20.5-rasm. Sug‘urta kompaniyasida ma’lumotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyasi
Sug‘urta kompaniyasiga AKTni tatbiq etish xarajatlarini to‘liq ko‘rib chiqqanimizda ularning har bittasi o‘ziga xos jihatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi va hisob-kitoblar uchun eng ko‘p mehnat boshqaruv xarajatlarini hisoblashga sarflandi. Bunga loyihalashtirish, loyihalarni boshqarish, tarmoqlarni ma’murlashtirish, favqulodda hodisalarni engib o‘tish, tizimni sozlash, sotib olish bo‘yicha shartnomalar va etkazib berishlarni boshqarish bo‘yicha xarajatlar kiradi.Bilvosita xarajatlar ikkinchi guruhining xususiyati sug‘urta axborot tizimining tashkiliy tomonida bo‘lib, AKT bo‘limi xodimlarining qoniqarsiz qo‘llab-quvvatlashi natijasida ish samaradorligini pasaytiradi.
3. G‘aznachilik faoliyatida axborot texnologiyalarini qo‘llash asoslari
Mamlakatdagi mavjud moliyaviy tizimning tahlili byudjet mablag’larining kelib tushishi va sarflanishini hisobga olishning etarlicha tezkor emasligini, ulardan maqsadli foydalanish nazorati, ajratilgan mablag’larning oxirgi oluvchiga etib borguncha bo’lgan vaqtning uzoqligi, turli darajadagi byudjetlarning bajarilishida moliyaviy organlar orasidagi o’zaro aloqaning sustligi kabilarni ko’rsatadi. 1993 yildagi moliya tizimini rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan va islohotlarning bahosidan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kollegiyasi Moliya vazirligi apparati va mahalliy moliya organlari oldiga kelgusi istiqbol uchun quyidagi ustun vazifalarni belgilab berdi:
byudjetlararo munosabatlarni mukammallashtirish va moliya va soliq organlari koordinatsiyalarini kuchaytirish;
byudjetlarning daromad bazalari, soliqlar yig’imini oshirish soliq yig’ish va uning to’liqligini ta’minlash usullarini mukammallashtirish hisobiga ko’paytirish;
mablag’larni ijtimoiy siyosati amalga oshirish va ijtimoiy himoyalanadigan qatlamlarni byudjetning barcha darajalari bilan o’z vaqtida va to’liq moliyalashni ta’minlashga yo’naltirish;
davlatning qimmatli qog’ozlar bozorini, ularning muomala muddatlari uzoqligini hisobga olgan holda faollashtirish va bozorlarga norezidentlarni jalb etish, bozor geografiyasini kengaytirish;
valyutali-moliyaviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va milliy valyutani mustahkamlash.
Bu masalalarni hal qilish uchun “O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi haqida Nizom” ishlab chiqildi (2007 yilda O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan) va yangi moliyaviy organ – g’aznachilik tashkil etish haqida qaror qabul qilindi.
G’aznachilik – davlatning maxsus moliyaviy organi bo’lib, uning funktsiyasiga quyidagilar kiradi:
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetini tashkil etish, amalga oshirish va bajarilishini nazorat qilish, yagona g’azna tamoyilidan kelib chiqib, banklardagi g’aznachilik hisobraqamlaridagi kirimlar (foyda) va xarajatlarni boshqarish.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg’armalar orasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish, bu jamg’armalarning moliyaviy bajarilishi, byudjetdan tashqari mablag’larning kelib tushishi va undan foydalanishni nazorat qilish.
Davlatning moliyaviy resurslari hajmini qisqa muddatga bashoratlash hamda davlat xarajatlarining belgilangan mos keluvchi davri doirasida ushbu resurslarni boshqarish.
Davlatning yuqori qonunchilik va ijroiya organlari (idoralari) va O’zR boshqaruvining O’zR Hukumatining davlat moliyasi, davlat byudjet bo’yicha, byudjetdan tashqari jamg’armalar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining ahvoli haqidagi axborot va hisobotlarini yig’ish, ishlov berish va tahlil qilish.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa vakolatli banklar bilan hamkorlikda O’zRning davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va xizmat ko’rsatish. G’aznachilik tasarrufidagi davlat hokimiyati idoralari, boshqarmalar, korxonalar, muassasa va tashkilotlarga davlat mablag’larini davlatning (davlat) byudjetdan tashqari mablag’lari va b.ga taqsimlovchi tashkilotlarni ham qo’shgan holda hisobot operatsiyalarini yuritish tartiblarini, ularga doir uslubiy va ko’rsatma materiallarni ishlab chiqish.
Qyida g’aznachilik organlari tizimi orqali korxona va tashkilotlarni davlat byudjetdan moliyalashtirishda pul mablag’lari va hujjatlarning harakatlanish chizmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |