Iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishda xususiy investitsiyalarning o’rni va ahamiyati reja


Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari. Xususiy mulkning iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi ahamiyati



Download 30 Kb.
bet3/4
Sana25.05.2023
Hajmi30 Kb.
#944036
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishda xususiy inv.docx 33

3. Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari. Xususiy mulkning iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishdagi ahamiyati
Xususiy investitsiyalar — xususiy, korporativ xo’jalik va tashkilotlar, fuqarolar mablag’lari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag’lar hisobidan qo’yiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash siyosati qisqa muddat ichida nafaqat yetakchi tarmoqlarni texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotda energiya samaradorligini ta’minlash, uning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish, balki eksport salohiyatini yuksaltirish imkonini berdi. Xususan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari so‘nggi o‘n bir yil davomida 8 foizdan ortiq darajada saqlanib qolayotganligi, sanoat hamda xizmat ko‘rsatish sohasi jadal rivojlanishi va xalqimiz farovonligining yanada yuksalib borishiga zamin yaratmoqda. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, bu sohaga to‘liq erkinlik berish, eng muhim ustuvor vazifa hisoblanmoqda. Xususan, barqaror iqtisodiy o‘sish va mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan aynan mana shu vazifaning qanday hal etilishiga bog‘liqligi, buning uchun amaldagi huquqiy bazani xususiy mulk manfaatlariga moslashtirish, mulk huquqining kuchli yuridik norma va kafolatlari tizimini shakllantirish, xususiy mulkdorlarning keng qatlamini yaratishni eng muhim vazifalardan sanalmoqda. Bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiyalashda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga ayniqsa, sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladigan zamonaviy laboratoriya jihozlari, oziq-ovqat sanoati sohasida foydalaniladigan zamonaviy texnologik liniyalarni ishlab chiqarish va bunday mahsulotlarni yetkazib berishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish hisobidan respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini tubdan oshirish maqsadida, respublika Prezidentining «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ2340-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror bilan, davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni tahlil qilib, ularni investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan «nol» qiymatda xorijiy investorlarga sotish, ushbu xorijiy investorlarni soliqqa tortish sohasida imtiyoz va preferensiyalar berildi. Jumladan, qaror bilan davlat aktivlariga ikki oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda, ularning narxini har 15 kunda 10 foizga pasaytirish, obyektlar narxi 50 foizgacha pasaytirilgandan so‘ng bir oy mobaynida sotilmasa, ular investitsiya va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan «nol» qiymatda sotish; - davlat aktivlari sotilgandan so‘ng 1 oy ichida investor to‘lovni to‘liq to‘lagan taqdirda, unga xarid summasidan Markaziy bankning qayta moliyalash yillik stavkasi miqdorida chegirma berish; - davlat obyektlarini qismlarga bo‘lib sotish hamda to‘lovlarni 24 oygacha bo‘lgan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash, - davlat obyektidan ijara asosida foydalanib turgan ijarachilar ijara obyekti sotilishida ustunlik berish; - xo‘jalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga berilgan davlat ulushlarini sotishdan tushgan mablag‘lar byudjetga emas, balki korxonalarning o‘zini modernizatsiyalashga yo‘naltirish; - xususiylashtirilgan korxonalarda xususiylashtirish vaqtida aniqlanmagan davlat aktivlari yoki foydalanishga berilgan korxona hududidagi ko‘char va ko‘chmas mulk sotilgandan keyin aniqlansa, u mazkur korxonaning mulki hisoblanishi aniq belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo‘lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, respublika Prezidentining 2015 yil 24 aprelda «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon bilan: - aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan; - xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan ozod etilgan. Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish maqsadida, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish borasida yaratilayotgan ushbu qulay shart-sharoitlar mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan birga, xususiy mulkning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi va ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi. Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o’rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida: 1. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturida quyidagilar belgilab qo’yilgan: - tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to’sqinlik qilish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish; - xususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan ma’muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish; - barcha turdagi ro’yxatdan o’tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq tartib-taomillarni yanada soddalashtirish; - xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash. Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik mas’ul ijrochilar — tegishli vazirliklar, idoralar, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar rahbarlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan. 2. 2015 yilning 1 iyulidan shunday tartib o’rnatilgan: - mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to’rt yilda bir martadan, boshqa xo’jalik sub’ektlarida esa faqat O’zbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko’p bo’lmagan tartibda amalga oshiriladi; - moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlar o’tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi; - tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat so’nggi rejali tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi; - qo’zg’atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ekt jalb etgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan ushbu huquqning rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga oshiriladi;
4. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishda davlat va xususiy sektorning ishtiroki. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari
Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishda rivojlangan sanoatlashgan mamlakatlarda investitsiya siyosatini amalga oshirishda quyidagi uchta yo’nalishga alohida e’tibor bilan qaraladi: - import o’rnini bosish strategiyasini rivojlantirish; - tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining mustahkamlash; - ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish. Ayniqsa,e’tiborli jihat Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida namoyon bo’ladi. Ushbu mamlakat xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlangan mamlakatlardan, xususan AQSh va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o’ziga tatbiq qilishga intilgan. Malayziyaning investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta ishlash sanoatiga yo’naltirish bo’lib hisoblanadi55 . Ushbu mamlakatda investitsiyalarni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalariga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar, yuqori malakali xizmatlar kabi sohalarga yo’naltirilmoqda. Xususiy sektorning o’zida investitsiyalarning yillik o’rtacha o’sishi 11-12 foizni tashkil etmokda. Ularning umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog’i 50 foizdan ortiq bo’lib, so’nggi besh yil mobaynida xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori 95 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan. Malayziyada Sanoatni rivojlantirishning bosh rejasiga asosan investitsiyalar sohasida quyidagi vazifalar belgilab olingan: - investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish va ilg’or texnologik tarmoqlarni rivojlantirish; - sanoatning ustuvor tarmoqlari rivojlanishiga ko’maklashish; - sanoatga ilg’or texnologiyalarni, jumladan, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar, simsiz uzatish texnologiyalari, mikroelektromexanik tizimlari, lazer texnologiyalarini tatbiq etishni yanada kengaytirish; - sanoatning o’sishida mehnat unumdorligi omilining rolini oshirish; - milliy sanoatning xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish; - ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yanada rivojlantirish va ularni sanoatga tatbiq etishni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash; - iqtisodiy salohiyat va raqobatdoshlikni mustahkamlash maqsadida strategik hamkorlik va markazlashuvni rag’batlantirish. Shu bilan birga, Malayziyada investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida turli soliq imtiyozlari joriy qilingan bo’lib, bunda investitsiya natijasida olingan foydaning faqat 30 foizi dastlabki 5 yil davomida soliqqa tortiladi. Ayniqsa, hududlarning rivojlanishini qo’llab- quvvatlash yo’nalishida nisbatan yaxshi rivojlanmagan shtatlarda faoliyat ko’rsatuvchi investorlar foyda solig’idan dastlabki 5 yil davomida to’liq ozod qilinadi. Yaponiyada ham investitsiya siyosatining ustuvor yo’nalishi yuksak texnologiyalarga asoslangan va resurs tejovchi ishlab chiqarishni rag’batlantirishga qaratilgan. Umuman olganda, Yaponiyaning rivojlanishi aynan ilmtalab sohalarning rivojlantirilishi hamda samarali ishlab chiqarish texnikalarining tatbiq etilishiga tayanadi. Yaponiyaning dastlabki rivojlanish davri tajribasi shuni ko’rsatdiki, nafaqat yangilik yaratish uchun kapital zarur, balki kapitaldan foydalanish uchun ham yangilik zarur bo’ladi. Ushbu ikkala yo’nalish bir-biri bilan uzviy bog’liq va o’zaro bir-birini to’ldirib turadi. Bu holat shunday izohlanadi, ya’ni yangilik yaratish uchun muayyan kapital zarur bo’lsa, mavjud kapitaldan samarali foydalanish uchun yangilik kiritilishi taqozo qilinadi. Taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi yana bir ahamiyatli jihat investitsiya jarayonida yirik transmilliy kompaniyalarning faol ishtiroki, moliya bozorining yuqori rivojlanganligi, xususan, qimmatli qog’ozlar muomalasining keng tarqalganligi, turli jamg’armalarning investitsiya faoliyatiga jalb qilish mexanizmining yuqori darajada tarkib topganligi bilan ajralib turadi. Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to’plangan bo’lib, undan O’zbekiston amaliyotida foydalanish investitsiyalash amaliyotini takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu borada bir qator rivojlangan mamlakatlarda investitsiya me’yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga erishilganligining guvohi bo’lamiz. Yuqorida keltirilgan ayrim chet el mamlakatlaridagi investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlari mamlakatimizga tatbiq qilish muayyan ijobiy natijalarni bermasdan qolmaydi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi investitsiya siyosatining tajribasi o’zining ahamiyatliligi bilan ajralib turadi. Bu borada mamlakatimizda ham investitsiya siyosatining muhim ustuvorliklaridan biri aynan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda uzoq muddatli loyihalar asosida ilg’or texnika va texnologiyalar kiritishga qaratilgan. Zero, Birinchi Prezidentimiz alohida ta’kidlab o’tganidek, "O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo’yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda". Shu bilan birga, investitsiyalardan samarali foydalanishda bir qator rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan tanishganda, investitsiyalar asosan ilg’or texnologiyalarni joriy etish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, resurs tejovchi va ekologik talofati kam bo’lgan, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi sohalarga yo’naltirilayotganining guvohi bo’lamiz.
5. O’zbekistonda iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari va samaralari. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlardan ko’zlangan maqsad va uning amalga oshirilishi natijalari
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta’minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o’rin tutmoqda. Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror sharoitda yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: ―Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’zining iqtisodiyotimizdagi o’ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta’siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo’nalish o’rnini bosa olmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o’rin egallaydi. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo’lib borishiga erishilmoqda. Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko’paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo’naltirilgan murakkab, yuksak texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o’tish masalasiga alohida e’tibor qaratishimiz darkor. Yurtimizda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining innovatsion rivojlanish yo’llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o’rtasida o’zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo’lgan e’tibor yildan-yilga oshib bormoqda. O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tashkil etilmoqda. Shu bilan kichik korxonalarning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati ortib bormoqda. Shunday ekan, bunday sharoitda, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi: - xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyoti sharoitida zarur tezkorlikni ta’minlab, ishlab chiqarishdagi chuqur ixtisoslashuv va tarmoqlashgan koorperatsiyani yaratadi, bularsiz yuksak samaradorlikni ta’minlab bo’lmaydi; - bozor uchun zarur bo’lgan raqobatchilik muhitini yaratadi, hamda o’zgarib turadigan bozor talabiga moslab tezda ishlab chiqarish turini o’zgartirib olish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ajralib turadi; Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xususiyatlari (muomala kapitalining kichikligi, uning tez aylanuvchanligi, ishlab chiqarish vositalarini tezda almashtirish imkoniyatlari va b.q.) uning bir qancha afzalliklarga ega bo’lishi imkoniyatlarini yaratadi: - izlanish, yangi mahsulotlarni maromiga etkazish va o’zlashtirish, ularni talabning tez o’zgarib turish xatarini hisobga olgan holda kichik uyushmalarda ishlab chiqarish; - tezkor texnik servisning ishonchligi va iste’molchilar bilan mustahkam aloqalar o’rnatish; - ishlab chiqarishni moslashuvchan tarzda tashkil etish va mahsulot sotishni bozor talablariga, hamda bozor vaziyatlari o’zgarishlariga muvofiq olib borish; - ortiqcha ish kuchini o’ziga singdirish; - boshqarishning oddiyligi, katta ma’muriy apparatning yo’qligi, qurilish va loyiha quvvatlarini o’zlashtirishda qisqa muddat, kapital sarflarining tez o’zini oqlashi, kapital aylanmasida yuqori tezlik; - xom ashyo va mehnat resurslari, ishlab chiqarish chiqindilaridan to’liqroq va samaraliroq foydalanish. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hamda u bilan bog’liq barcha narsalar zamonaviy ijtimoiy ishlab chiqarish tashkiliy tuzulmasini muhim va tarkibiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham davlatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka muhim o’rin ajratilib, ularga davlat tomonidan madad berilmoqda. Kichik biznesni yanada rivojlantirish istiqbollarini quyidagilarda ko’rish mumkin: - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish; - huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga yo’naltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; - moliya-xo’jalik faoliyatiga davlat va nazorat tuzilmalarining aralashuvini keskin kamaytirish; - tashkil etish tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritishning moddiy-texnik shartsharoitlarini ta’minlash; - soliq va boshqa to’lovlar borasida engilliklar yaratish, hisobot topshirish tizimini takomillashtirish; - kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish; - xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish; - tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishtirokini kengaytirish; - ilg’or ilm-fan yutuqlariga asoslangan KB va XTni rivojlantirishga keng yo’l ochib berish; - imtiyozlar va qulay sharoitlar tizimini yanada rivojlantirish; Demak, qaysi hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishida ustuvorlikka erishilsa, shu hudud ijtimoiy-iqtisodiy tomondan barqaror rivojlanadi. Bu esa, o’z navbatida, yangi ish joylari yaratish va shu orqali aholini samarali tarmoqlararo bandligini shakllantirish muammosini bir qadar hal etilishiga erishishni, aholi daromadlarini oshirishni hamda turli tarmoq sohalari o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalarning mustahkamligini ta’minlaydi.


Xulosa
Kichik biznesning mamlakat iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanishi uchun qulay zamin yaratuvchi xususiyati – ishlab chiqarishni tabiiy va moddiy resurslarni eng kam jalb etgan va tejamli foydalangan holda tashkil eta olish qobiliyatidir. Shu bilan birga, kichik biznesda tadbirkorlik g’oyalari, muammolarning echimiga innovatsion yondoshuvlar juda tezlik bilan amaliyotga tatbiq etiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yuqori samaradorlikni ta’minlovchi asosiy motivatsiya – bu tadbirkorlik sub’ektlarining o’z daromadlarini oshirish, ularning moddiy va moliyaviy resurslari, munosib mutaxassislik, kasb-kor, ma’lumot darajasi va boshqa jihatlari bilan aniqlanuvchi jamiyatdagi o’rta mulkdorlar qatlamiga mansubligini belgilab beruvchitegishli mavqega erishish hisoblanadi. Hududlarning ichki iqtisodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish, undan samarali foydalanishda kichik biznes imkoniyatlarini qo’llash tizimli tarzda amalga oshirilishi lozim. Bunda asosiy e’tibor hududdagi muammolarni hal etishda kichik biznesning kengroq ishtirokini ta’minlash imkoniyatini beruvchi ishlab chiqarish tizimini diversifikatsiyalashga qaratilishi lozim. Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi hamda xalqaro raqobatning kuchayib borishi sharoitida milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash tarkibiy o’zgartirish jarayonlarini taqozo etadi. Bu borada kichik biznesdan hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlarning manbai sifatida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni boshqarishni tubdan qayta qurish mulkka egalik qilishni yangi shakllarini tashkil etish va xususiy mulkka ustunlik berish maqsadida o’tkazilgan iqtisodiy islohatlar o’z samarasini ko’rsatdi va bugungi kunda iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, kengayib bormoqda va mulkchilikni barcha turlarining tarmoq – sohalarida tovar mahsulotlari ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hamda shu bajarish doirasida raqobatbardjshlik jarayonlari tobora jadallashib, iqtisodiy samaradorlik taminlanmoqda. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti jarayonlarida ish yuritadigan tadbirkorlik asosiy iqtisodiy mehnat faoliyatidan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda bilim, malaka, tajribaga ega bo’lgan, yuqori daromad va foyda olishga erishish yo’lida tavakkalchilik bilan ish bajaradigan tashabuskor inson faoliyati sifatida muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko’rsatish, ish o’rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlashda eng ma’qul bo’lgan xo’jalik yuritish kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisoblanadi.


Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish