Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”YO‘nalishi “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatla” fanidan


Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish



Download 0,51 Mb.
bet8/10
Sana22.03.2022
Hajmi0,51 Mb.
#505926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
JAHON

4.2. Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi etib qayta tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.
Jumladan, vazirlikka kambag‘allikni qisqartirish borasida iqtisodiy o‘sishning inklyuzivligini ta’minlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish hamda kambag‘allikni qisqartirishning aniq dastak va mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani inobatga olgan holda kambag‘allik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyatini, ijtimoiy ta’minotning minimal standartlari va me’yoriy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish vazifalari yuklatildi.
Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi ishlab chiqildi.
Bugungi kunda, BMT Taraqiyot Dasturi va Jahon bankining 10 nafar ekspertlari Kambag‘allikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish uchun jalb etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bandlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda yangicha yondashuvlarni joriy etish, shu jumladan, davlat va xususiy biznes o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan holda, mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish, ishsiz aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirishda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va diversifikatsiyalash, faol investitsiya siyosati yuritish hisobiga iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish asosida har yili minglab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Bu, o‘z navbatida, o‘ta dolzarb muammo hisoblangan aholi, avvalambor, yoshlar bandligini ta’minlash imkonini bermoqda.
Shu bilan birga, bandlik sohasidagi mavjud muammolarni hal etishda haligacha eskirgan ish shakllari va uslublaridan foydalanilmoqda, mehnat bozoridagi haqiqiy vaziyatni buzib ko‘rsatish hollari saqlanib qolmoqda, muhim ijtimoiy masala hisoblangan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga yuzaki yondashuv holatlari uchramoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qabul qilingan hujjatda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha tuzilmaviy bo‘linmalarning vakolati, funksiyalari va javobgarligini aniq taqsimlab beradigan boshqaruvning zamonaviy vertikal-yaxlit tizimini shakllantirishni ko‘zda tutuvchi vazirlikning yangi takomillashgan tashkiliy tuzilmasi, vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining tuzilmalari tasdiqlandi.
Mehnat organlari tomonidan “yagona darcha” tamoyilida davlat xizmatlari ko‘rsatishning prinsipial yangi tizimini joriy etish, bunda ishga joylashtirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha kompleks xizmatlarni aholi uchun qulay bo‘lgan joylarda, shu jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida ko‘rsatish va bunda internet imkoniyatlaridan keng foydalanish;
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining fuqarolarni tashkillashgan holda xorijda ishga joylashtirishni ta’minlovchi filiallari tarmog‘ini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqish.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish