Respublika qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida etishtirilgan chorvachilik maxsulotlarining turlari bo‘yicha samaradorlik darajasi*
Maxsulot turlari | 1997 yil | 1998 yil | 1999 yil | 1s.tannarxi | foyda, zarar | ren/daraja. | 1s.tannarxi | foyda, zarar | ren/daraja. | 1s.tannarxi | foyda zarar | ren/daraja. | Sut | 2047 | -628 | -30,6 | 2865 | -981 | -34,2 | 3794 | -1103 | -29 | Go‘sht (tirik vaznda) | 7186 | -777 | -10,8 | 11015 | -755 | -6,8 | 15441 | -59 | -0,4 | Tuxum (ming dona) | 7607 | 3619 | 47,6 | 8935 | 4481 | 50,1 | 13378 | 5671 | 42,4 | Jun | 3466 | -1246 | -35,9 | 3526 | -984 | -27.9 | 5252 | -659 | -12,5 | Pilla | 10363 | -3246 | -31,3 | 18252 | -3543 | -11,4 | 10765 | -2008 | -18,6 |
*Respublika qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
CHorvachilik maxsulotlari tannarxining oshishiga yuqorida ko’rsatilganlardan boshqa omillar xam ta’sir etgan. Masalan, qoramolchilik fermalarining, qo’ychilik otarlarining moddiy-texnika bazasi talabga nisbatan zaifligi. Bu xol qo’l mexnati sarfi ko‘payishiga olib keladi. qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqariladigan ozuqa, maxsulotlar baxolarining tez sur’atlar bilan oshib borishi va boshqalar.
Xo‘jaliklar aksariyat chorvachilik maxsulotlari etishtirishdan zarar ko’rmoqdalar. Jumladan ular 1997 yilda 1 sentner sut etishtirib, sotish natijasida 628 so’m zarar ko’rgan bo’lsa, 1998 yilda 981 so’m, 1999 yilda esa 1103 so’m zarar ko’rgan. Xar sentner sut etishtirishdan ko’rilayotgan zarar miqdori yil sayin ortib borgan. Bunday xol sutning sotish baxolari o‘sishi natijasida tannarxi yuqori sur’atlarda oshishi sababli yuzaga kelgan.
Xo‘jaliklar go‘sht va jun etishtirishdan xam zarar ko’rmoqdalar. Lekin kurilayotgan zararlar miqdori yil sayin kamayib bormoqda. CHunki 1 sentner go‘shtning (tirik vaznda) sotish baxosi shu yillarda 140 foizga, tannarxi esa 114,9 foizga oshgan. Demak, go‘shtning sotish baxosi uning tannarxiga nisbatan yuqori darajada o’sgan. Bu fikr junning sotish baxosi va tannarxiga xam tegishli.
Xo‘jaliklarda etishtirilayotgan chorvachilik maxsulotlarini sotish bozori xali unchalik rivojlanmagan. CHunki xo‘jaliklar etishtirayotgan maxsulotlarini tumanlarda yagona xisoblangan go’sht kombinatlariga, sut zavodlariga ular belgilagan baxolarda sotmoqdalar.
Xozirgi davrda qishloq xo‘jalik korxonalarida etishtirilayotgan aksariyat chorvachilik maxsulotlarining samarasi yo‘q. Ular sut etishtirishdan 29 foiz, go‘sht etishtirishdan 0,4 foiz, jun etishtirishdan esa 12,5 foiz zarar ko’rmoqdalar.
Fermer, dexqon xo‘jaliklarida esa buning aksi: chorvachilik yuqoriroq sur’atlarda rivojlanmoqda. Ularda chorva xayvonlarining bosh soni 1999-2000 yillarda 13,5 foizga ko‘paygan. Xar bosh sigirdan 370 kg. dan sut so\ib olingan. Fermer va dexqon xo’jaliklarida ishlab chiqarish asosan shaxsiy mulkka asoslanganligi uchun ular xarajatlarni imkoniyat darajasida tejashga, sifatli maxsulot etishtirib, yuqori baxolarda sotishga intilmoqdalar. SHuning uchun xam bu xo’jaliklarda chorvachilik tarmoqlarining rentabellik darajasi tobora oshmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |