Iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot


IQTISODIYOT VA JAHON BOZORINING GLOBALLASHUVI



Download 222 Kb.
bet2/9
Sana21.04.2022
Hajmi222 Kb.
#569731
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IQTISODIYOT VA JAHON BOZORINING GLOBALLASHUVI(1)

IQTISODIYOT VA JAHON BOZORINING GLOBALLASHUVI


MUNDARIJA:


KIRISH
I BOB JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVI
1.1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tushunchasining mohiyati va uning asosiy jihatlari
1.2.Globallashuv jarayonining asosiy manbalari,omillari va rivojlanish bosqichlari.
1.3. Globallashuvning milliy iqtisodiyot barqarorligiga ta’siri.

II BOB IQTISODIY JARAYONLARNING GLOBALLASHUVI. GLOBALLASHUV VA LOKALLASHUV


2.1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari va omillari.
2.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH

M ustaqillik tom ma’noda xalqimizning milliy manfaatlariga mos ravishda xal­qaro hamkorlik, ochiqlik, teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan tashqi siyosat olib borish imkonini ham berdi. Chunki sobiq ittifoq davrida tashqi dunyo bilan aloqa o‘rnatish, tashqi siyosat, tashqi iqtisodiy faoliyat va hatto biror vajdan fuqarolarning xorijiy mamlakatlarga borib-kelish masalasi ham mutlaqo mustabid hokimiyat qo‘lida bo‘lib, barcha respublikalar qatori O‘zbekiston ham uning hukmiga mahkum edi. Shu sababli davlatimizda tashqi siyosiy, iqtisodiy faoliyat yuritish tajribasi ham, u bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar tayyorlaydigan o‘quv yurtlari ham yo‘q edi.


Istiqlol tufayli tashqi siyosiy-iqtisodiy faoliyatni zudlik bilan yo‘lga qo‘yish, o‘ta muhim, dolzarb masalaga aylandi. Prezident Islom Karimov boshqa sohalar qatori tashqi siyosatimizning nazariy hamda amaliy tomonlarini, tamoyillarini, qoidalarini ishlab chiqdi va har tomonlama puxta asosladi. Asosiy maqsad suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatiga teng huquqli a’zo bo‘lib qo‘shilish, xalqaro hamkorlik uchun kurash, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, diplomatik, madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalar o‘rnatish edi.
Tashqi siyosat, uning muhim qoidalari O‘zbekiston Kons­titutsiyasining 17-moddasi va uning asosida qabul qilingan tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarni tartibga soladigan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari to‘g‘risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarda kafolatlandi. Tash­qi aloqalarni ta’minlaydigan davlat muassasalari, ularga mutaxassislar tayyorlab beruvchi o‘quv yurtlari faoliyat boshladilar.
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini yanada kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirayotgan izchil siyosatining natijasi o‘laroq, mintaqaviy hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabati tobora kengayib bormoqda. Ana shunday hamkor tashkilotlardan biri Yevropa Ittifoqidir. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari 1992 yil 15 aprelda boshlangan. 1994 yildan diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1996 yilda Yevropa Ittifoqining Florensiya­da bo‘lib o‘tgan davlat boshliqlari sammitida O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasida «Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida» bitim imzolandi. Bu bilan o‘zaro aloqalarni har tomonlama rivojlantirish uchun muhim huquqiy poydevor yaratildi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarda siyosiy muloqot, iqtisodiy, madaniy, insonparvarlik aloqalari hamda mintaqaviy va ekologik xavf­sizlikni ta’minlash masalalari ustuvor yo‘nalishdir. Yevropa Ittifoqi O‘rta Osiyodagi transchegaraviy daryolarning suv manbalaridan foydalanish borasida manfaatdor tomonlarning hamjihatlikda hamkorlik qilishi, ekologik muvozanatni saqlash hamda transchegaraviy daryolarning suv resurslaridan adolatli foydalanishiga doir barqaror, oshkora mexanizmlarni ishlab chiqish tarafdoridir.
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning eng muhim savdo-iqtisodiy sherigi bo‘lib, mamlakatimiz tashqi savdosida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Masalan, 2010 yil Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 1 milliard 965 million AQSh dollarini tashkil etdi. 2009 yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 1,2 foizga o‘sdi. Mamlakatimizda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning sherikligida 821 korxona fao­liyat yuritmoqda. Ulardan 612 tasi qo‘shma korxona, 209 tasi 100 foizlik Yevropa Ittifoqi mablag‘i asosida ish olib bormoqda.
O‘zbekiston bugungi kunda jahon hamjamiyatining teng huquqli sub’ektiga aylandi. Uning xalqaro va mintaqaviy munosabatlarni rivojlantirish va hal qilishdagi nufuzi tobora oshib bormoqda. Shunday ekan, ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan o‘z aloqalarini yil sayin kengaytirishi juda katta ahamiyatga ega.

Download 222 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish