“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
-8-
Axborot texnologiyalari rivojlanishining ikkinchi bosqichi tahminan 6 ming yil
avval boshlangan va yozuvning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Yozuv davrining belgili
axborotlarni moddiy tashuvchilarda roʻyxatga olish texnologiyalari bilan ahamiyatga
ega hisoblanadi. Bunday texnologiyalarni qoʻllash bilimlarni toʻplash va uzoq
saqlashni amalga oshirishga imkon beradi. Bizga ma‘lumki, axborotlar tashuvchi
sifatida tosh, suyak, daraxt, papirus va qogʻozlardan foydalanilgan. Hozirgi kunda bu
roʻyxatni magnit qoplama, suyuq kristal, optik tashuvchilar va yarim oʻtkazgichlar
bilan toʻldirish mumkin.
Bu davrda bilimlar asta sekinlik bilan toʻplanib borishi bilan birga axborotlarga
kirish qiyinchiliklari ham mavjud boʻlgan. Qoʻlyozma nashrlar koʻrinishidagi
bilimlar yagona nusxalarda saqlangan. Insoniyat koʻnikmalari fondidan
foydalanishlar qat‘iy alohida insonlar ixtiyorida boʻlib, ular monopol holda
foydalanish huquqiga ega boʻlganlar, ayrim hollarda toʻplangan bilimlar va
manfaatdor insonlar oʻrtasida vositachi boʻlganlar.
Bu toʻsiq uchinchi boqichda olib tashlanib, bu 1445 yilda Iogann Guttenberg
tomonidan yozma stanokni yaratilishi bilan bogʻliq. Kitobni paydo boʻlishi keng
doiradagi insonlarga axborotlarga kirish imkonini berdi va birdaniga bilimlar
tarmogʻi boʻyicha tizimlashtirilgan bilimlar toʻplanishini tezlashtirdi. Kitob nashr
qilishni yaratilishi – birinchi axborot inqilobi deb tan olinadi..
Axborot texnologiyalari rivojlanishining toʻrtinchi bosqichi 1946 yilda
axborotlarga ishlov berish mashinalarini paydo boʻlishidan boshlanadi. Bu mashina
Pensilvaniya universitetida ishga tushirilgan birinchi EHM (ENIAC turidagi)
hisoblanadi. Bu vaqtga kelib aholining katta qismi axborot sohasida band boʻlib
boradi. Masalan, 1946 yilda AQSHda mehnatga yaroqli aholining 30 %, 1980 yilda -
45 %, hozirgi kunga kelib 60-70 % axborot sohasida band boʻlgan.
Axborot texnologiyalari rivojlanishining beshinchi bosqichi 1982 yilda ISO –
Xalqaro standartlar tizimini ochiq tizimlar oʻzaro hamkorligi etalon modelini e‘lon
qilinishi bilan bogʻliq.
Hozirgi kunda egiluvchanlik, qulaylik va tashqi ta‘sirlarga moslanuvchan
xususiyatlarga
ega
optimal
axborot
texnologiyalari
boshqaruv
ishlarini
samaradorligini oshirishning zaruriy sharti hisoblanib, bu texnologiyalar axborotlar
va hisoblash texnikalari bilan malakali ishlash koʻnikmalarini talab qiladi.
Axborot texnologiyalari - xisoblash texnikalari vositalaridan foydalanish bilan
tashkiliy tuzilmada axborotlarni toʻplash, olish, saqlash, ishlov berish, tahlil va
uzatish funksiyalarini amalga oshiruvchi jarayonlar toʻplamidir yoki boshqacha
aytganda axborotlar aylanmasi va ishlov berish hamda bu jarayonlarni yoritib
beruvchi jarayonlar toʻplamidir.
ATda ma‘lumotlarga ishlov berish u yoku bu usulini tanlashda boshqariluvchi
ob‘ekt va boshqaruv tizimi bilan bogʻliq juda katta miqdordagi omillar ta‘sir etadi.
Ma‘lumotlarga ishlov berish texnologik jarayonlarini qurib olishda mumkin boʻlgan
variantlar soni katta ahamiyatga ega boʻladi. SHuning uchun bu jarayonlarni
oʻrganish va loyihalashtirishni engillatish maqsadida jarayonlarni bir nechta
guruhlarga ajratib olish maqsadga muvofiq boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |