Iqtisodiyot va menejment


-chizma. Daromad o‘zgarishining byudjet chizig‘iga ta’siri



Download 1,47 Mb.
bet8/19
Sana16.01.2020
Hajmi1,47 Mb.
#34409
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
1 Iqtisodiyot nazariyasi ma'ruzalar


13-chizma. Daromad o‘zgarishining byudjet chizig‘iga ta’siri.

O‘z navbatida narxning o‘zgarishi ham byudjet chizig‘idagi turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi (14-chizma). Jumladan:

1) V tovar narxining pasayishi byudjet chizig‘i burchagining o‘zgargan holda yangi chiziq hosil bo‘lishiga olib keladi (M chiziq);

2) B tovar narxining oshishi byudjet chizig‘i burchagining o‘zgargan holda yangi chiziq hosil bo‘lishiga olib keladi (N chiziq):



3) A va V tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski chiziqqa parallel bo‘lgan yangi chiziq hosil bo‘ladi (L chiziq).

A tovar

L


N

M

0 V tovar





14-chizma. Narx o‘zgarishining byudjet chizig‘iga ta’siri.
Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi, deb taxmin qilinadi:

  1. mavjud va cheklangan byudjetdan to‘liq foydalaniladi;

  2. ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.

Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:

Birinchidan, tanlov nuqtasining byudjet chizig‘ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uni barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta byudjet chizig‘idan chapda yotsa – uning to‘liq sarflanmaganligini, o‘ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tuShunamiz.

Ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari to‘plami eng ma’qul ko‘rilgan kombinatsiyada bo‘lishi lozim.






A

·S
· D

· F I3

I2

I1

0 B


15-chizma. Iste’molchining optimal tanlovi.
15-chizmada uchta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan bo‘lib, ular iste’molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng Yuqori darajadagi qoniqish; I2 – o‘rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar. Iste’molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, Chunki D nuqta unga nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng ko‘p ehtiyojni qondirishi mumkin, biroq u byudjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi.

D nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, Chunki bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining byudjet chizig‘i bilan kesishgan joyida yotadi.


Xulosalar:


  1. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi – iqtisodiy tizimning samarali va moslaShuvchan dastagidir. Bozor mexanizmining o‘ziga xos xususiyati Shundaki, uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa narxning talab va taklif hajmiga ta’siri hamda ularning o‘zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyatini belgilab beradi.

  2. Talab – ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qonuniga muvofiq narxning o‘sib borishi talabning qisqarishiga olib keladi, talabning kengayishi esa narxning o‘sishiga olib keladi. Shuning uchun narx (mustaqil o‘zgaruvchi) bilan talab (tobe’ o‘zgaruvchi) o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud.

  3. Talab ikki xil yo‘nalishda o‘zgaradi: biri talab hajmining o‘zgarishi bo‘lib, talab egri chizig‘i bo‘ylab xarakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o‘zgarishi bo‘lib, talab egri chizig‘ining o‘zini o‘nga Yuqoriga yoki chapga pastga qarab siljitadi.

  4. Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori bo‘lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan belgilanadi, ammo aynan unga bog‘liq emas, Chunki zaxira, eksport va import omillari ham taklif qilinadigan tovarlar mikdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Taklif bilan narx o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud, narxlarning o‘sishi taklifning o‘sishiga olib keladi va aksincha.

  5. Talab va taklifning o‘zaro ta’siri natijasida bozor muvozanati vujudga keladi. Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi.

  6. Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur.

Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq.

Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish imkoniyatini taqazo qiladi.

Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi. Qisqa davrli muvozanatlikda taklif hajmining oshganligi munosabati bilan bir zumlik muvozanat holatida o‘rnatilgan narxga nisbatan past narx o‘rnatiladi.

Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi. Uzoq davrli muvozanatlikda qiska davrga nisbatan past narx o‘rnatiladi.



  1. Xo‘jalik amaliyoti uchun bozor sub’ektlarining narx o‘zgarishiga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchanligi ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqaruvchilar yalpi tuShum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan bo‘lsa, narx bilan yalpi tuShum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegiluvchan bo‘lsa xarakat bir tomonlama bo‘ladi.


Asosiy tayanch tushunchalar:
Talab – iste’molchi ma’lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olishga qodir bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir.

Talab egri chizig‘i – grafikda narx va talabning hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o‘rtasidagi teskari yoki qarama –qarshi bog‘liqlikni ifodalaydi.

Taklif – ishlab chiqaruvchi ma’lum vaqtda ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan, narxning har bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar miqdoridir.

Taklif egri chizig‘i – narx va taklifning hajmi o‘rtasidagi to‘g‘ridan –to‘g‘ri bog‘liqlikning grafikdagi tasviridir.

Taklif qonuni – narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bevosita yoki to‘g‘ridan–to‘g‘ri bog‘liqlikni ifodalaydi.

Taklif (talab) ning egiluvchanligi – narx 1% o‘zgarganda talab necha foiz o‘zgarishini ko‘rsatadi. Bu talabning narx bo‘yicha o‘zgaruvchanligi ham deyiladi.

Daromad samarasi – narx pasayganda iste’molchi pul daromadlarining sotib olish layoqatining ortishidir.


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:


  1. Talab qonunini tuShuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?

  2. Taklif qonunini tuShuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?

  3. Don birjasida bug‘doyga bo‘lgan talab va taklifning umumiy hajmi quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi deb faraz qilamiz:



Talab, ming sentner hisobida

Bir sentner narxi (so‘m) hisobida

Taklif ming sentner hisobida

Ortiqcha (+) yoki kam (-)

85

80

75



70

65

60



3400

3700


4000

4300


4600

4900


72

73

75



77

79

81






a) Bozor narxi yoki muvozanatli narx qanday bo‘ladi?



Bug‘doyning muvozanatli miqdori qancha? 4-ustunni to‘ldiring va natijalarini tuShuntirib bering; b) Shu ma’lumotlardan foydalanib bug‘doyga bo‘lgan talab va taklifning grafik shaklidagi tasvirini bering. Muvozanatli narx va muvozanatli miqdorni aniqlang; v) nima uchun 3400 so‘m bu bozorda muvozanatli narx bo‘la olmaydi? 4900 so‘m-chi? g) Endi davlat bug‘doyning eng Yuqori narxini 3700 so‘m qilib belgiladi deb faraz qilamiz. Bunday narx qanday oqibatlarga olib kelishini batafsil tuShuntiring. O‘z javoblaringizni grafikda tasvirlang.

4. Talab va taklifning quyidagi o‘zgarishlarining har biri raqobatli bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Javoblaringizning to‘g‘riligini tekshirish uchun talab va taklif diagrammasidan foydalaning.

a) taklif qisqaradi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; b) talab qisqaradi, taklif esa o‘zgarishsiz qoladi; v) taklif ko‘payadi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; g) talab ortadi va taklif ham ko‘payadi; d) talab ortadi, taklif esa o‘zgarishsiz qoladi; e) taklif ko‘payadi, talab esa qisqaradi; j) talab ortadi, taklif esa qisqaradi; z) talab qisqaradi va taklif ham qisqaradi.
8-mavzu. Raqobat va monopoliya (4 soat)
1- ma’ruza mashg‘uloti


  1. Raqobatning mohiyati,obe’ktiv asoslari va rivojlanish bosqichlari.

  2. Raqobatning shakllari va usullari.

  3. Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari.

Bozor iqtisodiyoti o‘zining etuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib, «Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb ta’kidlaydi.1 Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlarni yoritib berish mazkur mavzuning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi.

Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi.

Resurslarni etkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, er-suv, ishchi kuchi) Yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.

Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar.

Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnaShuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi Yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.

Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilish usulini davom ettirgan holda quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin (1-chizma).



Iste`molchi va xaridorlar o`rtasida

Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o`rtasida

Raqobat


Ko`proq naflilikka erishish

Ko`proq foyda olish

Asosiy maqsadlari


1-chizma. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari.
Chizmadan ko‘rinadiki, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana Shu foyda orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralari, Ya’ni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi.

O‘z navbatida xaridorlar, Ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga harakat qiladi.



Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, ular Shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati Shu manfaatga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi sub’ektlar manfaatlarining to‘qnaShuvidan iborat bo‘lishini aniq tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.

Aksariyat holatlarda raqobatni bevosita tovarlar yoki tarmoqlar o‘rtasidagi kurash sifatida ta’riflaydilar: «Tovarlar hamda ularning ishlab chiqaruvchilari – firmalar, tarmoqlar, mamlakatlar o‘zaro raqobatlashadilar. Shunga ko‘ra, raqobat va raqobatbardoshlikni ham tovarlar, ham tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ko‘rib chiqish mumkin».48

Shu o‘rinda raqobatning tovarlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat sifatida qaralishi ilmiy jihatdan noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida kishilar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘rganadi. Raqobat kurashi ham, Yuqorida qayd etilganidek, Shunday munosabatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tovarlar esa, o‘zida qiymat va naflilikni mujassamlashtiruvchi mehnat mahsuli sifatida o‘zaro munosabatga kirisha olmaydilar. Faqat kishilar o‘rtasidagi raqobat munosabatlarini namoyon etishda vositachilik rolini o‘ynaydilar.

Ma’lumki, kurash – bu o‘z manfaatini himoya qilish, raqibni engib chiqish hamda g‘olib bo‘lish uchun harakat, turli vosita va usullarni ishga solish demakdir. Tovarlar esa raqobat jarayonida o‘zlarining raqobatbardoshlik xususiyatlarini bevosita o‘zgartira olmaydilar, Ya’ni kurasha olmaydilar. Ularning bu jarayondagi ishtiroki passiv hisoblanadi. Tovarlarning raqobat kurashida engib chiqishi ular ishlab chiqaruvchilarining hatti-harakati va salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda firma va tarmoqlar, qolaversa mamlakatlar o‘rtasidagi raqobat ham pirovardida ularning tarkib toptiruvchilari hisoblangan tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi raqobat orqali namoyon bo‘ladi.

Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo‘ladi.

Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. tartibga solish vazifasi;

  2. resurslarni joylashtirish vazifasi;

  3. innovatsion vazifa;

  4. moslashtirish vazifasi;

  5. taqsimlash vazifasi;

  6. nazorat qilish vazifasi.

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan Shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, Ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.

Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.

Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.

Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning Shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.

Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.

Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.

Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.

Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.

Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.

Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi.

Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi.

Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.



Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, Ya’ni Shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.

Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, Shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.

Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari: po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir va Shu kabilar - fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va Shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.

Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmaydi.

Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda alohida-alohida, Ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o‘rganish, cheksiz ko‘p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko‘rsatadi.

Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib bormoqda. Jumladan, turli monopollaShuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lishiga ko‘ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:


  1. monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;

  2. monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;

  3. turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;

  4. monopolistik birlashmalar o‘zining ichidagi raqobat.

O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.

Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‘lgan korxonalar borligi sababli Shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi.

Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muauyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.

Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi Yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.

Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng Yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi Yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. YAngi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu erda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, Shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi Shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».

Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol raqobatlaShuv usullari ham ajratib ko‘rsatiladi. RaqobatlaShuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (Ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur etkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. G‘irrom raqobat orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni etkazib beruvchilarni material va kredit berishdan voz kechirish, etakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.



Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi. Shu o‘rinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

    • qalbaki bellaShuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;

    • boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko‘zbo‘yamachilik kabi salbiy holatlarga barham beradi;

    • qarindosh-urug‘chilikni, oshna-og‘aynigarchilikni, tanish-bilishlikni, ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi.49

Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.

Narx vositasida raqobatlaShuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining Shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.

Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi keraq bo‘ladi. Faqat Shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tuShurish imkoniyatini beradi.

Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past bo‘lgan narxlarda sotadi.

Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga xaraqat qiladi.

Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, muauyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.

Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham Shunday xaraqat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat tarmoq bo‘yicha foydani kamaytiradi.



Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.

Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.

Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.

Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi.

Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma, o‘z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi, korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; maxsulotlari o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.

Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi.

Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligicha qolaveradi.

Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o‘rin tutadi. Buning sababi Shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan sotiladigan tovar hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar.

Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amal qilish xususiyatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.

2- ma’ruza mashg‘uloti


  1. Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy oqibatlari.

  2. Monopoliyaga qarshi qonunchilikning shakllanishi. Monopolistic korxonalarni tartibga solish usullari.

3.O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik.
Monopoliya tushunchasiga turli o‘quv adabiyotlarida turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, ba’zi o‘rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutloq huquqi»50 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba’zi adabiyotlarda - yakka) hukmronlik holati»51 deb ta’riflanadi. Bu ta’riflardagi monopoliyaning «mutloq huquq» yoki «har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta’riflash o‘rinli deb hisoblaymiz: monopoliya – monopol Yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol Yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.52

«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (Ya’ni, grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.

Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishini namoyon etadi.

Ishlab chiqarish to‘planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko‘paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, Ya’ni unga qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o‘sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to‘planishining moddiy asosi bo‘lib kapitalning to‘planishi va markazlaShuvi hisoblanadi.



Kapitalning to‘planishi – bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko‘rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.

Kapitalning to‘planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to‘ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishidir.

Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to‘planishi farqlanadi.

Ishlab chiqarishning gorizontal to‘planishi – bu milliy iqtisodiyotning ma’lum tarmog‘i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklaShuvidir. U erkin raqobat davri, Shuningdek, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to‘planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi.

Ishlab chiqarishning vertikal to‘planishi – bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to‘planishidir. U ilmiy-texnika inqilobi sharoitlarida keng rivojlandi.

Ishlab chiqarishning to‘planishi o‘z rivojining ma’lum darajasida monopoliyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to‘planishi hamda monopoliyalarning paydo bo‘lishi o‘rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

1) tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega bo‘lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi;

2) yirik korxonalar o‘rtasidagi raqobat juda qaltis bo‘lib, ular uchun katta miqyosdagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, raqobatni cheklash, tovarlarga Yuqori narxlar belgilash va Yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishlar lozim bo‘ladi.

Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to‘planishidan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:

1) davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo‘qotib, monopoliyalarning paydo bo‘lishiga sharoit yaratadi;

2) banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o‘sishiga imkon beradi.

Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko‘ra ajratish mumkin.



1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya.

Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O‘zbekiston havo yo‘llari» DAK, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarini keltirish mumkin.

Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy Shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHarg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.

Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «O‘zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi engil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan ko‘plab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega bo‘ladi.

2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya.

Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib bo‘lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega bo‘lgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o‘ziga xos texnologiyaning qo‘llanishi sababli raqobatni rivojlantirib bo‘lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi.



Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi bilan tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi xo‘jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi.

Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish mumkin:

1) patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutloq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga oshiriladi;

2) mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi;

3) tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va boshqalarni ro‘yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.

Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.

Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishini ataylab o‘zgartiradi, Ya’ni:

- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli to‘siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);

- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;

- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi;

- o‘z faoliyatini Yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.

Cun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi.

Kartel – bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, Ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha keliShuv asosida amalga oshiriladi.

Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.

Trest – ishlab chiqarish vositalari va tauyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi birlashmasi.

Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlaShuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).

Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab o‘tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.

Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi.

Birinchidan, Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi.

Ikkinchidan, monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlaShuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi. Chunki, uncha yirik bo‘lmagan raqobatlaShuvchi korxonalarning odatda moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko‘ra, ko‘proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g‘oyalar raqiblar tomonidan juda tez o‘zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g‘oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo‘lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.

Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko‘rsatish mumkin:

1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning Yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko‘tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo‘lmagan turlarini, past texnikaviy darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.

Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo‘ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyasiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi.



2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda Yuqori foyda olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi.

3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlaShuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda Yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to‘g‘risida qayg‘urish kabi hatti-harakatlardan qaytaradi.

4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo‘lgan korxonalarni o‘zlariga bo‘ysundirishlari, jamiyatga o‘z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to‘lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o‘zlarining kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin.

Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. Shunga ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo‘ladi.

Odatda AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi:

1. Sherman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar bo‘yicha keliShuvlarni taqiqlaydi.

2. Kleyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma’lum ko‘rinishdagi birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshkalarni taqiqlaydi.

3. Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi.

1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.

Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.

Iqtisodiyotda monopollaShuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, Yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, Ya’ni iqtisodiyotning monopollaShuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, Shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart qilib qo‘ymoqda. Bu borada ham juda ko‘p echilmagan muammolar bor. Ya’ni, eski ma’muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralaShuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etishimiz zarur».53

Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, Shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga ko‘proq imkon yaratadi.

Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:

a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo‘lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;

b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning Yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas.54



O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu erda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo qiladi, Chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.

Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga etkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.

Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.

Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo‘nalish, Ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo‘lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolistlar hatti-harakatiga qarshi o‘rnatilgan.

Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:

- xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiste’mol qilinishi (5-modda);

- xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o‘zaro kelishilgan hatti-harakatlari) (6-modda);

- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyati organlarining raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan hatti-harakatlari (7-modda);

- insofsiz raqobat (8-modda).

Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo‘mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan u Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi.55

Respublikada monopol mavqeiga ega bo‘lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi.

Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muauyan mahsulotlar bozordagi Shu turdagi mahsulotning 35%idan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan.

Respublikada monopoliyalar ro‘yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko‘rsatish lozim:

1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng Yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish.

2. O‘z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob’ektlarning xo‘jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g‘irrom raqobatga, Shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.

Tabiiy monopoliyalarni davlat yo‘li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, Shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni belgilashni o‘z ichiga oladi.

Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan Shu maqsadda monopolist-korxonalar Davlat reestri yuritiladi. Ushbu reestrlarga ma’lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lgan korxonalar kiritiladi. Reestrga olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z mahsulotlarining narx (tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya organlarida deklaratsiyadan o‘tkazishlari shart.



Keyingi yillarda Davlat reestrini yuritish uslubiyotini takomillashtirib borish, kichik va o‘rta tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investitsiyalarining kirib kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar salmog‘ining oshishi va boshqa omillar ta’sirida ko‘pgina monopolist korxonalar tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi munosabati bilan Davlat reestridan chiqarilmoqda. Agar 1999 yilning 1 oktyabr holatiga reestrda 716 xo‘jalik yurituvchi sub’ekt 1924 turdagi mahsulot, ish, xizmat bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2003 yilning 1 yanvar holatiga 386 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 247 ta mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar turlari bo‘yicha hisobga olingan. Umuman olganda, 2003 yilning 1 yanvariga kelib monopolist-korxonalar soni 1996 yilga nisbatan 2,5 barabarga, monopol mahsulotlar soni esa 17 barobarga qisqardi.

Respublikada faqat 2003-2004 yillar davomida monopol mavqeidagi 1418 ta aksionerlik jamiyatlari aksiyalari paketi, 494 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlaring ustav fondidagi davlat ulushi, 1657 ta korxona va ob’ektlar to‘liq mulk majmualari sotildi va mustaqil korxonalarga aylantirildi.56 Natijada, sobiq tarmoq vazirliklari negizida tuzilgan respublika xo‘jalik birlashmalari («O‘zgo‘shtsutsanoat», «Oziq-ovqat sanoat», «O‘zeltexsanoat» uyushmalari va boshqalar) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar deyarli qolmadi, boshqalarida esa, («O‘zbekengilsanoat» DAK, «O‘zdonmahsulot» AK va boshqalar) bunday korxonalar soni keskin qisqardi. Tarmoqlarda monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o‘rnida mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu esa raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib keldi.

Xulosalar:


  1. Raqobat bozorning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlashga imkon yaratadi.

  2. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat eng avvalo ikki turga - tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopollashgan raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.

  3. Erkin raqobat va monopoliya real hayotda kam uchraydi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining holatini monopollashgan raqobat va oligopoliya tavsiflaydi. Monopollashgan raqobatda juda ko‘p mayda firmalar tomonidan turli-tuman tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi, Shuning uchun sohaga kirish qiyin emas.

  4. Raqobat – xo‘jalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog‘liqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo‘jalik yuritishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi – alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilib xukmronlik mavqeiga erishishiga halaqit beruvchi asosiy omildir.

  5. Monopoliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam bo‘lgan juda murakkab jarayondir. O‘zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko‘plab tarmoqlarda xukmron mavqega ega bo‘lgan korxonalar (ular yagona korxona-tarmoq sifatida ish yuritishar edi) xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada tarmoqda raqobat muhiti shakllantirildi.

  6. Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlaShuvchi sub’ektlar ishchanligini susaytirmaydigan darajada etarlicha egiluvchan bo‘lishi darkor.


Asosiy tayanch tushunchalar:
Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnaShuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi Yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.

Tarmoqlar ichidagi raqobat - ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boruvchi kurash.

Tarmoqlararo raqobat - turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng Yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash.

G‘irrom raqobat - raqobatlaShuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (Ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur etkazish va h.k.) usullaridan foydalanish.

Halol raqobat –jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslangan raqobat kurashi.

Narx vositasida raqobatlaShuv - ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining Shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi asosidagi kurash.

Narxsiz raqobatlaShuv - asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblangan kurash.

Monopoliya – monopol Yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol Yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.

Ishlab chiqarishning to‘planishi - ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishi.

Kapitalning to‘planishi – qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishi.

Kapitalning markazlaShuvi – bir kapital tomonidan boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati va boshqa shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishi.

Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi, va binobarin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.

Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati.

Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati.

Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati.

Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.

Legal (qonuniy) monopoliya – qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat.

Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.

Kartel – bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, Ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha keliShuv asosida amalga oshiriladi.

Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.

Trest – ishlab chiqarish vositalari va tauyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi birlashmasi.

Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlaShuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).

Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi.

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:


  1. Raqobatning mohiyati va maqsadini tuShuntirib bering.

  2. Raqobatning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Bu vazifalarning bir-biridan farqini ajratib ko‘rsating.

  3. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos belgilarini ko‘rsating.

  4. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tuShuntirib bering.

  5. Halol va g‘irrom raqobatlaShuv usullariga nimalar kiradi?

  6. RaqobatlaShuvning demping narxlarni qo‘llash usuli qanday sharoitlarda amalga oshiriladi?

  7. Monopoliya nima va uning vujudga kelishining iqtisodiy asoslari nimalardan iborat? Monopoliyaning qanday turlari mavjud?

