Birinchi operatsiya: Korxona xodimlariga ish xaki berish uchun xisob-kitob schyotida kassaga 12 100 sum pul olindi,
Bunda balansning aktiv kismida joylashgan kassa va xisob-kitob schyotlari buyicha operatsiyalar sodir etildi. Korxona kassasidagi pul mikdori 12 100 sumga kupaydi, xisob-kitob schyotida esa, shuncha mikdorga kamaydi.Balansning aktiv kismi bir moddasi kupayib, ikkinchisi kamaydi, lekin jami summa uzgarishsiz koldi.
Aktiv
|
Summa
|
Passiv
|
Summa
|
1.Asosiy vositalar
Materiallar
Kassa
Xisob-kitob schyoti
Balans
|
350 000
100.000
12 200
37 800
500 000
|
Ustav kapitali
Taksimlanmagan foyda
Bank kreditlari
Mol yetkazib beruvchilar bilan xisob-kitoblar
Balans
|
400.000
30.000
20.000
50 000
500 000
|
Ikkinchi operatsiya: Mol yetkazib beruvchilar karzi bank kreditlari xisobidan koplandi
Bunda mol yetkazib beruvchilar karzi uzilib, bank karzlari mikdori kupaydi.
Aktiv
|
Summa
|
Passiv
|
Summa
|
1.Asosiy vositalar
Materiallar
Kassa
Xisob-kitob schyoti
Balans
|
350 000
100.000
12 200
37 800
500 000
|
Ustav kapitali
Taksimlanmagan foyda
Bank kreditlari
Mol yetkazib beruvchilar bilan xisob-kitoblar
Balans
|
400.000
30.000
70.000
0
500 000
|
Uchinchi operatsiya: Korxonaga mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan materiallar kabul qilindi. (75 000sum).
Bunda, korxonadagi materiallar mikdori kupayib, passiv tomonda esa, mol yetkazib beruvchilarga bulgan karz vujudga keldi.
Aktiv
|
Summa
|
Passiv
|
Summa
|
1.Asosiy vositalar
Materiallar
Kassa
Xisob-kitob schyoti
Balans
|
350 000
175.000
12 200
37 800
575 000
|
Ustav kapitali
Taksimlanmagan foyda
Bank kreditlari
Mol yetkazib beruvchilar bilan xisob-kitoblar
Balans
|
400.000
30.000
70.000
75 000
575 000
|
Balansning aktiv va passiv kismidagi ikkita moddaning kupayishi balans summasining 75 000 sumga kupayishiga olib keldi.
Turtinchi operatsiya: mol yetkazib beruvchilarga bulgan karzning 20000 sumi xisob-kitob schyotidan utkazib berildi. Bunda, xisob-kitob schyotida pul mablaglari kamayib, mol yetkazib beruvchilarga bulgan karz mikdori xam ma`lum summaga kamaydi. Balans umumiy summasi xam shu summaga kamaydi. Shunday qilib, yukorida kurib utilgan operatsiyalarni turt turga bulish mumkin:
1 tur uzgarish - bunda fakat balansning aktiv kismidagi bir modda summasi kupayib, ikkinchi modda summasi kamaydi, lekin balans summasi uzgarishsiz kolayapti.
2 tur uzgarish - bunda balansning passiv kismidagi bir modda summasi kupayib, ikkinchi modda summasi kamaydi, lekin balans summasi uzgarihsiz kolayapti.
3 tur uzgarish - bunda balansning aktiv kismida xam, passiv kismida xam bir xil summaga kupayish sodir buladi va balans summasi usha summaga kupayadi.
4 tur uzgarish - bunda balansning aktiv kismida xam, passiv kismida xam bir summaga kamayish sodir buladi va balans summasi xam shu summaga kamayadi.
Chizma shaklida bu uzgarishlar kuyidagi shaklga ega:
-
АКТИВ
|
ПАССИВ
|
Купайиш
|
Кхамайиш
|
Кхамайиш
|
Купайиш
|
1
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
|
Schyotlarning tuzilishi va ularning turkumlanishi
Korxona xujalik faoliyatini yuritish davomida ma`lum turdagi operatsiyalarni amalga oshiradi. Buxgalteriya xisobining asosiy vazifasi ushbu jarayonlarni xujjatlarda aks ettirishdir.
Korxona faoliyatida sodir bulgan operatsiyalar darxol ma`lum xujjatlarda kayd qilinib boriladi. Bu jarayonlarni xujjatlashtirish-da ularni soddalashtirib yozish talab etiladi. Buning uchun korxona xujalik mablaglari, ularnig manbalari, majburiyatlar va xujalik jarayonlari shartli rakamlarda ifodalanadi. Ushbu rakamlarni schyotlar deb ataladi.
Shunday qilib, buxgalteriya xisobi schyotlari - bu korxona xujalik mablaglari va operatsiyalarni nazorat qilish va iqtisodiy jixatdan guruxlash usulidir.
Buxgalteriya xisobi schyotlarida korxona xujalik mablaglari, ularning manbalari va operatsiyalar pul birliklarida xisobga olinadi. Demak ushbu mablaglar va operatsiyalar kupayishi yoqi kamayishi mumkin. Bu xolat, albatta, schyotlarda aks ettiriladi. Masalan, korxona kassasidagi nakd pullar 50 "Kassa" schyotida xisobga olinadi. Balansning aktiv kismida joylashgan va xujalik mablaglarini ifodalovchi schyotlar aktiv schyotlar, passiv kismida joylashgan va mablaglar manbasi xamda majburiyatlarni ifodalovchi schyotlar passiv schyotlar deb ataladi.
Buxgalteriya xisobi schyotlari T shaklidagi chizmadan iborat bulib, chap kismi debet va ung tomon kredit deb nomlanadi.
Xar bir schyot aloxida xar bir oy boshida yangi ochiladi va korxona mablagi va manbalari manbasi mikdorini ma`lum chisloga kursatib beradi. Bu xolat schyotning boshlangich koldigi (saldo) deb ataladi.
Aktiv schyotlarda boshlangich koldik debet tomonida, passiv schyotlarda esa kredit tomonlarda joylashgan buladi. Demak aktiv schyotlar buyicha korxona xujalik mablaglari mikdorining kupayishi debet tomonda, kredit tomonda esa kamayishi kayd qilinadi.
-
Д-т 01 "Асосий воситалар" К-т
|
С - бошлангич колдик
|
|
Қ
(купайиш)
|
-
(камайиш)
|
|
|
|
|
Shunday qilib, joriy oy davomida schyotlarda uzgarish mos ravishda ularning debet va kredit tomonlariga yozib boriladi. Joriy oy yakunida schyotning debet va kredit tomonlaridagi operatsiyalar summalari kushilib, schyotning debet yoqi kredit tomon oborotlarini tashqil qiladi. Bu jarayon korxonaga kelib tushgan mablaglar - aktiv schyotlarning debet tomoni - va sarflangan mablaglar - aktiv schyotlarning kredit tomoni - mikdorini anglatadi. Passiv schyotlarda esa bu xolat aksinchadir.
Schyotning debet va kredit oborotlari summasidan kelib chikkan xolda uning oy yakuniga bulgan yakuniy koldigi aniklanadi. Bu jarayon akti schyotlarda kuyidagi formula orkali aniklanadi:
қ Қ -
bunda,
- schyotning boshlangich koldigi;
- schyotning debet oboroti summasi;
- schyotning kredit oboroti summasi.
Passiv schyotlarda esa bu formula kuyidagi kurinishga ega:
қ Қ -
Akti va passiv schyotlarning oborotlarini aniklashga kuyidagi misolni keltirish mumkin:
-
Д-т10" Материаллар" К-т
|
|
Д-т" Устав капитали" К-т
|
10 000
|
|
|
|
250 000
|
|
|
|
|
|
1) 20 000
|
3) 30 000
|
|
3) 100 000
|
1) 100 000
|
2) 40 000
|
|
|
|
2) 50 000
|
|
|
|
|
|
60 000
|
30 000
|
|
100 000
|
150 000
|
40 000
|
|
|
|
300 000
|
Shunday qilib, schyotning boshlangich koldigi mablaglar yoqi ularning manbalarini ma`lum muddatga (oyning birinchi kuniga) bulgan xolatini anglatadi. Schyotlarning debet va kredit tomonlar oboroti summasi usha tomonlarda aks ettirilgan operatsiyalar summalari yigindisini va yakuniy koldik esa usha mablag yoqi mablag manbasining oy yakuniga bulgan xolatini bildiradi.
Demak korxona mablaglari va ularning manbasi uchun, ya`ni ularning xar bir turi uchun aloxida schyotlar joriy qilingan. Ularning umumiy soni 97 ta.
Schyotlarning turkumlanishi.
xisob ishlarini yaxshm yulga kuyilishi va xar xil schyotlar xususiyatlarini urganishuchun schyotlar klassifikatsiyasi zarur.
Schyotlarni iqtisodiy mazmuniga kura bunday guruxlash, ularda nimalar, ya`ni kanday iqtisodiy obyekt va uni xar tamonlama izoxlash uchun yana kaysi schyotlardan foydalanish mumkinligini kursatadi.
Iqtisodiy mazmuniga kura schyotlar kuyidagicha guruxlanadi:
Asosiy schyotlar;
Tartibga soluvchi schyotlar;
Taksimlovchi schyotlar;
Kalkulyatsiya schyotlar;
Takkoslovchi schyotlar;
Balansdan tashkari schyotlar.
Ushbu guruxlarni aloxida kurib chikamiz.
Asosiy schyotlar korxona xujalik mablaglari yoqi ularnin manbalari turlari buyicha ma`lumot beruvchi va nazorat qiluvchi schyotlardir. Umumiy tarzda bu schyotlarda korxona mulki xisobga olinadi.
Asosiy schyotlarning xususiyati shundan iboratki, joriy oy yakunida ushbu schyotlar buyicha yakuniy koldik mavjud bulsa, ular albatta balansda kursatiladi. Tarkibiy tuzilishiga kura bu schyotlar aktiv, passiv va aktiv-passiv schyotlarga bulinadi.
Asosiy aktiv schyotlar korxona xujalik mablaglari va debitorlar bilan xisob-kitobda kullaniladi. Masalan, 01 "Asosiy vositalar", 10 "Materiallar", 51 "Xisob-kitob schyoti", 62 "Xaridorlar va buyurtmachilar bilan xisob-kitoblar" va 76 "Xar-xil debitor va kreditorlar bilan xisob-kitoblar" schyotlari shular jumlasidandir.
Asosiy passiv schyotlar esa korxona mablaglari manbalarining va majburiyatlarining xolatining xisobi uchun foydalaniladigan schyotlardir. Masalan, 85 "Ustav kapitali", 87 "Taksimlanmagan foyda", 90 "Kiska muddatli kreditlar", 60 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan xisob-kitoblar" schyotlari.
Asosiy aktiv-passiv schyotlar korxona debitorlik va kreditorlik karzlarining xolati tugrisida ma`lumot beradi. Schyotlarning debet bolangich koldigi - korxonaning debitorlik karzini yoqi zararni, kredit koldigi esa kreditorlik karzini yoqi foydani bildiradi. Agar joriy oy mobaynida korxonaning debitorlik karzi ortsa - schyotning debet tomoniga, kreditorlik karzi esa kredit tomoniga yoziladi.
Tartibga soluvchi schyotlar - bu korxona xujalik mablaglari va ularning manbalari xolatini tugirlovchi schyotlardir. Tugirlash jarayoni ushbu schyot ma`lumotlarini oydinlashtirish maksadida unga kushimcha va usha schyot bilan boglik boshka schyot ochish orkali amalga oshiriladi. Masalan, korxona asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va arzon baxoli va tez eskiruvchi buyumlariga eskirish summasi xisoblanadi. Shu sababli ular balansda ikki xil baxoda, ya`ni boshlangich va koldik kiymatda aks ettiriladi.
Korxona ushbu mulklar tugrisida anik va tugri ma`lumotlar olish uchun ularga eskirish summalarini xisobga oluvchi schyotlar ochilgan. Bunda, korxona mulkini xisobga oluvchi 01 "Asosiy vositalar", 04 "Nomoddiy aktivlar" va 12 "Arzon baxoli va tez eskiruvchi buyumlari" schyotlar tartibga solinadigan schyotlar, ularning eskirish summalarini xisoblovchipassiv 02 "Asosiy vositalar eskirishi", 05 "Nomoddiy aktivlar eskirishi" va 13 "Arzon baxoli va tez eskiruvchi buyumlari eskirishi" schyotlari esa tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi.
Tartibga soluvchi schyotlar summalarini tartibga solinuvchi schyotlar summasidar chegirib tashlash orkali korxona mulkining xakikiy xolati aniklanadi.
Taksimlovchi schyotlar - bu korxona xarajatlarini yigish va ularni tugri taksimlashni nazorat qiluvchi schyotlardir. Bunday schyotlar aktiv xisoblanib, xarajatlar summalari, avvalo, ushbu schyotning debet tomonida joriy oy mobaynida yigilib boriladi va oy yakunida boshka schyotlarga kredit tomonidan xisobdan chikariladi. Bunga aktiv 23 "Yordamchi ishlab chikarish xarajatlari", 25 "Umumishlab chikarish xarajatlari" va 26 "Davr xarajatlari" schyotlari misol buladi.
Shunday qilib, oy yakunida taksimlovchi schyotlarda yakuniy koldik kolmaydi va shu sababli ular korxona balansida kuosatilmaydi.
Kalkulyatsiya schyotlari - korxonaga kelib tushgan materiallar va ishlab chikarilgan maxsulot, kursatilgan xizmat va bajarilgan ishlarga sarflangan xarajatlarni xisoblovchi schyotlardir.
Ma`lum xisob obyektlariga sarflangan xarajatlar shu obyekt bilan boglik schyotlarda yigilib boriladi va oy yakunida barcha xarajatlar summalari kushilib, obyekt tannarxi xisoblab chiqiladi. Tannarxni xisoblash jarayoni kalkulyatsiya qilish deb ataladi.
Masalan, korxona ishlab chikargan iaxsulotlarga sarflangan xarajatlarni xisobga olish uchun aktiv 20 "Asosiy ishlab chikarish" schyoti joriy qilingan. Joriy oy davoimda schyotning debet tomonida yigilgan xarajatlar maxsulot tannarxini tashqil qiladi. Kalkulyatsiya schyotlariga 20 "Asosiy ishlab chikarish" va 23 "Yordamchi ishlab chikarish xarajatlari" schyotlari misol buladi.
Takkoslovchi schyotlar korxona faoliyati xujalik jarayonlarining moliyaviy natijasini aniklash uchun kullaniladigan schyotlardir. Bu jarayon schyotning debet va kredit oborotlarini solishtirish orkali aniklanadi. Masalan, 80 "Foyda va zararlar" schyotining debet tomoniga korxona faoliyatida yuzaga kelgan zararlar, kredit tomonida esa foyda aks ettiriladi. Joriy oy yakunida schyotnig debet va kredit oborotlari takkoslanib, yakuniy koldik aniklanadi. Agar koldik schyotning debet tomonida shakllansa - zararni, kredit tomonida esa foydani anglatadi.
Bundan tashkari, 46 "Maxsulot (ish, xizmat) sotish", 47 "Asosiy vositalarni sotish va boshka chikarishlar" va 48 "Boshka aktivlarni sotish" schyotlari xam takkoslovchi schyotlar xisoblanadi. Bunda, korxona mulkini sotishdan kurilgan foyda schyotning kredit tomoniga, zarar esa debet tomoniga yeziladi.
Balansdan tashkari schyotlarda korxonaga tegishli bulmagan va maksadlar uchun korxonada vaktinchalik saklanayetgan xujalik mablaglarini aks ettiuvchi schyotlardir. Bu schyotlarning balansdan tashkari deb nomlanishiga sabab, ular balansda kursatilmaydi, chunki bu schyotlardagi mablaglar korxonaga tegishli emas. Bu schyotlarni balansda kursatish korxona mulkining notugri xolatini anglatgan bular edi.
Balansdan tashkari schyotlar uch xonali rakamlar orkali ifodalanadi va ularga ikkiyoqlama yezuv usuli kullanilmaydi. Akti balansdan tashkari schyotlarda kupayish fakat debet tomonga, kamayish esa kredit tomonga yeziladi. Passiv schyotlarda esa buning aksi buladi. Masalan, bkorxonaga vaktinchalik ma`suliyatli saklashga maxsulot kabul qilinganda kuyidagi buxgalteriya yozuvi yoziladi:
Д-т К-т Суммаси
002 100 000
Ikkiyoqlama yozuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
Ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya xisobining fan sifatida shakllanishiga sabab bulgan usuldir. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, buxgalteriya juda kadim zamonlarda (eramizdan oldin) paydo bulgan. Lekin 1494 yilda italiyalik monax Luko Pacholli tamonidan ikkiyoqlama yozuvning kashf etilishi buxgalteriya xisobining anik fan bulib shakllanishiga katta ta`sir kursatdi.
Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati shundan iboratki, bunda korxona xujalik faoliyatida sodir bulgan operatsiyalar summalari bir vaktning uzida ikkita schyotda, bir schyotning debet tomoniga, ikkinchi schyotning kredit tomoniga yoziladi.
Bunga sabab, xar bir xujalik operatsiyasi ta`sirida korxona mablaglari, ularning manalari va majburiyatlari tarkibida uzgarish sodir etiladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilardan 120 000 sumlik asosiy vosita sotib olindi.
Д-т К-т Summasi
01 60 120 000
Demak, 01 "Asosiy vositalar" schyotining D-t tomonida asosiy vositalar tarkibidagi kupayish, 60 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan xisob-kitoblar" schyotining k-t tomonida esa ularga bulgan majburiyatning ortishi aks ettiriladi.
Chizma kurinishida bu operatsiya kuyidagi kurinishga ega:
-
Д-т 60К-т
|
|
Д-т01 К-т
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
120 000
|
|
120 000
|
|
|
|
|
|
|
Korxona xujalik faoliyatini yuritishda ikkiyoqlama yozuvnig axamiyati bekiyosdir. Ikkiyoqlama yozuv bulmaganda edi, balkim buxgalteriya xisobi fani xam bulmas edi.
Ikkiyoqlama yozuvning axamiyatlik tomonlaridan yana biri shundan iboratki, u xujalik operatsiyalarini xujjatlarda aks ettirish uchun operatsiyaning tulik mazmunini yozishni talab qilmaydi, ya`ni ularni buxgalteriya yozuvlari orkali yozish bilan vaktni tejash mumkin.
Xulosa:
Buxgalteriya balansi - buxgalteriya xisobining asosiy usullaridan biri xisoblanib, korxona xujalik mablaglari va ularning manbalarini iqtisodiy xususiyatlariga kura guruxlashni uzida mujassamlashtiradi. Buxgalteriya schyotlari - korxona xujalik mablaglari va ularning manbalarini buxgalteriya xujjatlarida aks ettirish uchun kabul qilingan shartli belgilardir. Ikkiyeklama yozuv - korxona faoliyatida sodir bulgan xujalik operatsiyalarini xujjatlarda aks ettirish usuli.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ostonokulov M. Buxgalteriya xisobi nazariyasi. -T.: Ukituvchi, 1993.
Kiryanova Z.V. Teoriya buxgalterskogo ucheta. -M.: Finanso` i statistika, 1996.
Yuldashev S.SH. Osnlvo` buxgalterskogo ucheta. -Vashington, 1997.
Kondrakov N.P. Buxgalterskiy uchet. -M.: INFRA M, 1998.
Kamo`shanov I.P. Prakticheskoye posobiye po buxgalterskomu uchetu. -M.: AO "DIS", 1997.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |