Iqtisodiyot va turizm fakultet Iqtisodiyot kafedrasi «makroiqtisodiyot» fanidan


Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat



Download 376,73 Kb.
bet19/21
Sana28.02.2022
Hajmi376,73 Kb.
#474184
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
SUZIB YURUVCHI VALYUTA

Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat

Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitidagi byudjet-soliq va pul-kredit 


siyosati qayd qilingan valyuta kursi sharoitidagiga nisbatan mutlaqo boshqacha 
natijalar beradi. Endi rollarni taqsimlash muammosini to’g’ri hal qilish teskari 
ko’rinish oladi. Byudjet-soliq siyosati savdo, demak, to’lov balansi uchun pul-
kredit siyosatiga nisbatan katta ahamiyat kasb etadi. Aynan byudjet-soliq 
siyosatidan tashqi balansga erish uchun foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Ichki balansni ta’minlashda esa pul-kredit siyosatidan foydalanish birinchi 
planga chiqadi. 
Agar qayd qilingan valyuta kursi sharoitida ichki pul siyosati almashinuv 
kursinini quvvatlab turishni ham ko’zda tutgan bo’lsa, suzib yuruvchi valyuta 
kursi sharoitida u bunday vazifadan ozod qilinadi va ichki muammolarni hal qilish 
uchun samaraliroq ishlatilishi mumkin. 
Pul taklifini kengaytirish foiz stavkalarini pasaytiradi va xarajatlarning 
oshishiga olib keladi. Ma’lumki xarajatlarning ortishi importning o’sishini 
rag’batlantiradi va savdo balansini yomonlashtiradi. To’lov balansining taqchilligi 
yuzaga kelishiga foiz stavkasining pasayishi sababli kapitalning mamlakatdan 
chiqib ketishi ham ta’sir ko’rsatadi. Lekin egiluvchan valyuta kursi sharoitida 
taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning o’sishi va kapitalning oqib ketishi xorijiy 

valyutaga talab oshishiga olib keladi va milliy valyuta qadrsizlanadi. Bu 


qadrsizlanish mamlakat eksportchilarining raqobatbardoshligini kuchaytiradi. 
Oqibatda savdo balansi yaxshilanadi. Eksportning ortishi mamlakatimiz 
mahsulotiga bo’lgan talabning o’sishini anglatadi va pul massasining dastlabki 
o’sishi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi. 
Demak, pul siyosati ichki daromadlarga bevosita (pul taklifining o’sishi 
orqali) va bilvosita (almashinuv kursining pasayishi hamda eksportning o’sishi 
orqali) ta’sir ko’rsatadi. 
Kapitalning oqib ketishiga va o’z navbatida milliy valyutaning 
qadrsizlanishi darajasiga ta’sir ko’rsatgani uchun ham kapitalning mobilligi muhim 
ahamiyatga egadir. 
Ammo, pul-kredit siyosati murakkab etkazib berish mexanizmiga egaligi 
sababli uning ishlab chiqarish hajmiga ijobiy ta’siri ishlab chiqarishni 
kengaytirishning ichki rag’batlari ( foiz stavkasining pasayishi) orqali emas, balki 
ko’proq tashqi dunyo orqali ro’y beradi deb tasavvur qilish mumkin. Boshqacha 
aytganda, kapitalning chiqib ketishi va valyutaning qadrsizlanishi sharoitida 
mamlakat mahsulotlariga talabning o’sishi uning eksportiga talabning oshishi 
hisobiga ro’y beradi. Shu sababli pul siyosatining ichki balansga ijobiy ta’siri 
o’ziga xos xususiyatga ega. Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq 
siyosatining samaradorligini baholash yanada murakkabroqdir.Ma’lumki, davlat 
xarajatlarining ortishi ichki va tashqi muvozanatga ikki yo’nalishda: daromad 
orqali va foiz stavkasi orqali ta’sir ko’rsatadi. Daromadlarning ortishi( 
multiplikator samarasi orqali) importni ko’paytiradi, savdo balansini 
yomonlashtiradi va milliy valyutaning kursini pasaytiradi. Davlat xarajatlarining 
ortishi, shuningdek, hukumat olayotgan qarzlarini ko’paytirayotganligini
anglatadi, bu esa foiz stavkalarining ortishiga olib keladi. Yuqoriroq foiz stavkalari 
esa xorijdan kapital oqib kelishini rag’batlantiradi. Bu esa milliy valyuta kursini 
oshiradi va kapital harakati schyotini yaxshilaydi. Yakuniy natija esa kapitalning 
mobilligi darajasiga bog’liq bo’ladi. 
Kapitalning past mobiligi sharoitida byudjet ekspantsiyasi daromad orqali 
ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Kapitalning uncha ko’p bo’lmagan miqdorda oqib 
kelishi savdo balansining taqchilligini qoplay olmaydi va oqibatda valyuta kursi 
pasayadi. 
Milliy valyutaning arzonlashishi eksportning o’sishi uchun qulay sharoit 
yaratadi va to’lov balansining taqchilligini bartaraf qilish imkonini beradi. 
Eksportning ortishi, shuningdek, byudjet ekspantsiyasining ichki ishlab 
chiqarishga ijobiy ta’sirini to’ldiradi. 
Shu bilan birga kapitalning mobilligi ortib borishi bilan kapital 
schyotining to’lov balansi va valyuta kursiga ta’siri kuchaya boradi. Kapitalning 

yuqori mobilligi sharoitida uning oqib kelishi sababli ro’y bergan valyuta kursining


ko’tarilishi tendentsiyasi ustunlik qiladi. Bu eksportning qisqarishiga va savdo 
balansi taqchilligining ortishiga olib keladi. Kapitalning katta miqdorda oqib 
kelishi bu taqchillikni qoplash va to’lov balansini muvozanatlashtirish imkonini 
beradi. Ammo byudjet ekspantsiyasining ishlab chiqarish hajmiga yakuniy ta’siri 
deyarli nolga teng bo’ladi. Bunga kuchli siqib chiqarish samarasi mavjudligi, ya’ni
xususiy investitsiyalarni foiz stavkasining oshishi orqali va eksportni almashinuv 
kursining oshishi orqali siqib chiqarilishi sabab bo’ladi. 
Shunday qilib, pul siyosatining ichki daromadga aniq ijobiy ta’siridan farqli 
ravishda byudjet-soliq siyosati kapitalning past mobilligi sharoitidagina samarali 
bo’ladi.
Xulosa yasab, pul va byudjet –soliq siyosatining, tashqi balansni saqlab 
turgan holda ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko’rsatishi nuqtai nazaridan, nisbiy 
samaradorligini baholashimiz mumkin. 
Ma’lumki, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida ichki monetar siyosat 
amalda “falajlangan” bo’ladi va faqat byudjet-soliq siyosatigina samara beradi. Va 
bu samara kapitalning mobilligi ortishi bilan ko’payib boradi. 
Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida ichki ishlab chiqarish hajmiga, 
shubhasiz, kapitalning mobilligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar pul-kredit siyosati 
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Agar mahalliy stavka foizi dunyo stavka foizidan pastda bo’lsa, mahalliy 
aholi mahalliy foiz stavakasini balandga chiqargan holda xorijdagilarga pul 
beradi va katta daromad ko’radi. Oqibatda mahaliiy foiz stavkasi dunyo foiz 
stavkasi bilan tenglashadi.
Nima uchun ushbu mantiq doim qo’llanmaydi. Bu erda ikkita sabab mavjud. 
Ushbu sabalarning eng muhimi mamlakat riski hisoblanadi.
Investorlar AQShdan davlat obligatsiyalarini sotib olganda yoki AQSh 
koporatsiyalariga kredit olganda, ular stavkalarni to’lashga to’la amin bo’ladilar.
Aksincha, bir qancha rivojlanmagan mamlakatlarda, revalyutsiya yoki 
boshqa siyosiy siquvlar kreditni pulini qaytarishga to’sqinlik qiladi qo’rquv 
ma’lum miqdorda haqiqatga yaqin hisoblanadi. Bunday mamlakatlardagi 
qarzdorlar qarz beruvchini bu kabi riskdan ozod qilish uchun yuqori foiz 
stavkasini to’lashiga to’g’ri keladi. Boshqa bir foiz stavkasining mamlakatlararo 
har xilligining yani bir sababi valyuta kursining o’zgarib turish tahminidir. 
Masalan, deylik odamlar Meksika p’esosi AQSh dollari qiymatiga nisbatan 
pasayib ketishini tahmin qilmoqda. So’ngra kredit pesoda to’lanadigan bo’lsa, 
demak kredit dollarda amalga oshirilishidan ko’ra qadrsizroq valyutada to’lanadi. 
Ushbu tahmin qilinayotgan zararni qoplash uchun Meksika valyutasining foiz 
stavkasi AQShning foiz stavkasidan yuqoriroq turadi.
Shunday qilib, har ikki davlat riski va kelajakda valyuta kurslarining 
o’zgarish tahminlari, shuningdek kichkina ochiq iqtisodning foiz stavkalari 
dunyodagi boshqa iqtisodiy jarayonlardagi foiz stavkasidan farqlanishi mumkin.

Download 376,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish