Namoyish qilish grafiklarining paketlari ba‘zi bir tahliliy tadqiqotlar
natijalarini ko‗rgazmali va dinamik shaklda taqdim etishga qaratilgan ishga tegishli
axborotlar grafik tasvirining konstruktorlari bo‗ladi. Ushbu turdagi paketlar bilan
ishlash quyidagi chizma bo‗yicha quriladi: taqdim etishning umumiy rejasini ishlab
chiqish, elementlarni rasmiylashtirish uchun andoza tanlash, matn, grafiklar,
jadvallar, diagrammalar, tovushli effektlar va videokliplar kabi elementlarni
shakllantirish va import qilish. Dasturlar ishlashda oson va qo‗shimcha o‗rnatishni
deyarli talab qilmaydigan interfeys bilan ta‘minlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |