"iqtisodiyot va menejment "


Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga: 
kredit va foiz stavkasi; soliq va 
soliq yuki; boj to’lovlari; subsidiya va sanktsiya; litsenziya; transfert to’lovlari; narx-
navo va hokazolar kiradi. 
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni shakllantirish 
chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat muhim 
jarayonlarni boshqaradi. 
Agar ma'muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor 
mexanizmlariga qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa 
aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta'siri ham 
tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z 
ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o’tkazadi. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Menejmentning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy 
manfaatlar orqali ta’sir ko'rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab 
chiqarish jamoasiga ular manfaatli bo'lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit 
yaratishdan iboratdir. Menejment usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o'rinni 
egallaydi. Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig'indisidan (narx, kredit, 
biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag'batlantirish va h.k.), ya’ni xo'jalik 


207 
faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo'jalik bo'g'ini bilan uzviy aloqada 
amal qilishini ta’minlovchi tadbirlardan iboratdir.
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes-reja va bozorning uzviy 
bog'liq bo'lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to'g'ri nisbatini 
ta’minlashdir. Shunday qilib, menejmentning iqtisodiy usullari juda keng 
imkoniyatlarga ega bo'lib, ular mohirona va o'z vaqtida tashkiliy farmoyish, ijtimoiy-
psixologik va huquqiy usullar bilan qo'shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga 
erishish mumkin.
Korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, firmalarda muhim menejment usullaridan 
biri - biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayoniarni umummilliy manfaatlarni ko'zlab, 
xo'jalik amaliyotida ob’yektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli 
ravishda, bir maqsadga intilgan holda menejmentning o'zaro uzviy bog'liq tizimidan 
iboratdir. Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: 
iqtisodiyot rivojlanish yo'nalishlari va maqsadlarini amalga oshirish yo'llarini 
ko'rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o'sishini ta’minlash, moddiy, mehnat 
va moiiyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o'rtasida taqsimlash va qayta 
taqsimlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoqlararo 
integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, 
xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koordinatsiya qilish.
Biznes-reja korxona, aksiyadorlik jamiyati, kontsernlar faoliyatining hamma 
tomonlarini:

mahsulot ishlab chiqarish va sotish,; 

moddiy-texnikaviy ta’minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish; 

mehnat va ish haqi; 

jamoada ijtimoiy jarayonlar va h.k.larni qamrab oladi.
Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng huquqlar 
beriladi.

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish