Trendning mavjudligini tekshirish uchun mezonlar:
1) Bir qatorning ikki qismini o‘rtachalarini ayirmasi usuli. O‘rtachalar ayirmasini mavjudligi haqidagi gipoteza tekshiriladi: Buning uchun vaqtli qator ikki teng yoki deyarli teng qismlarga bo‘linadi. Gipotezani tekshirish mezoni sifatida Styudent mezoni qabul qilinadi. Agar t ≥ tα, bo‘lsa, bunda t- Styudent mezonining hisoblangan qiymati; tα- mohiyatlilik darajasi α - jadvaldagi qiymat, unda trendning mavjud emasligi haqidagi gipoteza inkor etiladi; agarda t<tα bo‘lsa, u holda (N0) gipoteza qabul qilinadi
2) Foster-Styuart usuli. Hodisaning tendensiyasi va vaqtli qator darajalarining dispersiyasini trendini mavjudligi aniqlanadi. Ko‘pincha bu usul vaqtli qatorni chuqur tahlil qilishda va uni bo‘yicha prognozlarni tuzishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |