1958 yilda Jek Sent-Kler Kilbi va Robert Noys birinchi integral sxemani ixtiro qildilar. Integral sxema (IS) tranzistor rezistor va kondensatorlarga o’xshash kremniyning bitta krestalidan o’stirilgan va tarkibi bir biriga simsiz birlashtirilgan bir qancha elektron qismlardan iborat edi. IS texnologiyasi “mikroelektronika” sifatida ham ma’lum edi, chunki bu sxema juda kichkina (5mm kvadrat kamroq) kremniy yuzasida ko’p komponentlarni birlashtirigan, uni “chip” nomi bilan mashxur bo’lgan (4-rasm, (s)ga qarang). Dastlab integral sxemalar o’ntadan yigirmatagacha komponentdan iborat bo’lgan. Bu texnologiya kichik integrasiya darajasi (SSI) deb nomlangan. Keyinroq mikrosxemalar tayyorlash uchun texnologiyada olg’a siljishlar yuz berishi bilan bitta chipda yuztagacha komponentni integrasiyalash mumkin bo’ldi. Bu texnologiya intergrasimyaning o’rta darajasi (MSI) sifatida ma’lum edi.
Uchinchi avlod EHM mikrosxemalardan foydalanib tayyorlandi. Ularning eng avvalgisi SSI texnologiyasidan keyinroq tayyorlanganlariga esa MSI texnologiyasidan foydalanilgan. IS ishlab chiqarishda kam ( kichik) va arzon, pishiq va ishonchli, tez ishlar kam issiq tarqatar (chiqarar), elektron kompyuter simlaridan qo’lda tayyorlangan elektr zanjirlarga nisbatan kam quvvat talab qilar edi. Oqibatda uchinchi avlod kompyuterlari ikkinchi avlod kompyuterlariga qaraganda ancha quvvatli, ishonchli, arzonroq xajmi kichikroq va xarorati pastroq bo’lgan.
Ma’lumotlarni saqlash texnologiyasi sohasidagi birgalikda erishilgan yutuqlar magnit o’zak asosida erkin foydalanish mumkin bo’lgan katta xotira qurishga, shuningdek magnit disklari va tasmalarining katta sig’imini yaratishga imkon berdi. Binobarin, uchinchi avlod kompyuterlari, odatda, diskda bir necha megabayt (5 megabaytdan kamroq) operativ xotira va o’nlab megabayt ma’lumot saqlashga qodir magnit disklarga ega edi.
Dasturiy ta’minot, yuqori darajadagi dasturlash tillarini standartlashtirish, taqsimlangan vaqtli operasion tizimlari, dasturiy ta’minlashni apparat vositalaridan ajratib qo’yish shuningdek mustaqil dasturlash industriyasini yaratish bularning hammasi uchinchi avlod davrida yuz berdi. O’sha kunlarda FORTRAN va COBOL yuqori darajali dasturlashtirishning eng ommalashgan tili bo’ldi. Ularni 1966 yilda va 1968 yilda mos holda Amerika milliy standartlar instituti (ANSI) standartlashtirdi, standartlashtirilgan versiyalar esa ANSI FORTARAN va ANISI COBOL deb ataldi. Buning mohiyati shunda ediki, agar dasturchi dasturni yozishda bu standartlarga amal qilsa u bu dasturlarni ANSI FORTARAN yoki ANISI COBOL bilan kompilyatorda har qanday kompyuter ishlata olardi (12-bobga qarang). Uchinchi avlod davrida yana bir qancha yuqori darajali dasturlashtirish tillari muomalaga kiritildi. Ularning orasida PL/1, PASCAL va BASIC alohida o’ringa egalladi.
Ikkinchi avlod kompyuterlari paketli ishlov berish operasion tizimidan foydalangan. Bu tizimlarda foydalanuvchilar o’z ma’lumotlari va dasturlarni tayyorlashlari, keyin esa ularni ishlov berish usun hisoblash markaziga topshirishlari kerak bo’lardi. Kompyuter markazidagi operatorlar foylanuvchilarning ushbu ishchi dasturlarini yig’ishar va ularni berilgan vaqt intervalida paketlarda kompyuterga kiritar edilar. Foydalanuvchilar kompyuter markazidan o’z ishlarining echimini qog’ozga bosilgan holda olar edilar. Ma’lumotlarga paketli ishlov berishga bunday yondashuv natijasida ayrim foydalanuvchilar ayniqsa dasturchilar uchun majburiy ushlanib qolish murakkabliklar yaratardi, chunki ular dasturdagi bir nechta xatoni topish va tuzatish uchun kunlab kutishga majbur edilar. Bu vaziyatni tuzatish uchun Dartmund kolejidan Jon Kemeni va Tomas Kurs taqsimlangan vaqtlarda ishlovchi operasion tizimlar konsepsiyasini (OS) taqdim etdi. Taqsimlangan vaqtlarga ajratilgan OS bir necha foydalanuvchiga kompyuterga tez kirish imkoniga ega bo’ladi va har bir foydalanuvchi uchun kompyuterdan resurslaridan boshqalar ham foydalanayotganligini his qilmagan holda bir vaqtda foydalanishga imkon beradi. Bunga kompyuterga bir vaqtda birgalikda ulangan ko’p sonli nisbatan past tezlikda ishlovchi mustaqil onlayn terminallardan foydalanish tufayli erishiladi. Har bir foydalanuvchi kompyuterga to’g’ridan-to’g’ri kira olishi uchun aloxida terminaldan foydalanadi. Taqsimlangan vaqtlarga ajratilgan operasion tizim prosessorning vaqtini shunday taqsimlaydiki, bunda o’z navbatida hamma foydalanuvchilar dasturi prosessor vaqtining bir qismiga (vaqt kesimi sifatida ma’lum) ega bo’ladi. Prosessorning ishlash tezligi unga bir foydalanuvchining ishidan ikkinchisinikiga tez izchillikda o’tish va to ish tugamaguncha qadar vaqtning ajratilgan kvantida har bir topshiriqning uncha ko’p bo’lmagan qismini bajarishga imkon beradi. Har bir foydalanuvchi “kompyuterda bir o’zim ishlayapman” degan hayolda bo’ladi. Vaqtni ajratish tartibi konsepsiyasini joriy etish dasturchilar ish unumdorligini ancha oshirishga va aviabiletlarni, so’rovnomalar v.b.larni interfaol tizimlarini rezervlashtirish tizimi sifatida on-layn ilovalar ishlab chiqishga imkon beradi.
1965 yilga qadar kompyuter ishlab chiqaruvchilar o’z uskunalarini barcha dasturiy ta’minlanish bilan birga sotishar, dasturiy ta’minlash uchun alohida haq olmas edlar. Masalan, xaridorlar o’zlari sotib olgan kompyuterlari bilan birga kompyuterda saqlanuvchi hamma tillar uchun translyatorga ega bo’lganlar. Foydalanuvchilar nuqtai nazarida dasturiy ta’minlash tekin edi.
1969 yilda IBM va boshqa kompyuter ishlab chiqaruvchilar o’zlarining apparat va dasturiy mahsulotlariga alohida narxlar belgilanganlaridan keyin vaziyat o’zgardi. Dasturiy ta’minot bilan apparat ta’minotining bunday ajratilishi foydalanuvchilarga o’zlarining ehtiyojlari bo’lgan va qadrlagan dasturiy ta’minotgagina investisiya qilishlariga imkoniyat yaratdi. Masalan, hozirgi paytda xaridorlar o’zlari uchun zarur bo’lgan til bo’yicha translyatorlarnigina sotib oladilar. Sotib olingan kompyuterlarda esa barcha translyatorlar qo’llab-quvvatlanmaydi. Bu ko’plab dasturchi firmalarning yaratilishiga olib keldi va dasturiy ta’minotning mustaqil industriyaga aylanishiga sabab bo’ldi.
Uchinchi avlod tomonidan kiritilgan yana bir muhim tushuncha kompyuterlar oilasining teskari bir biriga mosligi bo’ldi. Bu davrda IBM o’z tizimida 360 tizimini teskari moslik bilan taqdim eta olardi, chunki o’sha mashina tiliga asoslangan meynfreymlar tizimining turli o’lchamlari edi. Bu korxonalarga priferiya jihozlariga va yangi tizimlarini ishga tushirish va dasturlarni modifikasiyalashga sarf-xarajat qilmasdan o’z kompyuterlarini modernizasiyalash imkonini berdi.
Uchinchi avlod davrida mini EHMlarni ishlab chiqish va joriy etishga ham joy ajratilgan. 1960-yillarning boshiga qadar qurilgan kompyuterlar universal tizimda bo’lib, faqat eng yirik kompaniyalarigina ularni sotib olish va foydalanish imkoniga ega edi. Darvoqe, Meynfreymlar uchun katta tez va o’ta qimmat tizimlar tomonidan qoldirilgan bo’shliqni to’ldirish uchun uncha qimmat va katta bo’lmagan kompyuterlarga talab mavjud edi. Bir qancha novatorlar bu ehtiyojni tan oldilar va 1960 yillarda uncha katta bo’lmagan kompyuterlar ishlab chiqarish uchun yangi firmalar yaratdilar. 1965 yilda Digital Equipment Corporation (DEC) birinchi tijorat uchun imkoniyatli bo’lgan minikompyuterlar PDP-8ni chiqardi (Programmed Data Processor). Uni xonaning burchagiga osongina joylashtirsa bo’lar va kompyuter operatoridan to’liq ish kuni talab qilmas edi. U taqsimlangan vaqt operasion tizimidan foydalanar va shu binoning o’zida bir necha foydalanuvchi har xil joydan undan foydalanishga imkoniyat yaratar edi. Uning qiymati meynfremlar an’anaviy tizimi qiymatining chorak qismi atrofida bo’lib, uncha katta bo’lmagan kompaniyalar ham kompyuter sotib olish imkoniyatiga ega edi. Bu biznes va ilmiy maqsadlar uchun uncha katta bo’lmagan kompyuterlarga talab mavjudligini tasdiqladi va 1971 yilda bozorda 25 dan ortiq minikompyuter ishlab chiqaruvchilar mavjud edi.
Uchinchi avlod kmpyuterlarining o’ziga xos tomonlari quyidagilar hisoblanadi.
Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha quvvatdi edi. Ular sekundiga 1 mln.ga yaqin operasiyalarni bajarishga qodir edi.
Ular ikkinchi avlod kompyuteriga nisbatan kichik shuning uchun kamroq joy talab qilardi.
Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam energiya (quvvat) talab qilar va kam issiqlik tarqatar edi. Uchinchi avlod kompyuterlari joylashtirilgan bino avvalgidek kondisioner bilan jihozlanishi zarur.
Ular ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ishonchliroq va apparatlarning to’xtab qolishga moyiligi kam xizmat ko’rsatish qiymati ancha arzon edi.
Ular tez ishlar, ikkinchi avlod kompyuterlariga nisbatan axborotlarni saqlash uchun katta birlamchi va ikkilamchi xotiraga ega edi.
Ular ilmiy va tijorat maqsadlarida foydalanishga yaroqli umumiy vazifalarni bajaradigan mashina edi.
Ular tayyorlash elektron sxemasiga alohida alohida komponentlarini qo’lda yig’ishni talab qilmas edi, bu esa yig’ish bosqichida inson mehnati ulushini va moliyaviy xarajatlarni pasayishiga olib kelardi. Shu tariqa, bu tizimni ishlab chiqarish oson va arzon edi. Bundan tashqari integral mikrosxemalar ishlab chiqarish uchun ancha murakkab texnologiya va qimmatbaho uskunalar zarur bo’lar edi.
Yuqori darajali dasturlashtirishni tillarining standartlashtirilishi bir kompyuter uchun yozilgan dasturlarni boshqa kompyuterda bajarish uchun oson o’tkazishga imkon beradi.
Taqsimlangan vaqt operasion tizimi bu tizimni bir necha foydalanuvchi interfaol va bir vaqtning o’zida foydalanishiga imkon beradi.
Taqsimlangan vaqt operasion tizimi dasturlarni ishlab chiqish vaqti va qiymatini bir necha martaga qisqartirib, dasturchilar ish unumdorligini sezilarli yaxshilashga yordam berdi.
Taqsimlangan vaqt operasion tizimi, shuningdek on-layn tizimida ishlashni amalga oshirishga va buning natijasi sifatida bu tizimlarni yangi onlayn ilovalar uchun qo’llashga yordam berdi.
Dasturiy ta’minlashni apparat vositalaridan ajratish bu tizimdan foydalanuvchilarga ular uchun va kerak bo’lgan dasturiy ta’minlashga investisiyalash imkonini berdi.
Uchinchi avlod minikompyuterlari hatto mayda kompaniyalar uchun ham kompyuterga ega bo’lish imkonini yaratdi.