2-mavzu: Brend tasnifi: asosiy turlari va farqlari
Brendning individuallik xususiyati. Brendni yaratish modellari va ularni korxona faoliyatida qoʼllash xususiyatlari. Brendlar yaratishning kreativ va ruhiy texnologik jihatlari. Brendingning afsonaviy ildizlari. 4D-brending va undan foydalanishning yutuq va kamchiliklari. Tovarlarni qadoqlash, firma belgisi, logotip va atributlar. Brend nufuzi, joylashtirish va tashqi kelajagi, brendning qadri va brend oʼlchamlarining mohiyati. Haqiqiy va soxta brendlar va ularni aniqlashning xususiyatlari. Isteʼmolchilar qarorlar qabul qilishi uchun axborotlarni tayyorlash va qayta ishlash. Tovar nomini tanlash bosqichlari. Korxonaning marketing faoliyatini makro va mikro segmentlash va unga taʼsir koʼrsatuvchi omillar. Sanoat tovarlari brendingi. Keng isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishda brendingning tutgan oʼrni
3-mavzu: Distinatsiyalar brendingi va mehmonxona xo‘jaligi
Brending kontseptsiyasi va uning marketing kontseptsiyasidan farqi. Аnʼanaviy, savdo markasi faolligini boshqarish, empirik va brend-bilding. Markali strategiyalar modeli. Marketing majmuasi asosida brendlarni boshqarish tizimi. Brendlar tanlovini tashkil etish va uning xususiyatlari. Bozorni segmentlash va uning xususiyatlari. Аnʼanaviy marketing kontseptsiyasi va marketing kommunikatsiyasi strategiyasi. Empirik marketing strategiyasining mohiyati va brendingda tutgan oʼrni. Korxonaning raqobat ustunliklari modeli va unga taʼsir koʼrsatuvchi omillarning turkumlanishi. Markali strategiyalarning turkumlanishi. Strategik brend-menejmentning xususiyatlari. Kellerning - SVVE modeli. D.Аrnoldning: qabul qilish kartasi modeli. D. Аakerning: brendning markaziy yakkalik modeli. Savdo markalarini boshqarish va yangi savdo markasini yaratishning xususiyatlari. Savdo markalarini reklama qilishning uch modeli. Maqsadli bozor xaridorlari talabini oʼrganish usullari. Bozorni modelashtirish usullari.
4-mavzu: Neyming: brending muvafaqqiyatli nomlanishi
Brend qiymatining mohiyati va asosiy xususiyatlari. Savdo markasini miqdor va sifat jihatdan baholashning ahamiyati. Brend qiymatini aniqlashning asosiy usullari. Savdo belgisiga sarflangan sarmoyalarning qaytish normasini aniqlash. Brendning qiymatini aniqlashda qoʼllaniladigan asosiy koʼrsatkichlar tizimi. Xarajatlar va ularning taʼsirini aniqlash usullari. Brendning bozor qiymatini aniqlash usullari: qoʼshimcha daromad usuli (Premium Profit, Economic Value Added (EVA)), kelajakdagi daromadlar usuli (Future Earnings), brendning bozor qiymatidan firma aktivlari qiymatini chegirish usuli (The Brand Consultancy), ortiqcha daromadlar usuli (Excess Earnings), brendni joylashtirish uchun ketadigan xarajatlarni hisoblash usuli (Expenses to Substitution), brendni rivojlantirish uchun sarflanadigan umumiy xarajatlar usuli (Activity Based Costing (ABC), diskonlash stavkasi usuli (Discount Rate), brendni ekspert baholash usuli (Expert Valuation), kompleks baholash usuli (Interbrand). Litsenziyalash va franchayzingning brendingda tutgan oʼrni va mohiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |