur bo‘lmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarda rivojlanish axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liqholatda olib borilmoqda. Buning uchunmamlakatimizda barcha imkoniyatlar – hukumat e’tibori, moddiy-texnik baza, intellektual salohiyatyetarlidir. Faqataxborot texnologiyalari sohasidagimutaxassislarimizdan, yoshlardan ushbuimkoniyatlardan unumli foydalangan holda doimiy izlanish, o‘qib-o‘rganish talab qilinadi, xolos.Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan "AKT sohasita’lim tizimi muassasalari vaishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi” mavzuidagi seminarda aynan yuqoridagi masalalar o‘rtaga tashlandi. Professor-o‘qituvchilar, talabalar, shuningdek, xususiy IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etgan bu seminarda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, TATU, Toshkent shahridagi INHA universitetirahbariyati yurtimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish jarayonlari,bu boradagi qonun va qarorlar mazmun-mohiyati, axborot texnologiyalarimutaxassislari tayyorlashdagi oliy ta’lim muassasalarining imkoniyatlari, sohaga kiritilayotgan yangi texnologiyalar va mutaxassislarga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida so‘z yuritdilar.Ushbu seminar doirasida TATU va INHA universiteti rektorlari ilmiy va ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumni imzolashdi.Ikki universitetning ham maqsadi mustaqil vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan har tomonlama barkamol mutaxassislarni tayyorlashdir.Bu borada imkoniyatlarni, kuchlarni birlashtirish ko‘proq samara berishi aniq. Universitetlar respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida uzluksiz ta’lim va malaka oshirish tizimini shakllantirishga ko‘maklashish, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilar,sanoat va infratuzilma tarmoqlari va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari iste’molchilari o‘rtasida o‘zaro mustahkam hamkorlik o‘rnatish borasida yakdil harakatlarni belgiladi.Seminarda respublikamizda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorida faoliyat yuritayotgan ACE CRAFT ENGINE, ALM SOFT, BARSAJDAR TECHNOLOGIES, OOO”STANDART IT-SEKTOR”,"CERTLibrary” maxsus axborot kutubxonasi, OOO SYNERGY GROUP, OOO "START SOFT”, OOO”FIDO-BINES”, OOO "NIHOL-KOMTEX”, OOO "BAIK TECHNOLOGIES”, UP "SSP MAROQAND”, OOO "Intelligent Solutions” kabi IT kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar. Seminar doirasida ta’lim muassasasi xodimlari va ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari bilan o‘tkazilgan munozalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirib hozirgi zamon talabalari darajasida aktuallashtirish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bozorida mutaxassislarning raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha talabalarning kompaniyalarda bajarilayotgan loyihalarda ishtirokini ta’minlash, talabalarning innovatsion loyihalarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari ilgari surildi.Seminar davomida IT kompaniyalari vakillari tomonidan respublikamiz ichki dasturiy bozorini rivojlantirish uchun o‘quv jarayonlarida nimalarga e’tibor berish zarurligi, zamonaviy dasturlash texnologiyalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan fanlarni chuqurlashtirish, talabalarning avtomatlashtirish bo‘yicha masalalarni tahlil etish, yechimini ishlab chiqish va loyihalash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor berish zarurligi, universitetlar marketing xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha fikrlar bildirildi va takliflar o‘rtaga tashlandi.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyot bir vaqtning o‘zida keng sohalarda rivojlanmoqda va cheklangan miqdordagi kompaniyalar tomonidan, ularga maxsus vakolatlar va resurslar berilgan bo‘lsa ham, odatda qurilmaydi. Shuning uchun raqamli iqtisodiyotda asosiy rolni kuchli tadbirkorlik va innovatsion yondashuvga ega bo‘lgan xususiy biznes egallashi, davlat esa xususiy tashabbus uchun infratuzilma va sharoit yaratishi bilan shug‘ullanish kerak.
Eng muhimi, mamlakatda AKTni, shu jumladan, arzon narxda yuqori tezlikdagi Internetni rivojlantirish, xususiy biznesning mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, ishlab chiqarish va daromadni oshirish uchun turli ishlab chiqarish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qiziqishi bilan hamnafas bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha davlat o‘z rolini muvaffaqiyatli uddalamoqda, bu erishilgan natijalar va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan ulkan maqsadlardan dalolat beradi.
Iqtisodiy masalalarni yechishda qo‘llaniladigan zamonaviy uskunalar turi:
Bankning telekommunikatsion arxitekturasi.
Ma’lumotlarning eksporti bo'yicha AIJ kommunikatsiyalari
Banklarda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta'minlanishi.
Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini texnik ta’minlash jarayonlarida bank texnologiyalarining apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida qurilishi kerak. Ularga: aloqaning turli – tuman telekommunikatsion vositalari, ko‘p mashinali majmualar, «mijoz – server»ning arxitekturasidan foydalanish, mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo'llash, apparatli yechimlarini unifikatsiyalash kiradi.
Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini texnik ta’minlash jarayonlarida bank texnologiyalarining apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida qurilishi kerak. Ularga: aloqaning turli – tuman telekommunikatsion vositalari, ko‘p mashinali majmualar, «mijoz – server»ning arxitekturasidan foydalanish, mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo'llash, apparatli yechimlarini unifikatsiyalash kiradi.
Foydalaniladigan texnik vositalarning miqdori va tarkibi axborot oqimlarining jadalligi va hajmi, ishning usullari va bank tizimi vazifalarini amalga oshirishning xususiyatlari bilan belgilanadi. Bank xizmatlarining tarkibi va hajmi, filiallar, mijozlar va aloqalarning sonini o‘sishi banklarda qudratliroq kompyuterlarni va so`nggi rusumdagi texnik ta’minotni xarid qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bugungi kunda tarmoqli bank texnologiyalarining keng tarqalganligini hamda banklararo telekommunikatsiya vositalarinining tadbig`i jadal rivojlanishini ta’kidlash mumkin.
«Mijoz – server» arxitekturasi banklardagi axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini tashkil etishdagi texnik yechimlarga zamonaviy yondashishning asosi bo’ladi. Bu texnik ta’minlanishni tashkil etish va axborotlarni ishlab chiqishni mijoz (ishchi stantsiya) va server deb nomlangan ikkita tarkibiy qism o‘rtasida taqsimlanishini ko‘zda tutadi hamda bu jarayon o`zaro ulangan kompyuterlarda bajariladi. Bunda mijoz serverga so‘rovlar yuboradi, server esa ularga xizmat ko‘rsatadi. Bunday texnologiya tarkiblashtirilgan so'rovlarning maxsus tiliga ega kasbiy MOBTda amalga oshiriladi.
«Mijoz – server» arxitekturasi banklardagi axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini tashkil etishdagi texnik yechimlarga zamonaviy yondashishning asosi bo’ladi. Bu texnik ta’minlanishni tashkil etish va axborotlarni ishlab chiqishni mijoz (ishchi stantsiya) va server deb nomlangan ikkita tarkibiy qism o‘rtasida taqsimlanishini ko‘zda tutadi hamda bu jarayon o`zaro ulangan kompyuterlarda bajariladi. Bunda mijoz serverga so‘rovlar yuboradi, server esa ularga xizmat ko‘rsatadi. Bunday texnologiya tarkiblashtirilgan so'rovlarning maxsus tiliga ega kasbiy MOBTda amalga oshiriladi.
«Mijoz – server» texnologiyasining amalga oshirilish variantlaridan biri uning uch bosqichli arxitekturasidir. Tarmoqda kamida uchta kompyuter: mijoz qismi (ishchi stantsiya), qo‘llanishlar serveri va ma'lumotlar omborining serveri mavjud bo‘lishi kerak.
ABTni yaratish jarayonlarida arxitekturaning imkoniyatlari uning biznes jarayonlari tomonidan belgilanadigan ishning talablari va shartlari bilan muvofiqlashtiriladi. Bankning tashqi moliyaviy va axborot tuzilmalari, hisoblash kliring palatalari va markazlari, birjalar, uzoqlashtirilgan mijzozlar va boshqa banklar bilan o'zaro hamkorligi ko‘zda tutiladi.
Bank biznes jarayonlarining telekommunikatsion ta’minlanishi o‘zining korporativ tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va har qanday boshqa mahalliy va global tarmoqlarga kirishni hisobga olish bilan quriladi. Joriy bosqichda o‘zaro hamkorlikdagi andozalari mavjud bo`lmaganlarida bankning tashqi tashkilotlar bilan aloqalari shlyuzlar orqali, masalan, pochta, teleks va boshqa firmalarning AIJ orqali amalga oshiriladi.
U yoki bu bankning korporativ tarmoqlari uni telekommunikatsion arxitekturasida amalga oshiriladigan transport vositasi sifatida bo‘ladi. Ushbu sohada har qanday sifatli liniyalar uchun transport darajasini himoyalash va ularni boshqarishni qo‘shish bilan bog`liq ko‘pgina yechimlar mavjud. Bank telekommunikatsiyalarining vazifaviy to‘liq majmuasini amalga oshirish yagona axborot maydonini yaratishga imkon beradi. Bank xizmatlarini barcha qo‘llanishlarida bo‘limlar, filiallarning integratsiyasini amalga oshirish, xizmatlarni har qanday talab qilingan joyga va istalgan paytda, on – line va off – line usullarda (bevosita va tartibga solinadigan aloqalarda) yetkazib berilishini ta’minlash mumkin.
Bank vaqt bo‘yicha rivojlanuvchi obyekt bo’lib ham axborot muhitining miqdoriy o‘zgarishini (ishlab chiqilayotgan ma’lumotlarning hajmini, foydalanuvchilar sonini va boshqalar ko‘payishini), ham xizmatlar miqdoriy o'zgarishlarni (yechilayotgan vazifalarning turli – tumanligini kengayishi, ularning xarakterini o'zgarishini) vujudga keltiradi. Aynan shunday qurilgan avtomatlashtirilgan tizim ma`lum muddat davomida tubdan zamonaviylashtirishlarni talab qilmasdan xuddi shunday rivojlanishi kerak. Tizimning salohiyatli imkoniyatlari (yoki asosiy cheklanishlari) qoidaga ko‘ra, ishlab chiqilgan asosiy dasturiy vositalarning imkoniyatlari bilan kuchli bog’langan. Shuning uchun ham avtomatlashtirilgan bank tizimlariga qo`yiladigan talablarning birinchi guruhi – bu asosiy ta’minlanish(operatsion tizim, MOBT, dasturlashni avtomatlashtirish vositalari va boshqalar)ga qo`yiladigan talablardir.
ABTga qo`yiladigan talablarning ikkinchi guruhi – uning amaliy qismini shaxs, bank tizimi va uning iste’mol xususiyatlari sifatida ta’riflanadi. Ularga vazifaviy diapazonning kengligini, interfeysning qulayligini kiritish mumkun. Tizimning bunday sifati ishlab chiqaruvchilarning kasbiy mahoratlariga bog‘liq bo`lib yagona asosiy dasturiy vositalar doirasida kuchli turlanishlari mumkin.
4, Biznesda ishlatiladigan kompyuter turlari
Har bir kompyuter foydalanuvchisi kompyuter monitor, klaviatura, sichqoncha, karnay va tizim blokidan iborat ekanligini juda yaxshi biladi. Ammo bu aysbergning faqat uchi ekanligi aniq. Bu, boshqacha qilib aytganda, tanganing faqat bir tomoni. Agar biz tizim bloki va kompyuterning boshqa tarkibiy qismlarini ko'rib chiqsak, unda biz juda ko'p detallarni topamiz, buning natijasida u ishlaydi.
Albatta, eng asosiy narsa tizimli blok.
Umuman olganda, u bevosita yuz minglab operatsiyalarni bajaradigan kompyuter. Agar biz monitorni, klaviaturani yoki sichqonchani almashtirsak, u holda biz uchun film tomosha qilish, musiqa tinglash, matn terish va h.k.lar osonroq bo'ladi, ammo kompyuter parametrlari bir xil bo'ladi. Monitorda ko'rsatiladigan va karnaylardagi tovushlarning barchasi ichidagi narsaga bog'liq. Tizim birligining ichki detallari umuman tizimning imkoniyatlarini aniqlaydi.
Kompyuterning tizim birligi quyidagilarni o'z ichiga oladi: video karta, qattiq disk, operativ xotira modullari, sovutgichlar, protsessor, anakart va boshqa ko'plab qismlar. Keling, muhim tafsilotlarni va ularning funktsiyalarini batafsil ko'rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |