2.2. O`zbekistonda pul muomalasini tartibga solish tizimi
Pul muomalasini tartibga solishda milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Sobiq Ittifoq (Rossiya)da 1922—23 yillarda eski 1 mln. rubl yangi 1 rublga, Germaniyada Birinchi jahon urushi va undan soʻnggi davrlarda pulning haddan tashqari qadrsizlanishi natijasida 1924-yilgi Pul islohotlari davrida yangi 1 marka eski 1 trln. markaga, Gretsiyada 1944-yil noyabrda 50 mlrd. draxma yangi 1 draxmaga almashtirilgan edi. Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi arafasida va undan keyin bir qator xorijiy davlatlarda Pul islohotlari (Belgiya — 1944-yil, Fransiya, Daniya, Gollandiya va Norvegiya — 1945-yil, Yaponiya — 1946-yil, Avstriya — 1947-yil) amalga oshirildi. Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida muxim Pul islohotlari Amir Temur hukmronlik qilgan davrdan boshlangan. Uning tashabbusi bilan oʻsha davrgacha muomalada boʻlgan mayda mis tangalar oʻrniga sifat va hajm jihatdan bir necha marta ortiq boʻlgan, yirik qiymatga ega oltin va kumush tangalar zarb etila boshlagan. Amir Temur tasarrufida bir necha zarbxonalar boʻlganligi va ularda zarb etilgan tangalar Yevropada ham mashhur boʻlganligi haqida koʻp maʼlumotlar bor. Birgina Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Mirzo Ulugʻbek tomonidan 1428-yil amalga oshirilgan Pul islohotlarida ilgari zarb etilgan mis tangalarning muomalada boʻlishi taqiqlangan.
Bir qator shaharlarda — Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruxiya, Andijon, Qarshi va Ter-mizda yangi tangalar zarb etila boshlagan. Eski tangalarni yangi tangalarga almashtirish tugallangandan keyin, fakat Buxorodagi zarbxona faoliyati saklab qolinib, qolganlari yopilgan.Shayboniylar davrida ham tangalar zarb kilishda yangilik kiritilgan. Ol-dingi xukmdorlar tomonidan zarb etilgan tangalardagi yozuvlar ustiga yangi tamgʻalar zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu davrda, asosan, dinor nomi bilan yuritilgan juda koʻp miqdordagi mis tangalar va vazni 3 g boʻlgan kumush tangalar muomalada boʻlgan.19-asrning boshlaridan Buxoro amirligida vazni 4,5 g lik "tillo" nomi (oltin) bilan tangalar zarb etilgan. Kumushdan ishlangan tanga deb ataluvchi pul birliklari 1920-yilga qadar muomalada yurgan. Buxoro amirligida 1918-yildan boshlab muomalaga nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 va 10000 tangalik qogʻoz pullar chiqarilgan. 1921-yilda Buxoro Xalq banki muomalaga yangi, nominali rublda koʻrsatilgan qogʻoz pullarni chiqara boshladi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominaliga ega boʻlgan. 1922-yilda Buxoro Xalq banki tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pulning nominali yuzlab marta kamay-tirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarildi. Ammo koʻp oʻtmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul belgilari bozor ehtiyojlarini qondira olmadi va 1000, 2500, 5000 rubllik pullar bosib chiqarildi. 1920—21 yillarda Xorazm Sovet Xalq Respubli-kasi (XSXR) tomonidan muomalaga 250, 500, 750, 1000, 2000, 5000 va 10000 rubl nominalida ipakdan qoʻlda toʻqilgan maxsus pul belgilari chikarilgan. Ushbu pullar XSXR tugatilganga qadar, yaʼni 1924-yilgacha muomalada boʻlgan. Yuqori inflyasiya natijasida 1922 — 23 yillarda XSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, eski pullarning ustiga ularning yangi no-minalini koʻrsatuvchi tamgalar bosilgan.
1921—22 va undan keyingi yillarda Pul islohotlarini oʻtkazishga qaratilgan qator tadbirlar Turkiston ASSRda amalga oshirildi. 1923—24 yillarda Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining pul belgilari RSFSR pul belgilari bilan almashtiriddi. Fuqarolar urushi davrida Turkiston frontlar halqasi ichida qolganda Toshkentda Turkiston ASSRning puli — turkbonlar chiqarilgan. Keyinchalik 1921-yil 1-yanvardan boshlab Turkistonda 3 oy davomida Pul islohotlari oʻtkazilib, turkbon RSFSR pul birligiga 10:1 nisbatda almashtirildi. 1947-yilda sobiqSSSRda Pul islohotlari oʻtkazildi, mahsulotlarni taqsimlashda kartochka tizimi tugatildi va davlat kooperativ chakana savdosi nar-xida yagona tartib oʻrnatildi. Muomaladagi hamma pul belgilari 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirildi. 1950-yilga kelib oltin tovar za-xirasining koʻpayishi, chet el valyutasiga nisbatan pul kursining oshishi, narxlar masshtabi oʻzgarishi 1961-yilda muomaladagi pul belgilarini 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishiga olib keldi.
Oʻzbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya oʻz milliy valyutasini chiqargunga qadar boshqa sobiq It-tifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda amalda boʻlgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olib, oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Bi-rinchi bosqich: 1993-yilning 15-noyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining oʻz vaqtida toʻlanishini, respublika ichki isteʼmol bozorini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov vositasi sifatida 1961—92 yillardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993-yildagi rubli bilan parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida "soʻmkupon" muomalaga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 soʻmkupon qogʻoz pullarni chiqardi. Ikkinchi bosqich: 1994-yil 1-iyulidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi soʻm 1 soʻm = 1000 soʻmkupon nisbati bilan muomalaga kiritildi. Markaziy bank muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm boʻlgan bank qogʻoz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin boʻlgan metall tangalar chiqardi. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishi, ikki bosqichli bank tizimi va musta-qil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit siyosatinp erkin yuritish im-konini berdi. Hisobkitoblarni yengillashtirish maqsadida 1997-yildan boshlab muomalaga 200 soʻmlik, 1999-yildan 500 soʻmlik va 2001-yildan 1000 soʻmlik pullarchiqarildi. O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida qonuniga muvofiq Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Markaziy bank Respublika banklarida pul muomalasini va kassa ishlarini
tashkil etish hamda ularning buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog‘liq barcha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi. Markaziy bank o‘zining asosiy maqsadini to‘la qonli bajarish, ya’ni pul muomalasini barqaror saqlab turishga hamda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun pul muomalasi holatini muttasil o‘rganadi va tahliqiladi hamda uni mustahkamlash uchun amaliy choralar ko‘radi. Asosiy naqd pul oqimlari tijorat banklari kassalari orqali o‘tganligi sababli, Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining naqd pul muomalasi bilan bog‘liq faoliyatini tartibga soladi va nazorat qiladi.
Markaziy bank tomonidan naqd pul muomalasini tartibga solish maqsadida tijorat banklari va ularning mijozlari uchun majburiy bo‘lgan quyidagi talablar o‘rnatilgan:
kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
tijorat banklari kassalariganaqd pullarni topshirish va olish tartibi;
tijorat banklari aylanma kassalariga limit o‘rnatish tartibi;
tijorat banklari aylanma kassalari mustahkamlash uchun zaxira pullarini
tashkil qilish tartibi;
tijorat banklari kassa aylanmalarini hom cho‘t qilish tartibi;
xo‘jalik sub’ektlari naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati tomonidan
tijorat banklari kassalariga topshirish tartibi;
banknotlar va monetalarni to‘lovga yaroqlilik qobiliyatini aniqlash tartibi;
xo‘jalik sub’ektlari kassalari qoldig‘iga limit o‘rnatish tartibi;
naqd pul bilan hisob – kitob qilish tartibi;
kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi;
chakana savdo korxonalariga naqd pulsiz hisob – kitob qilish tartibi.
Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalari (HBB) zimmasiga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida pul muomalasini tashkil etish, tijorat banklari naqd pul bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtiradi va
monitoring yuritadi.Bank muassasalariga kelib tushgan pul birliklari va tangalarning qayta sanalishi,to‘lovga yaroqli, eskirgan hamda yaroqsizligi, toifalarga ajratiladi.Pul birliklarini «yaroqli», «eskirgan» va «to‘lovga yaroqsiz» toifalar bo‘yicha mezonlarini ishlab chiqadi.
2.3. Markaziy bankning pul tizimini samarali tashkil etish siyosati.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining boshqaruv va risk-menejmenti sifatiga ta’sir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, banklar faoliyatiga ma’muriy aralashuv amaliyotining davom etayotganligi, ayniqsa, banklar tomonidan o‘z faoliyatiga xos bo‘lmagan korxonalar tashkil etilishi, shuningdek ularning faoliyat yo‘nalishiga muvofiq bo‘lmagan vazifalarning yuklatilishi bank nazoratini ta’sirchan amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida tuzilgan. Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimi mamlakatimizning mustaqillikdan keyingi dastlabki to‘lov tizimi sifatida barcha to‘lov tizimlari ishlashi uchun poydevor hisoblanadi.Xozirgi kunda Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida 31 ta tijorat banki to‘lov tizimi foydalanuvchilari sifatida ulangan.Mazkur to‘lov tizimida to‘lovlar real vaqt rejimida yalpi hisob-kitob tamoyili asosida, ya’ni to‘lov hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir necha soniyalar ichida to‘lov amalga oshiriladi hamda natijasi haqida tashabbuskor va benefitsiarga xabar yuboriladi.Banklararo to‘lov tizimining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi qo‘yidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi:
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni
“Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom
“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom
Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi va Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. Banklararo to‘lov tizimining foydalanuvchilari Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida vakillik hisobvarag‘iga ega bo‘lgan banklar va moliyaviy institutlar hisoblanadi.Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi — uning vazifasiga tijorat banklarining Bosh ofislariga (banklar) vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish hamda ular o‘rtasida elektron to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash kiradi.Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi — amaldagi qonunchilik hamda ABM va banklar o‘rtasidagi shartnomalarga muvofiq banklararo to‘lov izimining texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini ta’minlaydigan markaz.
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi. Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.
Xulosa.
Pul tufayli tovarlarni qiyoslash, ayirboshlashda zarur bo'ladigan qiymatning yagona mezoniga ega bo‘lish mumkin. Pul — bu boshqa ne’matlarning qimmatini o ‘lchash vositasi yoki ayirboshlashda hisob-kitoblarni amalga oshirish vositasi funksiyalarini bajaruvchi ne’matdir
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini boshqarishda shu muhim
omillarga alohida e’tibor berilishi zarur.Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir. Bular: iste’mol kreditni rivojlantirish; kreditga qanchalik ko’p tovar sotilsa, shuncha kam miqdorda pul muomalada kerak bo’ladi;
− naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi;
− pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar
1991 yildan Evropa valyuta tizimida “Delor rejasi” asosida valyuta-iqtisodiy ittifoqni bosqichma-bosqich shakllantirishni nazarda tutuvchi Maastrix shartnomasi ishlab chiqildi va mazkur shartnoma doirasida 1999 yil 1 yanvardan yagona evropa valyutasini joriy etishga mo’ljallangan islohotlar amalga oshirildi.Evropa valyuta tizimiga kirish uchun dastlabki qadamlarni tashlashga Germaniya, Frantsiya va Belgiya tayyor bo’lib ularning imkoniyatlari yuqori baholandi
Pulning maqsadi bozorga oid o ‘zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat. Avvalo, sotib olinadigan ne’matlarning turlari va miqdorini, bitimni amalga oshirish vaqti ham da joyini, shuningdek, bitim b o ‘yicha kontragentlarni tanlashdagi chiqimlarni tejashga pullar yordamida erishiladi. Barterli iqtisodiyotda bunday chiqimlar shunchalik ko‘p bo‘lishi mumkin ediki, bu amalda har qanday ayirboshlash harakatlarini amalga oshirishni istisno qilib, mehnat taqsimoti eng kam miqyos kasb etgan bo ‘lardi va faoliyatning ko‘pgina turlari aslida vujudga kelmas edi
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi ustidan samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida tuzilgan. Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimi mamlakatimizning mustaqillikdan keyingi dastlabki to‘lov tizimi sifatida barcha to‘lov tizimlari ishlashi uchun poydevor hisoblanadi. Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi — amaldagi qonunchilik hamda ABM va banklar o‘rtasidagi shartnomalarga muvofiq banklararo to‘lov izimining texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini ta’minlaydigan markaz.
Do'stlaringiz bilan baham: |