  8. Kapitalning to‘planishi va markazlaShuvi o‘rtasida qanday farq bor?

  9. Tabiiy, legal va sun’iy monopoliyalarning bir-biridan farqlanishini ko‘rsating.

  10. Monopoliyaning ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

  11. Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga qarshi qonunchilikning mohiyati qanday?

  12. Raqobat muhitining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

  13. O‘zbekistonda raqobatni qo‘llab-quvvatlovchi va monopoliyaga qarshi kuraShuvchi qanday tashkilotlar mavjud hamda ular qachon tashkil etilgan?


9-mavzu. Narxning mohiyati va shakllanish xususiyatlari (4 soat)
1- ma’ruza mashg‘uloti


  1. Narxning mazmuni va obe’ktiv asoslari

  2. Narxning hajmiga ta’sir etuvchi omillar va narxning vazifalari.

  3. Narx turlari va ularning mazmuni.

Narx – bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U o‘zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bo‘yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirib, sog‘lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu bobda biz narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari va uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, narx turlarini batafsil bayon etamiz. Shuningdek, turli darajadagi raqobat sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari, davlatning narx siyosati va uning O‘zbekistondagi o‘ziga xos jihatlarini ham ko‘rib chiqamiz.

Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.

Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, lekin doimo bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo‘lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat Shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o‘quvchiga oldingi boblardan ma’lumdir.

Oldingi o‘rinlarda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud sharoitda Shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda etishini aytib o‘tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana Shu ikki xil xususiyatning, Ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda iste’mol qiymat (naflilik) qiymatni o‘zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to‘g‘ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif berilmoqda.

Buning ustiga narxning darajasiga (uning baland yoki past bo‘lishiga), uning o‘zgarishiga turli xil omillar ta’sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tuShunishni bir oz chigallashtiradi.

Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida hamda oldingi siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm yo‘nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida, Shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarida tovar narxining asosini uning nafliligi, ayniqsa qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafligiga alohida e’tibor beriladi.

Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.

Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida tovarning ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki nazariyaning mohiyati, mazmuni va ularning narxni to‘g‘ri aniqlashdagi roli beriladi, lekin narxning asosida nima yotishi haqida aniq fikr berilmaydi.

Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo‘lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to‘la tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o‘zi deb qarash noto‘g‘ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki Yuqori bo‘lishi mumkin.



Jumladan, o‘zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat — narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko‘rsatadi. Bu erda Shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste’mol xususiyatlari o‘zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, Ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi.

Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va Shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o‘zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qiymatga egaligini ko‘rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o‘zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko‘rinishida ifoda etadi.

Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo‘lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi o‘z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko‘proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo‘lgan qiymatni pul shaklida o‘zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir birligiga ko‘proq naflilikka (iste’mol qiymatiga) ega bo‘lishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx o‘rnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo‘ladi.

Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun biz quyidagi 1-chizmaga e’tiborni jalb etamiz.




Nafliligi (iste`mol qiymati)


Ijtimoiy nafliligi

Ijtimoiy naflililikning puldagi ifodasi

Ijtimoiy zaruriy sarflar (mehnat va moddiy)

Tovar

Narxi


Qiymati



Ijtimoiy qiymati

Ijtimoiy qiymatning puldagi ifodasi



1-chizma. Tovardagi ikki xil xususiyatlarning narxdagi ifodasi.
Bu chizmadan tovarning narxi ma’lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi, tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular bilan chambarchas bog‘liqlikda o‘zgarishini ko‘rish mumkin. Undan tashqari, hozirgacha real hayotda turli-tuman tovarlar va xizmatlar nafliligini, ularning o‘zgarishini bir ko‘rsatkichga keltirib hisoblashning pul ko‘rinishidan boshqa o‘lchami iqtisodiy fanlarda topilgan emas. Naflilikning marjinalistlar tomonidan kiritilgan shartli o‘lchami – yutil (inglizcha utility - naflilik) ham turli tovarlar nafliligi hisobini olib borishga qodir emas.

Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki, narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.



Bu erda Shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o‘z ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda o‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi.

Masalan, avtomobil dvigatelida ot kuchining oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va tezligida bo‘lgan o‘zgarishlar uning narxi oshishiga sabab bo‘ladi. Chunki Shu o‘zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan xarajatlar ham oshgan bo‘ladi. Bunday ikki tomonlama o‘zgarishlar natijasida narxlarning o‘zgarishi hamma tovarlar va xizmatlarga xosdir. Narx tovar va xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi sifatida, ularning o‘zgarishi natijasida o‘zgaradi.

Shuning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat o‘zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi (2-chizma).


Ijtimoiy nafliligi

O`zgarmas yoki qiyosiy narxlarda

Real maxsulot, yaratilgan tovar va xizmatlar summasi

Yaratilgan tovar va xizmatlar

Yaratilgan tovar va xizmatlarni

hisoblash



Tovar va xizmatlarning

puldagi ifodasi



Ijtimoiy qiymat

Joriy, ya`ni o`zgaruvchi narxlarda

Nominal mfhsulot, ya`ni Tovar va xizmatlarning joriy narxdagi qiymati


2-chizma. Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini hisoblashda qo‘llanishi.

Narxning mazmunini to‘laroq tuShunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo‘lib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi (3-chizma).




Tovar ishlab chiqarishdagi ijtimoiy zaruriy sarflar (qiymat)


Raqobat kurashlari

Turli xil to`g`ri soliqlar

Davlat iqtisodiy siyosati

Tovar yoki xizmatning nafliligi

NARX





Talab va taklif nisbatlari

Pulning qadr-qimmati


3-chizma. Narxga ta’sir qiluvchi omillar.
Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab bo‘ladi. Masalan, talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan baland bo‘lsa, ijtimoiy qiymat o‘zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan oshiq bo‘ladi, yoki aksincha taklif talabga nisbatan ko‘proq bo‘lsa, ijtimoiy qiymat o‘zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past bo‘ladi.

Hozirgi davrda chop etilayotgan ko‘plab iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarda narx darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatorida pulning qadr-qimmati e’tibordan chetda qolmoqda. Xolbuki, pulning qadr-qimmatining o‘zgarishi ham narx darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu, ayniqsa, milliy valyutaning chet el valyutalariga ayirboshlanish nisbatining o‘zgarishi orqali yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Masalan, 1 AQSH dollari 1000 so‘mga teng bo‘lgan chog‘da 10 dollar turuvchi qandaydir tovarning narxi 10000 so‘m bo‘ladi. Agar, so‘mning qadri oshib, 1 dollar 800 so‘mga tenglashsa, u holda Shu tovarning narxi 8000 so‘m bo‘ladi.

Narx darajasiga boshqa omillarning ta’siriga alohida to‘xtalmasa ham bo‘ladi. Chunki soliq miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, narx darajasi Shuncha Yuqori bo‘lishi hammaga ayondir.

Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko‘rib chiqilganda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.

Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:



  1. Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi - bu muvozanatli narx bo‘lib, u birinchidan, tovarlarni sotilishi ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydi.

  2. Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, Chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2 , m3 kvt-soat va hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni Shu holicha taqqoslab umumiy ko‘rsatkichga keltirib bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning umumiy o‘lchovi ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil asos qilib olinib (bazis yil) ishlab chiqarishning natijalari Shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. YAlpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va Shu kabi qo‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflyasiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsatmasligi mumkin.

  3. Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda ularning nisbatiga bog‘liq. Talabning ortishi muauyan tovarni ishlab chiqarishni kengaytirishi, askincha hol esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni qisqsartirrish zarurligini bildiradi. Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ularning daromadlari orqali ta’sir ko‘rsatadi. Muauyan ishlab chiqarish harajatlari saqlangan holda narx yukori bo‘lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rishi ham mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Narx oshsa ishlab chiqarish kengayadi. Boshqa kapitallar ham foyda Yuqori bo‘lgan soha va tarmoqlarga oqib kela boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o‘zgartirib turadi va rivojini ta’minlaydi.

  4. Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z raqiblarini engish uchun narxni pasaytirish usulidan foydalanishlari mumkin. Demak, narxni o‘zgartirib turish usuli raqobatda keng qo‘llaniladi.

  5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar bo‘yicha sotilganda bajariladi. Bunda ular davlat byudjeti va turli hayriya mablag‘lari hisobiga moliyaviy ta’minlanadi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste’molchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning respublikamizda 1991 yildan 1995 yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalangan narxlarda, cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsion va haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farq byudjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi. Shunday qilib, narx bozor munosabatlarining vositasi sifatida bir-biri bilan uzviy bog‘langan muhim vazifalarni bajaradi.

Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruriyatini tug‘diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.



Ulgurji narxlar. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko‘rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narxlar tovar birjalari va savdo uylarida ham qo‘llaniladi.

Shartnoma narxlar. Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. SHartnoma narxlar odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o‘zgarmaydi. Mazkur narxlar ham milliy va ham xalqaro bozorda qo‘llaniladi. U xalqaro bozorda qo‘llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.

Chakana narxlar. Bu narxlarda tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladi. CHakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. CHakana narx tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni bog‘lovchi rolini o‘ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab Yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.

Davlatning narxlarni tartibga solishlik faoliyati chegaralangan (limitlangan) va dotatsiyali narxlarni vujudga keltiradi. Chegaralangan narxlarda davlat narxlarning Yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular Shu doirada o‘zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyasiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx — bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda foydalaniladi.



Demping narx. Bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi.

Sotish hajmini o‘zgartirmasdan Yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar nufuzli narxdan foydalanadi. Bu narxni qo‘llash uchun bozorda raqobat cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog‘liq bo‘lmaydi, Shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining Yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi.

Rivojlangan mamlakatlarda Yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega bo‘lish, mashhur kurortlarda dam olish, oxirgi nusxadagi kiyimlar kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish — martabali yoki obro‘talab iste’mol hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular odatdagi narxlardan ancha Yuqori bo‘ladi. Nufuzli narxlarni qo‘llashda tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o‘zgarishi va bozordagi raqobatlaShuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan qat’iy (standart) narxlar va o‘zgaruvchan narxlar qo‘llaniladi. Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi o‘zgarmasligini afzal ko‘radi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati ta’riflari Shunday narxlar jumlasiga kiradi.

Erkin bozor narxlari — bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narxlar jamiyat va bozor munosabatlari barcha sub’ektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirishga imkon beradi.

Narx diapazoni narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, o‘rta va Yuqori narxlarni o‘z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik katta bo‘lsa, tovar muomalasi Shunchalik tez yuz beradi, Chunki talab bilan narx o‘zaro bog‘lanadi.

Bozor ko‘lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud bo‘ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘lib, u Shu hudud doirasidagi omillar ta’siridan hosil bo‘ladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-harajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon bozori narxi muauyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.

Narx xilma-xil turlardan iborat bo‘lsada, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, Chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog‘liq bo‘lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxiga kiradi, Chunki bu narxlarning har biri o‘zidan keyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Bozorga Shunday o‘ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko‘pchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Bular metall, neft, ko‘mir, gaz, yog‘och, bug‘doy, paxta kabi tovarlar bo‘lib, ular narxining o‘zgarishi butun narxlar nisbatini o‘zgartiradi.
2- ma’ruza mashg‘uloti


  1. Raqobatning turli ko‘rinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari.

  2. Narx siyosati va uning O‘zbekistonda amalga oshirilish xususiyatlari.

  3. Narxlarni erkinlashtirirsh yo`llari va bosqichlari.

Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta’sir ko‘rsatadi, Chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra, talab va taklif miqdoriga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatiga ko‘ra bozordagi raqobatning turli ko‘rinishlari farqlanadi. Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda iste’molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko‘p bo‘lib, ularning ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirish orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sezilmaydi. Nomukammal raqobat sharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki iste’molchilar (xaridorlar)dan birining soni cheklangan bo‘lishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va, pirovardida, bozordagi narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Bunday raqobat turli darajalaridagi narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.

Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya sharoitida narxlarning shakllanish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, Ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud bo‘ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning Yuqori va quyi darajalari mavjud. Sotuvchi o‘z tovari narxining imkon qadar Yuqori bo‘lishidan manfaatdor, Chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni boshqalardan Yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi Shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor tovarni eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo‘ladi. Xaridor narxining Yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga teng bo‘lishi kerak.

Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki narxning mosligi ta’minlangunga, Ya’ni bozor narxi paydo bo‘lgunga qadar davom etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo‘ladi. Bu holatni Marshall Shunday ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» prinsipi hamda «so‘nggi qo‘shilgan naflilik» prinsipi, Shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash mumkin».57

Shu o‘rinda, biz tomondan IV-bobda bildirilgan fikr-mulohazalarni yana bir bor esga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ya’ni, mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishida talab va taklifning ta’sirida, A.Marshall ta’kidlaganidek, so‘nggi qo‘shilgan naflilik va ishlab chiqarish xarajatlari emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari yotadi.

Talab va taklifning muvozanati mukammal raqobat bozoridagi narxning shakllanishiga muvofiq keladi (3-chizma).

Chizmadan ko‘rinadiki, faqat narxning RE darajasidagi talab miqdoriga ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq keladi. Narxning bu darajadan har qanday pasayishi talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har qanday Yuqori bo‘lishi esa, taklifning talabdan oshib ketishini keltirib chiqaradi.

P D S

PA

RE E


PB

QE Q
3-chizma. Mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishi.
Narxning RA darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi. Chunki, tovarlarning sotilmay, to‘planib qolishi bilan sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat kuchayib, ular o‘z tovarlarini tezroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar.

Narxning RV darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bu holatda talab taklifdan oshib ketib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega bo‘lish uchun bir-biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira boshlaydilar.

Bozordagi yagona muvozanatlashgan, nisbatan uzoq vaqt barqaror amal qiluvchi narx sifatida talab hajmi taklif hajmiga muvofiq kelgan holdagi narx RE maydonga tushadi. RaqobatlaShuv asosida paydo bo‘lgan muvozanat doimo talab va taklif egri chiziqlarining kesiShuv nuqtasida joylashadi. Muvozanat narxi har doim ham darhol, bir zumda tarkib topmaydi. Unga erishishda toki talab va taklif muvozanatga kelgunga qadar narx atrofidagi tebranishlarni o‘z ichiga oluvchi ma’lum davrlar taqozo etilishi mumkin.

Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o‘ziga xos jihati Shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat o‘zlarining individual narxlarini o‘zgartira olsalar, ulardan farqli o‘laroq bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o‘zlari belgilay oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o‘ziga xos tarzda foydalanadilar.

Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z manfaatlari yo‘lida taklif kam bo‘lganda narxning oshishi tendensiyasidan foydalanadilar.



Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik Yuqori bo‘lsa, bozor narxi darajasi Shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi. Bu bog‘liqlik 4-chizmada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.

Taklif miqdori

10 R2

9

8

7


6

5

4



3

2
1 R1

0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx

4-chizma. Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i.
Chizmadan ko‘rinadiki, tik o‘qda muauyan tovarlar taklifi hajmining ko‘payib borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i (R1R2) bozor narxining tovarlarning ommaviy taklifiga bog‘liqligini ifodalaydi.

Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga keltirish maqsadida o‘z tovarlari sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning etishmasligi monopol Yuqori narxlarning o‘sishiga olib keladi.

Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko‘rilgan zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni yanada Yuqori darajada belgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tuShum yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o‘sishini ta’minlashini nazorat qilib turadilar.

Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.

Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi Shunchalik Yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog‘liqlik 5-chizmada yaqqolroq aks ettirilgan.

Talab miqdori

10 R2

9

8

7


6

5

4



3

2

R1



1

0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx



5-chizma. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i.
Chizmadan ko‘rinadiki, tik o‘qda muauyan tovarlarga talab hajmining ko‘payib borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i (R1R2) bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog‘liqligini ifodalaydi.

Monopsonist o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni, masalan qishloq xo‘jaligi xom ashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zahirasini tauyorlab qo‘yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig‘im-terimi davrida o‘zi sotib olayotgan xom ashyoga monopol past narxlarni o‘rnatish imkonini beradi. Bunday past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid narxlarining navbatdagi pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g‘arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xom ashyoni misol tariqasida keltirish mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofe, kakao va h.k.)ga ham azaldan o‘ta past narxlar o‘rnatib kelinadi.

Bir vaqtning o‘zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o‘zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda monopol Yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o‘rtasidagi farq xuddi qaychining ikkita kesuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining kengayishiga asoslanadi. U sanoatning ko‘plab qayta ishlovchi korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o‘zlarining tauyor mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida o‘rnatilgan narxlarga nisbatan bir necha marta Yuqori narx o‘rnatadilar.

XX asrning ikkinchi yarmida AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa g‘arb mamlakatlarida agrobiznes sohasining kengayishi bilan narxlar qaychisi asosiy usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o‘rta va mayda fermerlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar.



Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» hatti-harakatlari orqali izohlanadi.

«Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan o‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham ergashish, Ya’ni Shunday o‘zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o‘z tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste’molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist hatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro‘y berib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi, Ya’ni oligopolistning hatti-harakati samara bermaydi.

«Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan o‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish, Ya’ni hech qanday javob o‘zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko‘pincha bunday holat oligopolist tomonidan o‘z tovariga narxni oshirgan chog‘ida ro‘y beradi, Ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada, narxni oshirgan oligopolist o‘z iste’molchilarini yo‘qotib, bozordan siqib chiqariladi.

Yuqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist-firmaning talab egri chizig‘i «siniq egri chiziq» ko‘rinishini oladi (6-chizma). Bunday holatni birinchi bo‘lib XX asrning 40-yillarida amerikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bergan.

Chizmadan ko‘rinadiki, dastlab oligopolist firmaning mahsulotiga talab egri chizig‘i D1D1 ko‘rinishida bo‘lib, R0 narx darajasida Q0 sotish hajmini ta’minlar edi. Oligopolist-firma o‘z tovari narxini R1 darajaga pasaytirishi talabni o‘stirib, mahsulot hajmini Q1 ga qadar oshirishi ko‘zda tutilar edi. Biroq, boshqa oligopolistlarning «ergashish» hatti-harakatini tutishi, Ya’ni ularning ham o‘z tovarlari narxini pasaytirishi natijasida talab egri chizig‘ining «sinishi» ro‘y berib, u endi D1ED2 ko‘rinishini oladi. Oqibatda sotish hajmi oldingi Q0 darajasida qolgani holda tovarning narxi pasayib, oligopolistlar o‘z foydalarining ma’lum bir qismini yo‘qotadilar.

R


D1 S

D3

P2

R0 E




R1

S D1

D2

0 Q3 Q2 Q0 Q1 Q


6-chizma. Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizig‘ining «sinishi».
Oligopolist-firma o‘z tovari narxini R0 dan R1 ga oshirgan taqdirda qolgan oligopolistlar «inkor etish» hatti-harakatini qo‘llashlari natijasida talab egri chizig‘i yana «sinadi». Oldingi D1D1 ko‘rinishdagi talab egri chizig‘i endi D3ED1 ko‘rinishini oladi. Agar boshqa oligopolistlar ham o‘z tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur oligopolist-firmaning tovariga bo‘lgan talab hajmi Q2 ga qadar qisqarishi lozim bo‘lsa, bunday hatti-harakatning amalga oshirilmasligi natijasida bu qisqarish Q3 ga qadar davom etadi, ya’ni bozordagi sotish hajmini yo‘qotish darajasi oshib ketadi.

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, oligopoliya sharoitida ishlab chiqaruvchilar narxni ko‘proq o‘zaro kelishish orqali belgilashga harakat qiladilar.

O‘z mahsulotlariga bozor narxini o‘rnatishda oligopolistlar tomonidan «narx bo‘yicha etakchilik» hatti-harakati keng qo‘llaniladi. Bu hatti-harakat narx vositasida raqobatlaShuvni inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist-firmalarning narxni shakllantirish va uni o‘zgartirishda etakchi oligopolist-firmaga ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng yirik firma etakchi sifatida maydonga tushadi. Narx bo‘yicha etakchi firma boshqalarga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha ustun bo‘lsada, u o‘zining hatti-harakatini faqat narx jihatdan tazyiq o‘tkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda etakchi-firma boshqa ergaShuvchi-firmalarning ham manfaatlarini e’tiborga olmog‘i lozim. Bu manfaatlar ularning xarajatlarini qoplash, me’yordagi foydani ta’minlash, mahsulotlarini sotishga sharoit yaratish kabi holatlar orqali namoyon bo‘ladi. Agar talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarishi natijasida bozor narxi oligopolistik keliShuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq kelmay qolsa, etakchi firma darhol narxlarni o‘zgartirishi lozim bo‘ladi.

Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko‘p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.

Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p jihatdan Shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Narxlarni erkinlashtirish xom-ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondaShuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi:

a) narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish;

b) narxlarning o‘sishini sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yish;

v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish.

Bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat, Shu yo‘llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta’sir ko‘rsatishi, isloh qilishning tanlab olingan yo‘liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «esankiratuvchi» yo‘lini tanlab oldi. Barcha turdagi xom ashyo resurslari, iste’mol mollari hamda xizmatlar narxlari bir yo‘la erkin qo‘yib yuborilishi natijasida narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlaShuviga, ijtimoiy ahvolining keskinlaShuviga olib keldi. Ishlab chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo‘jaligining izdan chiqishiga sabab bo‘ldi.

O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo‘l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng Yuqori tariflari joriy qilindi.

Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to‘xtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.

Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil, oktyabr, noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to‘liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamg‘armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko‘rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.


Xulosalar:


  1. Narx o‘zida faqatgina naflilik yoki ijtimoiy mehnat sarflarining birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda puldagi ko‘rinishini ifoda etadi. Demak, narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.

  2. Narxning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo‘lib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati, pulning qalr-qimmati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi.

  3. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: muvozanatlikni ta’minlash vazifasi; qiymat va naflilikni hisobga olish vazifasi; tartibga solish vazifasi; raqobat vositasi vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi.

  4. Narxning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lsada, ularning barchasi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, Chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o‘z ifodasini topadi.

  5. Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko‘p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.

  6. O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi.

  7. Respublikada narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi.


Asosiy tayanch tushunchalar:
Narx – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.

Ulgurji narxlar – ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar katta partiyalarda bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda mavjud bo‘ladi.

CHakana narxlar – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narxlardir.

Dotatsiyalashgan narx – davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxdir.

Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun foydalanilib, bozorga kirib olish narxi deb ham ataladi.

Nufuzli narx – aholining Yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan tovarlarni sotishda qo‘llaniladi.

Narx diapazoni – narxlar oralig‘idagi farqning puldagi ifodasi.

Erkin narxlar – talab va taklif ta’sirida shakllanadigan bozor narxlaridir.

Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi - taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi Shunchalik Yuqori bo‘lishi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib borishi o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlik.

Ommaviy taklif bo‘yicha narxning o‘zgarishi - talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik Yuqori bo‘lsa, bozor narxi darajasi Shunchalik past bo‘lishi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib borishi o‘rtasidagi miqdoriy bog‘liqlik.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1.Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tuShuntirib bering. Narx asosiy turlarining qisqacha tavsifini bering.

2.Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud? Ularning afzallik va kamchilik tomonlarini ko‘rsatib bering.

3.Sof raqobat sharoitida narxning tashkil topish mexanizmini tuShuntirib bering.

4.Sof monopoliya sharoitida narx qanday shakllanadi?

5.Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega?

6.Oligopoliya sharoitida firmalarning «inkor etish» va «ergashish» hatti-harakatlarining mazmuni nimadan iborat? «Narx bo‘yicha etakchilik» tushunchasini izohlab bering.

7.«Narxlar qaychisi» nima va undan qanday sharoitlarda foydalaniladi?

8.Narx siyosati nima? O‘zbekistonda narx siyosati amalga oshirilishining qanday xususiyatlari mavjud?
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi (4 soat)
1- ma’ruza mashg‘uloti


  1. Tadbirkorlik faoliyati mohiyati va asosiy belgilari. Biznesni tashkil qilish asoslari.

  2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari. Aksionerlik jamiyatini tashkil qilish va faoliyatining asosiy tamoyillari. Aksiya va obligatsiyalar.

  3. Menejment - korxonani boshqarish tizimi sifatida. Marketing, uning vazifasi, tamoyillari va ahamiyati.

Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan raqobatli bozor iqtisodiyotga o‘tish sharoitida xo‘jalik birliklari (korxona, firma) doirasida ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish turli xil shakl va usullarda amalga oshiriladi.

Ularning ichida tadbirkorlik faoliyati alohida o‘rin tutib, bu faoliyat tufayli mulkchilikning turli shakllari iqtisodiy jihatdan amalda harakatga keltiriladi hamda o‘z egasiga daromad keltiradi.

Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik layoqati iqtisodiy resurs hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, tadbirkorlik kapitalining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida vujudga keladigan jarayonlar va uning namoyon bo‘lishini, Shuningdek, kapitalning aylanish tezligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu bobning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.

Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatining yagona ta’rifi mavjud emas. Bir iqtisodiy manbada keltirilgan ta’rif boshqa bir manbadagi ta’rifga muvofiq kelmasligi mumkin.

Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yo‘nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to‘g‘risida ko‘plab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o‘rin egallamoqda. Ularda ko‘pincha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. Haqiqatan ham bozor iqtisodiyoti sub’ektlari xo‘jalik faoliyatida “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, amaliy jihatdan bir-birining o‘rniga ishlatilishi mumkin. Ammo “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchasini iqtisodiy ta’sir qilish sohalari nuqtai nazaridan qaraganimizda aynan bir xil tushuncha deb hisoblab bo‘lmaydi.

Kundalik hayotda aksariyat hollarda “biznes” so‘zini tijorat, savdo kabi tushunchalarning sinonimi sifatida talqin qiladilar. Ko‘pchilik hollarda esa “tadbirkorlik” va “biznes”, “tijorat” va “marketing” tushunchalarini bir xil faoliyat sifatida baholanayotganligining guvohi bo‘lamiz.

Fikrimizcha, tadbirkorlikning biznesdan asosiy farqi Shundaki, tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondoshish bilan bog‘liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.

O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida ta’riflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir».58

Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanishda «uch to‘lqin» – Ya’ni, mazkur sohani ilmiy jihatdan tadqiq etishdagi alohida bosqichlar shartli ravishda ajratiladi.



Birinchi bosqich dastlabki erkin bozor munosabatlari shakllanish davri - XVIII asrda paydo bo‘lgan bo‘lib, u tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan tavakkalchilik jarayonlari bilan bog‘langan. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar ham XVIII asrda R.Kantilon, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirila boshlangandi.

Fransuz iqtisodchisi R.Kantilon tadbirkorlikning muhim tavsifiy xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko‘rsatadi. Uning fikricha, tadbirkor - voqea va hodisalarni oldindan ko‘ra bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, o‘z zimmasiga barcha mas’uliyatni olib tavakkal qiluvchi, o‘z hatti-harakatlari tufayli daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo‘qotishlarga tauyor bo‘lgan ixtiyoriy bir shaxsdir.59

R.Kantilondan keyin neoklassik maktab namoyandalari o‘z asarlarida o‘ziga xos tavakkalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan Shug‘ulanuvchi korxona egasini tadbirkor deb hisoblay boshladilar.

Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi nazariyalar rivojlanishining ikkinchi bosqichida tadbirkorlikning asosiy xususiyati sifatida innovatsion faoliyatni ajratib ko‘rsatiladi. Bu oqimning asoschisi Y.Shumpeter bo‘lib, uning fikricha, iqtisodiy o‘sishning negizida tadbirkorni ishlab chiqarish omillarini yangi kombinatsiyasini ishlatishga, qo‘llashga bo‘lgan intilishi yotadi va bu intilishning natijasi innovatsiya, yangiliklar hisoblanadi.

Mazkur nazariyalar rivojlanishi uchinchi bosqichining asosiy g‘oyasi - tadbirkorning muhim Shaxsiy fazilatlari, jumladan izlanish va tadqiqot hisoblanadi. Bu oqim namoyandalari F.Xayek va L.Mizes tadbirkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish va tadqiq qilish deb qaraydi, Shu bilan birga, faoliyati izlanish tarzida kechadigan har qanday shaxsni bo‘lg‘usi tadbirkor deb hisoblashadi.

K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator” vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor - tashkilotchi shaxs bo‘lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To‘rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o‘z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o‘z sheriklari, hissadorlari qo‘shgan mablag‘lar bilan ham tahlikaga boradi.60



Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida Yuqorida keltirilgan turli xil fikrlar va yondoShuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.

Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to‘rtta o‘zaro bog‘liq vazifasini aniqlash bilan to‘liq tuShuniladi.

1) tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida er, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyda uyg‘unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi;

2) tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko‘paytirish bo‘yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi;

3) tadbirkor – Yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini joriy qilishga harakat qiluvchi, yangilikka intiluvchi shaxs hisoblanadi.



  1. tadbirkorlik faoliyati – bu tavakkalchilikka boruvchi faoliyatdir.

Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy–iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.

Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va Shu kabilar bo‘yicha ma’lum xuquq va erkinliklar mavjud bo‘lishini taqozo etadi.

Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo‘lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o‘zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi sub’ekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Xo‘jalik yuritish xuquqi, ya’ni mol-mulkidan foydalanish va daromadni tasarruf qilish tadbirkor tomonidan takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarishining muhim shart-sharoitini tashkil qiladi. Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyatining vazifasi nafaqat foyda olishga, balki uni qaysi maqsadlarda ishlatish va samarali sarflash yo‘llarini topishga qaratiladi, Ya’ni u iste’mol-taqsimotchi nuqtai-nazaridan emas, balki Yuqori raqobatbardoshlilikni saqlab turish, xo‘jalikni takomillashtirish, kengaytirish va Shu kabilarni amalga oshirishga asoslanadi.

Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va Shu kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur.

To‘rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o‘zlashtirish turli-tuman shakllari va turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O‘z navbatida mulkchilik va o‘zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlilikning o‘zi ob’ektiv hodisa bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.

Shuningdek, etarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali tauyorgarlikka ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo‘lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o‘tib ketishi ehtimoli ham Yuqori bo‘ladi.

Hozir jahonda ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi va o‘ziga xos tomonlarining beqiyos darajada bir-biriga qo‘shilib ketishi kuzatiladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va Shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, Shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.

Hozir jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligi mavjud bo‘lib, ularda milliy daromadning 20 foizidan 50 foizigacha davlatlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Davlat korxonalari ko‘pincha mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yoki katta kapital qo‘yilmalar talab qiladigan tarmoqlarda tuzilmoqda. Masalan, Angliyada davlat sektori qora metallurgiya, ko‘mir qazib chiqarish, aero-kosmik sanoat, aloqa vositalari, temir-yo‘l transporti, elektr va gaz bilan ta’minlash kabi sohalarni qamrab oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat korxonalari milliylashtirilgan chet el kompaniyalari bazasida asosan sanoatning konchilik tarmoqlarida tuziladi. Rivojlanayotgan va rivojlangan ko‘pchilik mamlakatlarda davlat kompaniyalari sanoat firmalari orasida peshqadam hisoblanadi.

Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli-tumanligi bilan ancha farqlanadi. Hatto biror-bir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas.

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga bo‘lish mumkin:



  • byudjet korxonalari;

  • davlat ishlab chiqarish korxonalari;

  • aralash kompaniyalar.

Huquqiy va xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan korxonalar byudjet korxonalariga kiradi. O‘zlarining holati bo‘yicha ular davlatning ma’muriy –boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga bevosita bo‘ysunadi yoki ularning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular olgan foydasidan soliq to‘lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o‘tadi.

Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular alohidalashgan mol-mulkka ega bo‘lib, xo‘jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, Ya’ni davlat korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtiradi.

Aralash kompaniyalar - hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aksiyalari davlatga va xususiy omonatchilarga taalluqli bo‘ladi. Aralash kompaniyalar hissadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi, xo‘jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qatnashadi. Shu bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan ma’lum imtiyozlardan foydalanadi. Bu imtiyozlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar berish, chet el litsenziyalarini engil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalaridan xom ashyo va yarim fabrikatlarni qat’iy belgilangan narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta’minlanganlik va Shu kabilar.

Hamma vaqt korxona (firma) jamoa tadbirkorligini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy kategoriya sifatida korxona ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil qilishning asosiy birlamchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Huquqiy nuqtai nazaridan korxona deganda yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yuritish sub’ekti tuShuniladi. Ular o‘ziga biriktirilgan mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi, ishlarni bajaradi va xizmatlar ko‘rsatadi. Korxonalarning mulkchilik mavqeidan tashqari xilma-xil tashkiliy–xuquqiy shakllari ham mavjud bo‘ladi. Korxonalar xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, jamoa korxonalari, ijara korxonalari, xo‘jalik birlashmalari shaklida tuzilishi mumkin.

Kooperativ tadbirkorlik – jamoa tadbirkorligining alohida shakli bo‘lib, jamoa mulkiga asoslanadi va kooperatsiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi. Kooperativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo‘shilishi (xususiy mulkchilikda bunday qo‘shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat vositachi hisoblanadi); kooperatsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi; ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqliligi; jamoaning o‘z-o‘zini boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va Shaxsiy manfaatlar uyg‘unligi yuzaga kelishi va h.k.

Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik Shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menedjeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun Shaxsiy javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik xuquqi nuqtai-nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, Shu sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega bo‘lib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad solig‘ini to‘laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, Shuningdek, huquqShunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar xizmati ko‘rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.

O‘zbekistonda kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning mintaqaviy dasturlarini amalga oshirish natijasida faqat 2004 yilning o‘zida 51,7 mingga korxona qayta tashkil qilindi. «Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 2004 yilda 425 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. Bu 2003 yilga nisbatan 14 foiz ko‘p demakdir. Kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ortdi va 2004 yilda 35,6 foizni tashkil etdi»1. 2004 yilda kichik biznes sub’ektlariga 353,9 mlrd.so‘m miqdorida kreditlar ajratildi, Shulardan 81%ni kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan uzoq muddatli kreditlar tashkil etadi. Kichik biznes sub’ektlari tomonidan kreditlarni o‘zlashtirilishi natijasida 81,2 mingta yangi ishchi o‘rinlari yaratildi.2

Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik (aksionerlik) jamiyatlaridir.

Ancha katta va yirik ishlarni bajarishlari uchun kishilar o‘zlarining mehnatini, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurslarini (kapitallar) birlashtirishlari lozim bo‘ladi. Jamoa kuchini Shu asosda birlashtirish natijasida turli xil ittifoqlar (uyushmalar) vujudga keladiki, ular ilmiy adabiyotlarda, qonuniy bitimlarda «jamiyat» deb atala boshlandi.

Jamiyat umumiy tushuncha bo‘lib, ularning shakli, iqtisodiy mazmuni, faoliyatining maqsadi va huquqiy majburiyatlari har xil bo‘lishi mumkin.

Hozirgi kunda korxonalarni hissadorlik shaklda tashkil qilish jahon xo‘jaligi va avvalo yirik ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. AQSH, YAponiya va G‘arbiy Evropadagi barcha etakchi mamlakatlarda hissadorlik jamiyatlari sanoat, savdo, sug‘urta ishi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida korxonalarning etakchi tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib qoldi.

Aksiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi.



Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.

Aksiyalar maxsus tovar sifatida sotiladi va sotib olinadi, Shu sababli o‘zining narxiga ega. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi. Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga to‘g‘ri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Xaridor aksiyani undan olinadigan daromadi bankka qo‘yilgan puldan keladigan foizdan kam bo‘lmagan taqdirdagina sotib oladi.

Aksiya kursi quyidagicha aniqlanadi:

,

bu erda: AK - aksiya kursi; D – dividend; Fs – ssuda foizi.



Ssuda foizi o‘sganda aksiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda Yuqori darajada o‘ssa, aksiya kursi ko‘tariladi.

Aksiyaning haqiqiy bozor kursiga dividend va ssuda foizi darajasi bilan birga, Shu aksiyaga talab va taklif nisbati ham ta’sir qiladi.



Hissadorlik jamiyatlari aksiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.

Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya hissadorlik jamiyati moliyaviy mablag‘larini ko‘paytirish uchun chiqariladi.

Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aksiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo hissadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo‘lmaydi. Uning qiymati hissadorlik jamiyati tomonidan ma’lum muddat o‘tishi bilan to‘lanadi. Aksiyaga qo‘yilgan mablag‘ obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksioner talabi bo‘yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.

Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta’sischilik foydasi sotilgan aksiyalar summasi va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori o‘rtasidagi farqdan iborat.

Hissadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi daromad turi shakllanadi.



Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli) – aksiya egasiga to‘lanadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog‘ozning Shu turiga qo‘yilgan pul mablag‘lari (kapital) ning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat hissadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg‘arishga, soliq to‘lashga va Shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aksiya miqdoriga bog‘liq va hamda odatda ssuda foizidan Yuqori bo‘ladi.

Odatdagi aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori hissadorlik jamiyati joriy yilda olgan foyda miqdoriga bog‘liq. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori esa joriy yildagi foyda miqdoridan qat’iy nazar qayd qilingan foiz shaklida o‘rnatiladi. Jamiyat tugatilgan taqdirda imtiyozli aksiya egasiga aksiya qo‘yilgan mablag‘ uning nominal qiymati bo‘yicha qaytariladi.

Hozirgi kunda bizning respublikamizda korxonalarni aksionerlashtirishning ikkita yo‘nalishi tarkib topdi: birinchi yo‘nalishda o‘zining huquqiy maqomi o‘zgartirmaydigan, davlat mulki bo‘lib qoladigan korxonalar, ikkinchi yo‘nalishda o‘zining huquqiy maqomini o‘zgartirib to‘liq hissadorlik jamiyatiga aylangan korxonalar aksiya chiqaradi.

Respublikada hissadorlik jamiyatlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi davlat mulkchiligidagi yirik va o‘rta korxonalarni keng ko‘lamda hissadorlikka o‘tkazish, ular negizida ochiq hissadorlik jamiyatlarini tuzish hisoblanadi. Shu bilan birga ilgari tuzilgan yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari ochiq turdagi jamiyatlar qilib qayta tuzilishi ko‘zda tutilgan. Buning ma’nosi Shuki, hissadorlikka o‘tish jarayoni respublika aholisining keng qatlamlari uchun, Shuningdek, horijiy jismoniy va huquqiy shaxslar uchun ochiq bo‘lishi lozim. Bunga qimmatli qog‘ozlarning ochiq savdosini o‘tkazib turish, fond birjasining faoliyatini kengaytirish, investitsiya kompaniyalari, investitsiya fondlari, kliring va agentlik tarmoqlarini tashkil qilish orqali qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini vujudga keltirish orqali erishiladi.



Menejment (ingl. management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. M.ning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan Yuqori malakali boshqaruvchilarni tauyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bogʻliqsir. Oʻzbekistonda menejment ning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari 14—15-asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment 19-asrga kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi — amerikalik muhandis va tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondoshi fransuz olimi Anri Fay-ol ishlab chiqdi. Korxonada amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarni u olti guruh (texnika, tijorat, moliya, mol-mulk va shaxslarni qoʻriqlash, hisobkitob, maʼmuriy)ga boʻlib, boshqarishni 6-guruhga kiritadi. Menejment yoki boshqarishning obʼyekti korxona faoliyati, uning subʼyekti esa boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning xodimlaridir. Menejment bilan maxsus tauyorgarlik koʻrgan, boshqarishning qonun-qoidalarini chuqur biladigan malakali mutaxassislar — yollanma boshqaruvchilar — menejerlar Shugʻullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. M.ning Yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), oʻrta (ishlab chiqarish, sotish, narx belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, boʻlim doirasida ishni tashkil qilish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) boʻgʻinlari bor. Shunga muvofiq holda menejerlar oliy martabali, oʻrta toifadagi va quyi toifadagi menejerlarga boʻlinadi.

Firmalarning menejment tizimi umumiy menejment, funksional menejment., moliyaviy menejment, marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, ishlab chiqarish menejment, ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

Marketing - sotuvchi va haridor o'rtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.

Foydali almashinuv natijasida sotib oluvchi biron mahsulot, tovar yoki xizmatga ehtiyojini qondiradi, sotuvchi esa o'zining foyda ko'radi.

Marketingning maqsadi - yangi mijozlarni mahsulot, tovar yoki xizmat uchun jalb qilish, ularga Yuqori iste'mol sifatini taklif qilib, eski mijozlarni saqlab qolgan holda, ularning tinimsiz o'zgarib turuvchi ehtiyojlarini qondirishdan iborat.

Marketingning asosiy vazifasi - har bir bozorni ehtiyojlari va zaruratlarini aniqlash, ular orasidan o'z kompaniyalari boshqa raqobatchilardan ko'ra Yuqori darajali xizmat ko'rsata oladiganlarini tanlashdan iborat. Bu kompaniyaga Yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va Shuning natijasida iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan kompaniyaning umumiy foydasini oshirishdir.



2- ma’ruza mashg‘uloti
1. Tadbirkorlik kapitalining mohiyati, uning harakati va doiraviy aylanishining bosqichlari.

2. Tadbirkorlik kapitalining turlari: asosiy va aylanma kapital.

3. Tadbirkorlik kapitalining aylanish vaqti va aylanish tezligi. Asosiy va aylanma kapitaldan foydalanish samaradorligi.

4. Biznes uchun qulay muhit yaratish va uning kafolatlarini mustahkamlash – mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida.
Tadbirkorlikning xar qanday shakli uz faoliyatini amalga oshirish uchun ma’lum miqdordagi ishlab chiqarish vositalari va moliyaviy mablag‘lariga ega bo‘lishi zarur. Bu vosita va mablag‘lar foyda olish maqsadida ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayoni uchun zarur bo‘ladi.

Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Uzoq yillar davomida bizning xo‘jalik amaliyotimizda va iqtisodiy atamaShunosligimizda u korxona mablag‘lari (ishlab chiqarish fondlari) deb qabul qilindi va Shu tushuncha bilan yuritildi. Bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan hozirgi davrda barcha mulkchilikka asoslangan korxonalar (Shu jumladan, davlat korxonalari va muassalar) o‘zlarini tadbirkorlikning u yoki bu shakli sifatida namoyon qiladi. Shu sababli, biz ham, ular ixtiyoridagi ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va pul mablag‘larini tadbirkorlik kapitali, yoki qisqacha kapital deb aytamiz. Chunki bu vositalar va mablag‘lar o‘z egalariga yoki Shu mehnat jamoasiga daromad yoki foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi.

Pul kapitalining iqtisodiy faoliyat omillariga sarflanishi, ularning ishlab chiqarishda qo‘llanilishi, ishlab chiqarilgan tovarlarning sotilishi va mablag‘larning dastlabki shakliga qaytishi kabi bosqichlarni o‘z ichiga olgan harakati uning doiraviy aylanishini tashkil qiladi.

Ishlab chiqarishga sarflanadigan xar qanday sarmoya o‘z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, Ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul Shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi:


Iv

P T


Ik
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag‘lar unumli kapital shakliga aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potensial omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida unumli tovar (T) shaklini oladi. Bu erda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo‘ladi, Ya’ni:
Iv

T . . . I . . . T’

Ik
Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositalarining ko‘chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo‘ladi.

Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo‘ladi T’àP’ ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o‘zining dastlabki shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag‘ yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan ko‘proq bo‘lib qaytadi.

Shu sababli uni P’=P+p ko‘rinishida ifodalash mumkin.

Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun sarflanadi va Shu tariqa Yuqoridagi harakat to‘xtovsiz takrorlanaveradi.

Tadbirkorlik kapitalining o‘z harakatida uch bosqichni izchil bosib o‘tib, muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana dastlabki shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi.

