konsentrlashgan strategiya
deb ataladi. Agar bunday bo’linishlar mavjud bo’lib,
lekin bu qismlar o’zaro bog’liq va bir-birini to’ldirib, bir-birini hosil qilsa bu
strategiyani
integrallashtiruvchi
deyiladi. Agarda ob`yekt qismlari bir-biridan
alohida avtonom ravishda harakatlanuvchi va bu avtonomlarni ta`minlash bilan
bog’liq strategiya
diversifisiyalashgan
deyiladi.
B.Kirlof har qanday firma strategiyasini aniqlovchi va maxsus xususiyatlarni
beruvchi 9 ta asosiy omillarni ajratgan.
1. Korporativ missiya, shakllanishi bo’yicha uni strategiyani o’zida baholash
mumkin. Vaqt o’tishi bilan missiya eskirib boradi, uning natijasida raqobatlashuv
kurashi yo’nalishi to’g’risidagi qarorlarning noaniqligi kelib chiqadi. Bundan kelib
chiqadiki, yangi qarorlarni bozor talablari va jamiyat taklifi tahlillari asosida ishlab
chiqish masalasi turadi.
2. Raqobatchilikdagi ustunliklar, bular firma uchun raqobat kurashida juda qo’l
keladi va strategiyani tanlashda yuqori darajada ta`sir etadi.
3. Biznes tashkiloti, firmalarni alohida bo’limlarga bo’linishi yo’llari orqali
differensiasiyalash va integrasiyalash bilan xarakterlanadi. (Differensiasiyalash-
237
alohida tarkibiy bo’laklarga bo’lish, integrasiyalashayrim bo’laklarning bir -biriga
qo’shilib bir butun bo’lishi).
4. Firmadan chiqarilayotgan mahsulot iste`molchilar talablari va hajmlariga
muvofiq bo’lishi uni ajralgan foydali xususiyatlari va sotuvdan keyingi xizmati.
5. Resurslar, ularni firma har xil muhit faoliyati va joriy ishlab chiqarishni
investisiyalash uchun o’zlashtiradi.
6. Firma strukturasida kutilayotgan o’zgarishlar, uni rivojlantirish maqsadida,
tarkibidagi korxonalarni sotish yoki sotib olish natijasidir.
7. Bozor va uning chegaralari, buning asosida faqatgina geografik omillariga
emas, balki mahsulot xususiyatlari va iste`molchilari doirasidir.
8. Ishlab chiqarishni kirish bozorini kengaytirish, aktivlikni oshirish, ilmiy
izlanishlarni rivojlantirish dasturlarini takomillashtirish.
9. Menejerlarning omilkorligi va madaniyatini oldindan ko’ra bilish, yetakchi
bo’lish qobiliyati, ishda muvofaqiyat va muvofaqiyatsiz bo’lgan hollarda odamlar
bilan to’g’ri munosabatda bo’lish bilan xarakterlanadi.
B.Karlof aytgan omillarga faoliyatning tavakalligi, tayyorgarlik darajasi va
xodimlarning kvalifikatsiyasi, firmaning tashqi muhiti va bog’liqligi oldindan o’z
zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish darajasi.
Shunday qilib, iqtisodiy strategiya firmaning strategik maqsadga iqtisodiy
samarali erishish yo’llari va qoidalarini ishlab chiqadi. Bunga lokal strategik
maqsadlar resurslari va muddati bo’yicha o’zaro bog’lanish orqali erishiladi.
Iqtisodiy strategiyani ishlab chiqish korxonani faoliyatining umumiy maqsad
sari yo’nalishini, uni pozisiyasini kengaytirish va mustahkamlash bilan amalga
oshadi. Strategiyani ishlab chiqish - uzoq va sermehnat jarayondir, shuning uchun uni
bir necha yil ichida bir marotaba qayta qurish mumkin, u umumlashgan holda, har xil
kutilmagan hodisalarni hisobga olgan holda shakllanadi.
Odatda korxona bir emas, balki har xil sharoitga mo’ljallangan bir nechta
strategiyaga ega. Ularning ichida asosiysi - general strategiyadir, bunda korxonaning
asosiy maqsadini amalga oshirish yo’llari aks etadi. Ko’zlanmagan hollarga “holatiy
strategiya”lar ishlab chiqiladi, u og’ir ahvoldan chiqish yo’llarini ko’rsatadi.
238
Funksional strategiyalar alohida korxonaning bo’lim va xizmatlari uchun ishlab
chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |