Tayanch iboralar:
iqtisodiyot, ehtiyoj, iqtisodiy faoliyat, tarmoq, ishlab
chiqarish, menejment, menejer, boshqaruv, ilmiy menejment nazariyasi, insoniy
munosabatlar nazariyasi, axloqiy fanlar ta`limi, bixeyviorizm, maqsad, umumiy
maqsadlar, maxsus maqsadlar, funktsiya, vazifa, rejalashtirish, tashkil etish, nazorat,
muvofiqlashtirish, motivatsiya.
Rejalashtirish
Tashkil etish
Muvofiqlashtirish
Nazorat
Motivatsiya
1.1-chizma. Boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish.
38
II
BOB.
Korxona – mustaqil xo`jalik faoliyatini yurituvchi bozor sub`yekti.
2.1. Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi va aholi bandligini ta’minlashda
korxonaning o`rni va roli.
“Korxona”
atamasining eng oxirgi ta`rifi “O`zbekiston Respublikasining
korxonalar to`g’risida”gi qonunida ifoda etilgan. Unda xususan bunday deyiladi:
“Huquqiy shaxs huquqiga ega bo`lgan, mulkchilik huquqi yoki xo`jalikni to`la
yuritish huquqi bo`yicha o`ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot
ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayira boshlagan, xizmat
ko`rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi
sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o`z faoliyatini ro`yobga chiqaradigan
mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`yekt korxona hisoblanadi”.
Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro`yxatidan o`tganidan
keyingina huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro`yxatidan o`tish uchun birinchi
o`rinda quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo`ladi: muassisning arizasi; korxonaning
Nizomi; korxonani tashkil hilish haqida qaror yoki muassislar shartnomasi; davlat
bojini to`laganlik haqida kvitantsiya va boshqalar.
Korxona
o`z
faoliyatini
maqsadlarini
ro`yobga
chiqarishga
ishlab
chiqarilayotgan mahsuloti, bajarilayotgan ishlari yoki ko`rsatayotgan xizmatlariga
bo`lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi
a`zolarining iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarining hamda korxona mol-mulki
egasining manfaatlarini ta`minlash yo`li bilan erishadi.
Korxona o`z asosiy faoliyatini o`zining Nizomida ko`zda tutilgan maqsadlar va
vazifalarga muvofiq ravishda amalga oshiradi. Korxona Nizomi esa Respublika
qonun va qoidalariga asoslanadi.
Nizomda korxonaning homi, manzili, yuqori turuvchi organ va bu organning
nomi, Nizom jamg’armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona
rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy
bo’linmalar ro’yxati, hisobot tartibi va boshqalar ko’rsatiladi. Agar Nizomda
korxonaning tashkiliy-huquqiy funktsiyalari belgilangan bo’lsa, uning ishlab
39
chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fondler, pul mablag’lari
va boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg’armasiga tayanadi.
Nizom jamg’armasi – qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida
muassislar – davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi.
Korxonaning rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va
boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jang’armasi ko’paytirilishi
mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg’armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligini
va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi.
“O`zbekiston Respublikasining korxonalar to`g’risida”gi qonunining 2-
moddasida korxonalarning quyidagi turlari ko`rsatib berilgan:
Jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar;
Shirkat mulkiga asoslangan, jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish
kooperativlari, xo`jalik jamiyatlari va shirkatlariga, jamoat tashkilotlari va diniy
tashkilotlariga qarashli korxonalar hamda jamoa mulkining boshqa shakllariga
asoslangan korxonalar;
Davlat mulkiga asoslangan respublika davlat korxonalari, Qoraqalpog’iston
Respublikasi davlat korxonalari, viloyatlari, viloyat, tumanlararo, tuman, shahar
davlat korxonalari va boshqa turdagi korxonalar;
Aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo`shma korxonalar hamda
mulkchilikning turli shakliga mansub, to`liq yoki hisobiy yo`sinda ishtirok
etishga asoslangan boshqa turdagi korxonalar.
Ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning iqtisodiy mazmuniga qarab
korxonalar ikki yirik guruhga bo`linadi:
a)
ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi;
b)
xalq iste`moli buyumlarini ishlab chiqaruvchi.
Korxonani turli belgilariga ko`ra tavsiflash mumkin:
√
ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona-bu ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat
jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
40
√
ijtimoiy munosabatlarda korxona - bu, turli kategoriyadagi xodimlar o`rtasida
ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |