Iqtisodiyot va menejment kafedrasi (kunduzgi) 2-kurs I-120 guruh talabalari uchun Marketing fanidan yakuniy nazorat test savollari
2-VARIANT
1. Marketingning ishlab chiqarish konsepsiyasi nechanchi yillarni o’z ichiga oladi?
* A) 1860-1920 yillarni
B) 1920-1930 yillarni
C) 1930-1950 yillarni
D) 1980-1990 yillarni
2. Marketing-miks keng qo’llanadigan shaklda qanday marketing submiksini o’z ichiga oladi?
* A) tovar miksi, shartnoma miksi, kommunikativ miks, taqsimot miksi.
B) tovar miksi, shartnoma miksi, kommunikativ miks, dizayn miksi.
C) tovar miksi, shartnoma miksi, xizmat ko’rsatish miks, taqsimot miksi.
D) tovar miksi, diversifikatsiya miksi, kommunikativ miks, taqsimot miksi.
3 Potentsial talab mavjud, bo’lganda uni real talabga aylantirish uchun qanday marketingdan foydalaniladi?
* A) Rivojlanuvchi marketing;
B) Sinxromarketing;
C) Qo’llab-quvvatlovchi marketing
D) Konversion marketingni;
4. Marketing atamasi fanga qachon kiritilgan?
* A) 1902
B) 1905
C) 1901
D) 1960
5. Ikkilamchi ma’lumotlarni to’plash manbalari tashkilotlarga taalluqli bo’lish yoki bo’lmasligiga ko’ra qanaqa turlarga bo’linadi?
*A) ichki va tashqi
B) quyi va yuqori
C) ichki va yuqori
D) umumiy va aloxida
6. Marketing borasida qaror qabul qilishni quvvatlovchi qaysi tizimga kelgusida ham zarurat ortib boradi?
*A) quyi tizimga
B) yuqori tizimga
C) o’rta tizimga
D) aralash tizimga
7. “Brend xabardorligi va imij samaradorligini tahlil qilish” qaysi funksiyaning vazifasi.
Reklama funksiyasini
*Analitik funksiyani
Psixologik funksiyani
Promotion funksiyasi
8. Marketingning qaysi bo`lagining maqsadi mijozlar talablarini qondirish va qoniqarli foyda olish hisoblanadi?
*Logistik marketing
Raqobat marketingi
Vertikal marketing
Gorizantal marketing
9. Global marketing bu …
mahsulotni xalqaro bozorda sotish
*jahon bozorida kompaniyaning mahsulotlarini rejalashtirish, ishlab chiqarish, joylashtirish va targ'ib qilish jarayonini o‘z ichiga oladi
jahon siyosatida ro`y berayotgan voqea hodisalarda mahsulot vaziyatini boshqarib turish
tashqi global raqobatdan mahsulotni asrashni maqsad qiladi
10. Kompaniyaning onlayn biznesini qanday menejerlar rivojlantiradi?
Bozor tahlilchi menejerlari
Global marketing menejerlari
*Internet marketing menejerlari
Hech kim shug’ullanmaydi
11. Global marketing deganda nima ko`z oldingizga keladi ?
*McDonald’s Starbucks Coca-Cola
Dollar, Pound sterling , Ruble, Yen
AQSH, Rossiya , Xitoy
Jahon urushlari, epidemiyalar, pandemiyalar.
12. Qaysi marketing turida mahsulot sotgandan va mahsulot savdosini oshirgandan tushgan daromaddan % asosida ishchilar ish haqiga ega bo’ladilar?
Global marketing
*Tarmoq marketing
Mahalliy marketing
Har qaysi marketing turida
13. Mahalliy marketing bu …
Mahalla ichidagi marketing ya`ni ma`lum bir hududdagi savdo shahobchalari yoki hizmat ko`rsatish obyektlari
*bir mamlakat ichida tovarlar va xizmatlarni cheklangan holda sotishdir
aynan bir turdagi mahsulotlarni bir nechta insonlarga namoyish etish
televideniya, internet tarmoqlarisiz reklama qilish yo`llari orqali sotish
14. Marketing tizimiga kimlar kiradi?
Ta’minotchilar
Vositachilar
Raqobatchilar
*Barchasi
15. Qaysi marketingning asosi jamiyat ehtiyojlarini o’rganish va samarali qondirish hisoblanadi?
*Makromarketing
Mikromarketing
Global marketing
Mahalliy marketing
16. Marketingning analitik funksiyasining asosiy mohiyati nimadan iborat?
Yangi tovarlarni ishlab chiqishni tashkil etish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish
Narx siyosatini olib borish
Tovar harakati tizimini tashkil qilish
*Bozorni va korxonaning ichki muhitini tahlil qilish
17. Qaysi strategiya korxona tomonidan maqsadli bozorlarni tanlash va ular uchun mos strategiyalarni ishlab chiqishni ko’rsatib beradi?
A) korporativ strategiya
B) funksional strategiya
*C) instrumental strategiya
D) marketing strategiya
18. Qaysi strategiyada korxonaning turli faoliyat sohalarini ularning bozor ehtiyojlarini qondirish va har bir sohaga kapital qo‘yilmalarni amalga oshirishdagi o‘rni va roli nuqtayi nazaridan boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar samarali hal etiladi?
A) O’sish strategiyalar
*B) Portfelli strategiyalar
C) Raqobat strategiyalar
D) Instrumental strategiyalar
19. Ishlab chiqarish sohasida yaroqsiz mahsulotni ishlab chiqarmaslik, xomashyo yo‘qotishlarini kamaytirish qanday strategiya deyiladi?
A) korporativ strategiya
*B) funksional strategiya
C) instrumental strategiya
D) marketing strategiya
20. Yangi iste’molchi segmentlarga, yangi hududiy bozorlarga va yangi sotish tarmoqlariga chiqish nima deyiladi?
*A) bozorni rivojlanish strategiyasi
B) Portfelli strategiyalar
C) Raqobat strategiyalar
D) Instrumental strategiyalar
21. Mahsulotni rivojlanish strategiyasi nima?
A) innovatsiya, yangi marka
B) assortiment modifikatsiyasi, mahsulot parametrlarini yaxshilash
C) instrumental va emotsional tavsiflarni rivojlantirish
*D) barcha javoblar to’g’ri
22. Bozor sig‘imini hisoblashning qanday usullari mavjud?
* A) pastdan yuqoriga qarab hisoblash usuli, yuqoridan pastga qarab hisoblash usuli, mavjud sotishni hisoblash usuli
B) pastdan yuqoriga qarab hisoblash usuli, mavjud sotishni hisoblash usuli
C) pastdan yuqoriga qarab hisoblash usuli, yuqoridan pastga qarab hisoblash usuli
D) to‘g‘ri javob mavjud emas
23. Bozor konyunkturasini prognoz qilish uslublari to‘g‘ri ko‘rsatilgan variantni aniqlang?
* A) Faktografik, Ekspert baholash, Ekstropolyatsiya uslubi, Ekonometrik modellar
B) Interpolyatsiya, Ekspert baholash, Ekstropolyatsiya uslubi,
C) Diversifikatsiya, Ekspert baholash, Ekonometrik modellar
D) Trend, Ekspert baholash, Ekstropolyatsiya uslubi, Ekonometrik modellar
24. Raqobat ustunligini tanlashning necha xil xolati mavjud?
*A) 2
B) 7
C) 9
D) 5
25. Agar mahsulot tannarxi 108 pul birl., ulgurji vositachi uchun ishlab chiqaruvchining ustama narxi 10%ni tashkil qilsa, magazinda erkaklar kostyumining sotuv narxi qanday bo‘ladi. Ulgurji vositachining ustama narxi - 30 pul birl., yakuniy iste’molchi esa chakana savdogarga tovarning yakuniy (sotuv) narxidan yana 25% to‘laydi.
*A) 186.0 pul birl.;
B) 148.8 pul birl.;
C) 118.8 pul birl.;
D) 178.5 pul birl.;
Fan o’qituvchisi: Mamadjanova T.A.
Do'stlaringiz bilan baham: |