Iqtisodiyotda axborot- kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar



Download 0,64 Mb.
bet17/28
Sana30.12.2021
Hajmi0,64 Mb.
#96025
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
1-mavzu. Fаnga kirish

Ikkinchi avlod (1955-1964)

Jon Bardin, Villian Shokli va Uolter Brotteyn Bell Lobaratoriesda 1947 yilda ulanishning tranzistor deb nomlangan yangi elektron uskunasini kashf etdilar (4-rasm (b)ga qarang). Tranzistorlar quyidagi xossalariga ko’ra vakuum lampalarga nisbatan yaxshiroq elektron uskunasi bo’lib, chiqdi:

1. Ular ancha pishiq va muomalada lampaga nisbatan sodda edi, chunki ular shishadan emas, germaniyli yarim o’tkazgichli materialdan qilingan edi.

2. Ular trubkalarga nisbatan ancha ishonchli edi, chunki ular ipga o’xshash ishdan chiqadigan hech qanday qismlarga ega emas edi.

3. Ular lampaga nisbatan ancha tez (deyarli o’n marta tezroq) ishga tushar edi. Binobarin, tranzistorlardan sxemalarning yoqilishi ularning lampalardan tayyorlangan analoglariga nisbatan ancha tez ishlashi mumkin.

4. Ular lampa tomonidan iste’mol qilinadigan quvvatning deyarli o’ndan birini iste’mol qilardi.

5. Ularga lampaga nisbatan ancha kichik edi.

6. Ular ishlab chiqarishda nisbatan arzonroq edilar.

7. Ular vakuum trubkalarga taqqoslaganda ancha kam issiq tarqatar edilar.

Ikkinchi avlod kompyuterlari tranzistorlardan foydalanib, tayyorlangan edi. Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha quvvatli, ancha ishonchli, arzonroq, kichik va xarorati pastroq edi.

Ikkinchi avlod kompyuterlari ma’lumotlarni saqlash texnologiyasida ham o’zgarishlarga uchradilar. Ikkinchi avlod kompyuterlarining xotirasi magnitli o’zaklardan iborat. Magnit o’zaklar ferritdan qilingan uncha katta bo’lmagan xalqachalar bo’lib, har qanday yo’nalishda – soat strelkasi bo’ylab ham yoki unga teskari tomonga ham magnitlanishi mumkin. Erkin murojaat qilinadigan katta xotira (bir necha o’nlab kilobayt sig’imga ega) simlar to’rlarida terilgan bir qancha magnit o’zaklarga ega edi.

1957 yilda tadqiqotchilar tez va qulay ikkilamchi axborot tashuvchisi sifatida magnit lentasi (tasmasi)ni kiritadilar. Keyinroq, shuningdek magnit disklaridagi axborotlar to’plovchi vositalar ishlab chiqildi. Magnitli disklar ikkinchi avlod kompyuterlarida asosiy ikkilamchi axborot tashuvchilar bo’ldilar. Foydalanuvchilar avvalgidek dasturlarni va ma’lumotlarni tayyorlash va kompyuterga kiritish uchun perfokartalardan keng foydalanardilar.

Dasturiy ta’minotda dasturlashning yuqori darajali tili (masalan, FORTRAN, COBOL, ALGOL va SNOBOL) va operasion tizim partiyalari ikkinchi avlod davrida yuzaga keldi. Yuqori darajali dasturlashtirish tillari ikkinchi avlod kompyuterlarning dasturlashtirish va foydalanishni birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan oson qilib qo’ydi. Operasion tizimlar paketlarini joriy etish inson aralashuvining kamaytirishga, tez ishlov berishga, o’tkazish qobiliyatini oshirishga va ikkinchi avlod kompyuterlarida ishlashni soddalashtirishga olib keluvchi olib keldi.

Ilmiy hisoblashlar bilan bir qatorda ishbilarmonlik va sanoat borasida foydalanuvchilar ikkinchi avlod kompyuterlaridan ish haqini hisoblash, zahiralarini boshqarish marketing va ishlab chiqarishni rejalashtirish kabi tijorat ilovalari ma’lumotlariga ishlov berish uchun yanada ko’proq foydalandilar.

Ikkinchi avlob kompyuterlaridan foydalanishning qulayligi dasturchilar va tizimli analitiklarning kompyuterlar dizayni emas, undan foydalanishga ko’proq yo’naltirilgan hisoblashdagi yangi mutaxassisliklarni yuzaga keltiradi. Bu bir qancha kollejlar va universitetlarga informatika kursi kiritilishiga olib keldi.

Ikkinchi avlod kompyuterlarining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda ko’rinadi:

  1. Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kamida o’n marta tez ishlar edilar.

  2. Ular birinchi avlod kompyuterlaridan kichik edilar va kam joy talab qilar edilar.

  3. Ular birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan kam quvvat talab qilar va kam issiq tarqatar edilar. Ikkinchi avlod kompyuterlari joylashgan binolar avvalgidek zarur kondisionerlar bilan jihozlashi kerak edi.

  4. Ular birnchi avlod kompyuterlariga nisbatan ancha ishonchli, apparaturasi kamroq buzilar edi.

  5. Ular tez ishlar va birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan katta xajmdagi birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlarni saqlash qurilmalariga ega edi.

  6. Ularni dasturlash va ekspluatasiya qilish birinchi avlod kompyuterlariga nisbatan engil edi. Binobarin, ular tijoratda ham ancha keng qo’llanilar edi.

  7. Bu kompyuterlarda minglab alohida tranzistorlar elektron sxemalarda qo’lda yig’ilishi kerak bo’lar, bu esa bu kompyuterlarni tijorat maqsadida ishlab chiqarishni qiyinlashtirar va narhi ham qimmatlashib ketar edi.




(a) vakumnaya trubka (b) Tranzistor (s) Integral sxema (IS) chiplar

4.- rasm. Turli kompyuter avlodlari ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan elektron uskunalar

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish