“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
-24-
Beshinchi avlod davrida Internetda mos texnologiyalar va ilovalarni qo‘llay
boshladilar. Bu kompyuterdan foydalanuvchilarga er sharining turli joylarida bo‘la
turib, ob‘ektning elektron pochtasidan foydalangan holda (e-mael sifatida ma‘lum)
bir necha daqiqada yozishmalarni amalga oshirish imkonini berdi. Axborotlarning
ulkan okeanini Word Wide Web (WWW sifatida ma‘lum) orqali kompyuterdan
foydalanuvchilar uchun olish imkoniyati yaratildi. Bundan tashqari, elektron
kommersiya (tijorat), virtual kutabxonalar va hokazolar shu davrda yuzaga keldi.
Beshinchi valod kompyuterlarining ulkan quvvati va katta sig‘imli hotira
qurilmasi ularni matnliega axborotlar, grafika, animasiya, audio va video ma‘lumotlar
bilan ishlovchilar multimediya ilovalarining keng spektrlari uchun o‘ta foydali va
ommalashgan instrumentga aylantirdi. Umuman, multimediyali axborotlar uchun
ma‘lumotlar hajmi oddiy matnli axborotga nisbatan ancha ko‘p, chunki grafikalar,
animasiyalar, raqamli shakldagi OAV audio yoki videolari oddiy matnni taqdim
etishdagiga nisbatan ancha ko‘p miqdordagi bitlarni talab qiladi. Shuning uchun
maltimediali kompyuter tizimlari yanada tezroq prosessor, ma‘lumotlarni saqlashning
yanada yirikroq qurilmasini, yanada tezkor xotirani, yaxshi grafik terminalni hamda
multimediali amaliy dastur bilan bog‘liq har qanday audio yoki videoni ko‘rsatish
uchun zarur bo‘ladigan kiritish-chiqarish qurilmalarini talab qiladi. Multimediali
kompyuter tizimlarining mavjudligi beshinchi avlod davrida multimediali
ilovalarning o‘ta tez o‘sishiga olib keldi.
Operasion tizimlar sohasida beshinchi avlod davomida ommaviylikka
erishganlar yangi konsepsiyalar qatoriga mikroyadrolar, ko‘p oqimlilik va ko‘p
yadroli operasion tizimlar kirdi. Mikroyadro texnologiyasi dizaynerlarga operasion
tizimlarni modul prinsipi bo‘yicha modellashtirish va loyihalashtirish imkoniyati
kirdi. Bu operasion tizimlarni ishlab chiqarish va joriy etishni, mavjudlariga
o‘zgarishlar kiritish yoki yangi xizmatlar kiritishni osonlashtiradi, shuningdek,
foydalanuvchilarga o‘z shaxsiy xizmatlarini joriy etish va foydalanishga imkon
beradi. Ko‘p oqimli texnologiya parallelizm hisobiga takliflar unumdorligini
oshirishning ommaviy ususi hisoblandi. An‘anaviy operasion tizimlarda MP (SP)
rejalashtirishning asosiy birligi jarayon hisoblanadi, ko‘p oqimli operasion tizimlarda
MP (SP) rejalashtirishning asosiy birligi oqim (potok-izchillik) hisoblanadi. Bunday
operasion tizimlarda jarayon o‘z yo‘riqnomalari va ma‘lumotlariga, shuningdek,
almashinuvning bir necha oqimlarining bir yoki umumiy manzilli bo‘shliq
(makon)lariga ega bo‘lgan manzilli makondan iborat bo‘ladi. Shu tariqa, bu tizimlar
yangi oqim yaratishi, prosessorni oqimlar orasida yo‘naltirishi va resurslarni o‘sha
jarayon yo‘nalishlari orasida jarayonlar orasidagiga nisbatan samaraliroq taqsimlashi
mumkin, bu esa tizimlarning yanada tezroq ishlashiga va yuqoriroq umumiy
unumdorligiga olib keladi. Ko‘p yadroli operasion tizim bir vaqtning o‘zida multi
yadroli chipda har bir yadro uchun alohida qayta ishlash dasturi asosida bir necha
dasturni ishga tushirishi mumkin.
Dasturlashtirish tili sahasida beshinchi avlod davrida ommalashgan
konsepsiyalar O‘AVA dasturlashtirish tili va MPI (Mtssage Possing Interface) va
PVM (Parallel Virtual Machine) kabi dasturlashtirishning parallel kutubxonasi
hisoblanadi. O‘AVA asosan World Wide Web da foydalaniladi. U O‘AVA –
Do'stlaringiz bilan baham: |