Tadbirkorlik kapitali doiraviy aylanishining yaxlit ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Iv

P T . . . I . . . T’ P’

Ik

Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala sohasida, Ya’ni resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro‘y beradi. Shuning uchun formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o‘rtasidagi oraliqlar nuqtalar (…) bilan ajratilib ko‘rsatiladi.



Har bir bosqichda kapital muauyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda u pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi bosqichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jarayonida uning har bir shakli alohida vazifani bajaradi va Shunga ko‘ra ular kapitalning harakati shakllari deyiladi.

Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olishga avanslash orqali erishiladi. Kapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqarish va xudi Shu jarayonda qiymatning o‘sishiga erishishni ta’minlash vazifasiga qaratiladi.

Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining narx shaklida ro‘yobga chiqishi sodir bo‘ladi va o‘sgan qiymatning pulga aylanishi bilan tadbirkorning foyda olish maqsadi ta’minlanadi.

Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali o‘zining bir shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va Ayni paytda har uchala shaklda ham mavjud bo‘lmog‘i lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllarning birortasida to‘xtab qolgudek bo‘lsa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi.

Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o‘z doiraviy aylanishiga ega bo‘ladi. Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:

Iv

P Tb . . . I . . . T’ P’



Ich
Unumli kapitalning doiraviy aylanishi:
Iv Iv

T . . . I . . . T’ P’ T

Ik Ik
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi:

Iv

T P T . . . I . . . T’



Ik
Mablag‘lar pul shaklining doiraviy aylanishi uchun bosqichlarning Shunday izchillikda (bozor – ishlab chiqarish – bozor) bo‘lishi xoski, bunda ishlab chiqarish muomalaning bir-birini to‘ldirib turadigan ikki bosqichi (PàT va TàP) o‘rtasida bo‘ladi, Shuningdek, doiraviy aylanish boshlarida pul shaklida avanslangan mablag‘ uning oxirida yana o‘sha shaklga qaytadi.

Tadbirkorlik kapitali unumli shaklining doiraviy aylanishi ishlab chiqarishning muomalaga nisbatan etakchi rol o‘ynashini ochib beradi: ishlab chiqarish birinchi o‘ringa qo‘yiladi, ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qiymatlari tashkil topadi va qiymat o‘sadi.

Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun Yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat ko‘rinishi umumiy. Shu bilan birga xo‘jalik yuritishning ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari o‘zlarning iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.

Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi.

Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag‘larning aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, unumli iste’molda bo‘lgan xom ashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi.

Kapital o‘zining aylanish tavsifiga ko‘ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi.



Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tauyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi.

Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.

Asosiy va aylanma kapitallar farqlanishi asosida quyidagi belgilar yotadi.



  1. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital tauyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr (masalan stanok 10 yil, bino 50-100 yil) davomida faoliyat qiladi, o‘zining oldingi natural—buyum shaklini bir nechta doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall) har bir doiraviy aylanishda to‘liq unumli iste’mol qilinadi, o‘zining ashyoviy–buyum shaklini yo‘qotadi va yangi turlari bilan almashinadi.

  2. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o‘tkazish xususiyati. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qilib, ularning qiymati tovarlarga qisman o‘tib boradi. Agar stanok 10 yil, binolar esa 50 yil davomida foydalanilsa, bunda har yili yangi mahsulot qiymatiga stanok qiymatining 1/10 va bino qiymatining 1/50 qismi o‘tkazib boriladi. Xom ashyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya kabi aylanma kapital elementlari har bir doiraviy aylanishda to‘lig‘icha unumli iste’mol qilinadi va ularning qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to‘lig‘icha o‘tadi. Aylanma kapital bir yil davomida bir necha marta aylanishi mumkin.

  3. Kapital qiymatining aylanish usuli. Qiymatining aylanish usuli bo‘yicha asosiy kapital qiymati ikkiga bo‘linadi. Qiymatning mahsulotga o‘tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada bo‘ladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o‘tadi hamda qoplash fondi shaklida asta–sekin jamg‘ariladi. Mahsulotga o‘tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud bo‘lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste’mol qilingan mehnat predmetlari qiymati to‘la—to‘kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi. Mehnat vositalari o‘z aylanishi davomida bir qator izchil doiraviy aylanishlarda ishtirok etadi, vaholanki mehnat predmetlarining aylanish vaqti bir doiraviy aylanish davriga to‘g‘ri keladi.

  4. Qayta tiklanish usuli. Qayta tiklanish usulida asosiy kapitalning ishlab chiqarish natijlariga o‘tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlarni o‘z ichiga olgan muauyan davr davomida edirilib, ishdan chiqqandan keyin pul shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy aylanishdan keyin ashyoviy-buyum shaklida qaytib tiklanadi.

Barcha mehnat vositalari asosiy kapital tarkibiga kirmasdan, faqat ularning inson mehnati bilan vujudga keltirilgan qismi Shunday kapital hisoblanadi. Shu sababli er, o‘rmonlar va boshqa tabiiy resurslar mehnat vositalari hisoblansada, odatda asosiy kapital tarkibiga kirmaydi.

Faqat unumli kapital asosiy va aylanma kapital shaklini oladi, Chunki ular ishlab chiqarish jarayonidagina o‘z qiymatini mahsulotga o‘tkazadi. Shu bilin birga muomala doirasida ishlab chiqarish jarayoni ma’lum darajada davom etganligi tufayli bu erda ham qo‘shimcha unumli kapital masalan, muzlatish uskunalari, qadoqlash, o‘lchash mashinalari, idish materiallari va boshqalar mavjud bo‘ladiki, bular ham asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi.

Tadbirkorlik kapitali o‘z harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (Av) ishlab chiqarish vaqti (Iv) va muomala vaqti (Mv) yig‘indisidan iborat:

.

Sarflangan mablag‘larning ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqti, Ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tauyor tovar bo‘lgan davrgacha o‘tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo‘lish vaqti, Ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tauyor tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat bo‘ladi:

1) bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id);

2) turli tanaffuslar davri (Td);

3) ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zahiralarida bo‘lish davri (Zd).

Demak,


.
Ish davri — ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir. Bu vaqt davomida mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida bo‘ladi. Ish davrining uzunligi ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatiga, qo‘llaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi darajasiga bog‘liqdir.

Tanaffuslarni ikki sabab: tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatish zarurligi va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqozo etadi. Birinchi holda, mehnat buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik jarayonlarning ta’siri ostida bo‘ladi. Buning natijasida muauyan foydali samaraga erishiladi yoki iste’mol qiymatlarining shakli o‘zgaradi. Bunda mehnat jarayoni qisman yoki to‘liq to‘xtaydi, ishlab chiqarish jarayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko‘ra tanaffuslar vaqti korxonalarning ish rejimi bilan, Shuningdek ishlab chiqarishni tashkil kilish xususiyatlari bilan belgilanadi.

Ishlab chiqarish vositalarning zahira va ehtiyotlar sifatida bo‘lish vaqti - bu ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davrdir. Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik jarayonlarni tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport shaxobchalarini rivojlantirish, xo‘jalik aloqalarining samarali tizimini belgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. Aylanish tezligi muauyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n.

Agar kapital aylanish uzunligi uch oyni (90 kunni) tashkil etsa, u vaqtda n=12/3=4; a=360/4=90 kun bo‘ladi.

Turli sohalarda kapitalning aylanish vaqti ularning ishlab chiqarish va muomaladagi sharoitiga qarab turlicha bo‘ladi. Masalan, engil sanoatda band bo‘lgan kapitalning aylanish vaqti, kemasozlik va mashinasozlik sanoatlaridagi kapitalning aylanishiga nisbatan qisqa bo‘ladi.

Avanslangan qiymatning aylanish tezligi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Bulardan eng muhimlari: unumli kapitalning qanday nisbatda asosiy va aylanma kapitalga bo‘linishidir. Shu sababli asosiy va aylanma kapital tushunchalari iqtisodiy mazmunini qarab chiqamiz.

Tadbirkorlik kapitali tarkibida asosiy kapital belgilovchi rol o‘ynaydi. Uning miqdor va sifat jihatdan o‘sishi, takomillashib borishi ishlab chiqarishning yuksak texnika darajasini ta’minlaydi va Shu asosda samaradorligini o‘stiradi.

Asosiy kapitalning miqdor jihatdan o‘sishi unga qo‘yiladigan investitsiyalar hajmiga, sifat jihatdan takomillashishi esa investitsiyalarning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. 2004 yil respublikada asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiyalar hajmi 2473,2 mlrd. so‘mni tashkil qilib, uning 1586,1 mlrd. so‘mi yoki 64,1 foizi ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnikaviy qurollantirish ishlariga sarflangan1. Ta’minlanish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiyalar tarkibi quyidagi ma’lumotlar orqali ifodalanadi.

1-jadval. O‘zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalarning ta’minlanish manbalari (2004 yil)2


Ko‘r-sat-kich-lar

Jami inves-titsiya-lar

Shu jumladan

Byudjet mablag‘-lari

Aholi va korxona mablag‘lari

Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lar

CHet el investi-siyalari (kreditlar bilan birga)

Boshqa manbalar

mlrd. so‘m

2473,2

368,5

1375,1

64,3

606,0

59,4

% hiso-bida

100,0

14,9

55,6

2,6

24,5

2,4

Milliy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko‘p jihatdan asosiy kapitalning miqdoriy o‘sishiga emas, balki undan olinadigan samarani oshirishga, Ya’ni asosiy kapitalning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini ko‘paytirishga bog‘liqdir. Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillarning ta’siri ostida shakllanadi. Ular orasida asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar bo‘yicha tarkibi); asosiy kapitaldan foydalanish va uni taqsimlash samaradorligi; eskirgan mehnat vositalarini yangilari bilan amashtirish yo‘llari va usullari muhim ahamiyatga ega.

Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ularning ayrim tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi va kapitalning umumiy qiymatidan har bir tarmoqning hissasi bilan tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida ko‘proq texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydigan tarmoqlarning ulushi oshsa, ularning tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi.

Asosiy kapitalning turlari bo‘yicha tarkibi ularning umumiy qiymatida, har bir turlarining hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi.

Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o‘z ishtiroki bo‘yicha bir xil rol o‘ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir me’yorda borishini ta’minlab mehnatning umumiy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish samaradorligiga bilvosita tasir ko‘rsatsa, mehnat qurollari (ish mashinalari, uskunalar, va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o‘ynaydi va ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Asosiy kapitalning mulk shakllari bo‘yicha tarkibi, kapitalning umumiy qiymatida har bir mulk shaklining hissasi bilan tavsiflanadi.

Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida asosiy kapitalning mulk tarkibida davlat mulkining ulushi kamayib, boshqa mulkchilik shakllari va Shu jumladan, xususiy mulkning ulushi ortib boradi. Bu o‘z ifodasini mulkchilik shakllari bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tarkibida ham topadi. Respublikada mulkchilik shakllari bo‘yicha asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsion mablag‘lar tarkibi quyidagi ma’lumotlar orqali ifodalanadi (2-jadval).

Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan ichki jarayonga: asosiy kapitalning eskirishi, Ya’ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi.

Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: ulardan foydalanish jarayonida va harakatsiz turish natijasida, tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirish.
2-jadval. O‘zbekistonda asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsion mablag‘larning mulkchilik shakllari bo‘yicha tarkibi

(% hisobida)1

Mulkchilik shakllari



Yillar

2002

2003

2004

Davlat mulki

40,9

40,4

41,4

Nodavlat mulki

59,1

59,6

58,6

Jami

100,0

100,0

100,0

Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin yukotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo‘qotishni bildiradi. Bu yo‘qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga teng bo‘ladi.

Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Ma’naviy eskirishning ikki xil turi mavjud bo‘lib, u bir-biridan farq qiladi.

Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tauyorlanadigan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, Chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning texnika darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo‘lgan mehnat vositalarining keng qo‘llanishi Shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo‘qoladi. Masalan, agar bir necha yil oldin bironta uskuna 100 ming so‘mga sotib olingan bo‘lsa, bu yil uni 70 ming so‘mga sotib olish mumkin bo‘ladi. Shunda oldingi uskunaga sarflangan qiymatning 30 foizi yo‘qoladi.

Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o‘rnatilgan mehnat vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi va natijada ular yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy eskirishdan ko‘riladigan zararning oldini olishning asosiy yo‘li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi.

Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.



Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini jamg‘arish jarayonidan iborat. Asosiy kapitalning eskirishi bilan amortizatsiya o‘rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq bular bir xil tushunchalar emas. Eskirish mehnat vositalaridan foydalanish vaqtida ularning texnik-ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo‘qotish jarayonini aks etiradi. Amortizatsiya ancha murakkab jarayon bo‘lib, iste’mol qilingan mehnat vositalari qiymatini ularning eskirishiga muvofiq ravishda mahsulotga o‘tkazish, iste’mol qilingan mehnat vositalarining o‘rnini qoplash maqsadida pul fondini jamg‘arish jarayonini aks etiradi. Shunday kilib, eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.

Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining Shu asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat bo‘ladi: bir qismi asosiy kapitalni to‘la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital ta’mirlashga) mo‘ljallanadi.

Amaliyotda umumiy yillik amortizatsiya normalarini (An) belgilashda asosiy kapital qiymati (Kas) asosiy kapitalning harakat qilishi muddati davomida kapital ta’mirlash uchun sarflar, (Tk) eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan mablag‘ (Mt) va Shu vositaning xizmat davri (Xd) hisobga olinadi:



Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma’naviy eyilishining haqiqiy miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot tannarxini sun’iy ravishda o‘stirib yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapital tiklanish davrini kechiktiradi va Shu tariqa taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi.

Hozirgi sharoitda amortizatsiya ajratmalari rivojlangan mamlakatlarda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Shunga ko‘ra davlat ko‘pincha firmalarga jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llashga ruxsat beradi. Jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmalarning Yuqori normalarini belgilash orqali asosiy fondlar qiymatini nisbatan qisqaroq vaqt ichida ro‘yxatdan chiqarish imkonini beradi. Odatda jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash asosiy fondlarning aktiv qismi uchun ruxsat etiladi. Biroq, bu holat nafaqat asosiy kapitalning tezroq yangilanishini, balki ishlab chiqarish xarajatlarini amortizatsiya ajratmalariga to‘g‘ri keluvchi qismining oshib ketishiga ham olib keladi.

Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshishi, avvalo qo‘shimcha kapital mablag‘ sarfalanmasdan turib mahsulot hajmini ko‘paytirishda o‘z ifodasini topadi.

Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning o‘sish sur’atlari bilan, ikkinchi tomondan, asosiy kapitalning o‘sish suratlari o‘rtasidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining umumlaShuvchi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.



Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan asosiy kapital qiymati o‘rtasidagi aloqani aks ettirib, u o‘zaro bog‘liq ikki ko‘rsatkich - kapitaldan olinadigan samara (Ks) va mahsulotning kapital sig‘imi (Ksig) ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan olinadigan samara darajasi ishlab turgan asosiy kapitalning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromadni, kapital sig‘imi darajasi esa ishlab chiqarilgan milliy daromad yoki yalpi ichki mahsulotning bir so‘mi hisobiga asosiy kapital qiymatining to‘g‘ri kelishini tavsiflaydi:

yoki .

yoki .

Korxona miqyosida kapitaldan olinadigan samara darajasi asosiy kapitalning bir so‘mi evaziga korxona ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori (M) bilan, kapital sig‘imi esa korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir so‘m hisobiga qancha asosiy kapital qiymati to‘g‘ri kelishi bilan tavsiflanadi:


; .
Korxonadagi mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi natural ko‘rsatkichlar yordami bilan aniqlanadi. Masalan, bir to‘quv dastgohida metr hisobida bir kunda to‘qilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tonna hisobida tashilgan yuk va hokazo.

Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablag‘lari harakati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini ko‘rsatib berish muhim ahamiyatga ega.



Aylanma kapitaldan foydalanishning umumlaShuvchi ko‘rsatkichi hisoblangan iqtisodiyot miqyosida mahsulotning material sig‘imi (Msig‘) mahsulot yaratishda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining yalpi ichki mahsulot (YAIM) yoki milliy daromadga (Md) nisbati orqali aniqlanadi:

.

Korxona miqyosidagi material sig‘imi (Msig‘.kor.) unda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi:

.

Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material sig‘imi ko‘rsatkichiga teskari miqdordir.

Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o‘rtasidagi nisbatga bog‘liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma kapitalning salmog‘i qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lardan shunchalik samarali foydalaniladi.

Amaliyotda aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish koeffitsienti bilan o‘lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.



Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi:

.

Agar bir yilda aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik miqdori 10 mln. so‘m bo‘lganida 60 mln. so‘mlik mahsulot sotilgan bo‘lsa, aylanish koeffitsienti 6 ni (n=60/10) tashkil qiladi. Aylanma mablag‘lar 6 marta aylanib, bir aylanish davri 60 kundan (360/6) iborat bo‘ladi.

Aylanma mablag‘lar tezligini oshirish ularga bo‘lgan talabni kamaytirdi. Masalan, Yuqoridagi misolda aylanish soni 6 dan 8 ga (n=360/45) o‘zgarsa, aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj 10 million so‘m o‘rniga, 7,5 mln. so‘mni tashkil etadi ((60x4)/360).

Binobarin, aylanma mablag‘larning aylanishini 15 kunga tezlatish 2,5 mln. so‘mlik aylanma mablag‘larni bo‘shatib beradi va korxona aylanma mablag‘larining o‘sha summasida mahsulot chiqarishni 20 mln. so‘mga ko‘paytirishni [(8x10)-60] ta’minlaydi.



Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini avvalo ish davrini, Shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir.
Xulosalar:


  1. Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish – iqtisodiyotning tadbirkorlik turiga o‘tish demakdir. Tadbirkorlikning iqtisodiy tabiati tashabbuskorlik, tavakkalchilik va mas’uliyat, ishlab chiqarish omillarini yangicha usulda birlashtirish, novatorlik kabi bir qancha belgilar bilan tavsiflanadi.

  2. Tadbirkorlik faoliyati deb shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatga aytiladi.

  3. Tadbirkorlik daromadining o‘ziga xos xususiyati Shundaki, birinchidan, u ishlab chiqarish jarayonida resurslarning eng optimal variantda qo‘llanilishi natijasida vujudga keladi, ikkinchidan esa, bozorda ayirboshlash natijasida shakllanadi.

  4. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatda ma’lum darajada shart-sharoit yaratilishi zarur. Tadbirkorlik vazifalarini amalga oshirish, rivojlantirish va shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan shart-sharoitlar majmuasi tadbirkorlik muhitini tashkil qiladi. Tadbirkorlik muhiti bir necha unsurlardan tashkil topgan: huquqiy asosning mavjudligi, iqtisodiy erkinlik, Shaxsiy manfaat, bozorning rivojlanganligi, raqobat, davlatning cheklangan roli.

  5. «Tadbirkorlik» va «biznes» tushunchalari mazmun va mohiyatan bir faoliyatni anglatadi. Ammo faoliyatning novatorlik tomoni haqida gap borganda «tadbirkorlik» tushunchasi ishlatiladi.

  6. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllari samarali amal qilib kelmoqda: xususiy tadbirkorlik, mas’uliyati cheklangan va mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar, hissadorlik jamiyatlari. Hissadorlik jamiyatlarining rivojlanishi milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hissadorlik jamiyatlarining paydo bo‘lishi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantiradi, iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ko‘paytiradi, aholining keng qatlamini tadbirkorlik faoliyati bilan Shug‘ullanishga undaydi.

  7. Kapital o‘zining amal qilish jarayonida bir necha shaklda namoyon bo‘ladigan murakkab hodisadir. Ilk bosqichda kapital buyum, pul, qiymat ko‘rinishida bo‘lib, xo‘jalik faoliyatiga yo‘naltiriladi. Shuning uchun kapital avanslashgan qiymat shaklini oladi. Qiymat foyda olish maqsadida avanslashgani uchun kapital qo‘shimcha mahsulot, daromad olishni ta’minlaydigan qiymatga aylanadi.

  8. Kapitalning aylanishi Shunday harakatki, unda kapital barcha ishlab chiqarish bosqichlarini o‘tib, o‘ziga xos bo‘lgan vazifalarni bajarib o‘zining ilk shakliga qaytadi. Kapitalning aylanishi avanslashgan qiymat butunlay qoplangan taqdirda amalga oshgan hisoblanadi. Kapital aylanish tezligi kapitalning bir yilda aylanish tezligi va aylanish soni bilan o‘lchanadi.

  9. Kapital o‘zining aylanish xususiyatiga qarab asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida to‘liq ishtirok etib, o‘z qiymatini mahsulot qiymatiga qismlar bilan o‘tkazadi. Mehnat vositalari o‘rnini qoplash uchun mo‘ljallangan va amortizatsiya fondida jamg‘ariladigan asosiy kapital qiymati amortizatsiya ajratmalari deyiladi. Amortizatsiya ajratmalari summasining asosiy kapital qiymatiga nisbati amortizatsiya normasi deyiladi va foizlarda hisoblanadi. Aylanma kapital ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini to‘laligicha tauyor mahsulot qiymatiga o‘tkazadi.


Asosiy tayanch tushunchalar:
Tadbirkorlik faoliyati - shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat.

Hissadorlik jamiyati – ko‘proq foyda olish maqsadida aksiyalar chiqarish orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma.

Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.

Aksiya kursi – qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalarning sotiladigan narxi.

Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz.

Ta’sischilik foydasi – sotilgan aksiyalar va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq.

Dividend – aksiya egasi o‘zlashtiradigan daromad turi.

Tadbirkorlik kapitali - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari.

Aylanma kapital - unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilinadigan, o‘z qiymatini yaratilgan mahsulotga to‘liq o‘tkazadigan va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadigan qismi.

Asosiy kapital - unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o‘zining qiymatini tauyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradigan va ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydigan qismi.

Amortizatsiya normasi - amortizatsiya ajratmalari yillik summasining asosiy kapital qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi.


Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish