2.Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va usullari
Bozor iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini moliyalashtirish investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo’li bilan kreditlar evaziga, muomalaga, qonunchilikda belgilangan holda, qimmatli qog'ozlar va zayomlar chiqarish hisobiga olib boriladi. Davlat mulkini xususiylashtirish tufayli mamlakat miqyosidagi manbalar tarkibida mablag'laming kamayib borishi kuzatilmoqda. Aksincha, turli mulk egalarining mablag'lari, yangidan tashkil etilayotgan fondlarning ulushi, chet el investitsiyalarining miqdori ortib boradi. Albatta, bu borada har bir mamlakatning investitsiya siyosati hal qiluvchi rol o'ynaydi. Investitsiya manbalarini tashkil etishda mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi. milliy valyuta birligini konvertrlanishi, tashqi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, aholi ehtiyojining ishlab chiqarish hisobiga qondirilishi va boshqalar muhim rol o'ynaydi. Bozor munosabatlarini rivojlantirish davlat tomonidan olib boriladigan ichki moliya siyosatiga chambarchas bog'liqdir. Moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash hamda u yoki bu yo'nalishda sarflash va jamg'arish mamlakatda qabul qilingan va amaliyotda faoliyat ko'rsatayotgan taqsimot tizimiga bog'liqdir. Qonunchilikni rivojlanishi, adolatli qonunlar qabul qilinishi va ularni hayotga tatbiq etilishi bozor munosabatlarin irivojlantirishga, tadbirkorlik, ish bilarmonlikni keng ko’lamdatarqalishigaqaratilsa, investitsiya manbalari tarkibida davlat mablag’lari kamayishi hisobiga boshqa mulkdorlar mablag’lari о’sib boradi. Ishlab chiqarish munosabatlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va davlatning samarali moliya siyosatini yuritish alohida ahamiyatga egadir. Xorijiy kapitalni kirib kelish darajasi ustun darajada mamlakatni olib borayotgan moliya siyosatiga bog’liqdir.
O’tish iqtisodiyotida investitsiya manbalarining mulkchilik shakllaridanqat’iy nazar quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
-Investorlarni o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajrat- malari, pul jamg’armalari, fuqarolar, huquqiy shaxslarning jamg’armalari va boshqa manbalar);
-Investorlami qarzga olgan moliyaviy mablag’lari (zayom obligatsiyalari, bank kreditlari va budjet ajratmalari);
-Investorlarni jalb qilgan moliyaviy mablag’lari (aksiyalar va boshqa qimmatbaho qog'ozlarni sotishdan tushgan mablag’lar, fuqaro va huquqiy shaxslarning paylari va turli xil badallar hamda turli xil maqsaddagi nodavlat fondlar, mablag'lari);
-Davlat budjetining investitsiya ajratmalari.
Bozor munosabatlari shakllangan sharoitda investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari tarkibini 3-chizmada ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |