Birinchidan, O'zbekistonda aviasiya sohasini liberallashtirish “O'zbekiston havo yo'llari” uchun haqiqiy sinov maydoni bo'ladi. Mabodo aviakompaniyani professional mutaxassislar boshqarayotgan bo'lsa, tashqi raqobatlar ta`sirida u yanada rivojlanadi, raqobatbardosh bo'ladi. Agar u hali ham Sovet Ittifoqidan qolgan menejment tizimi yoki monopoliyaga moslashgan “mutaxassislar” qo'l ostida bo'lsa, tashqi raqobatdan yaxshigina saboq oladi, ya`ni qachonlardir faxrlanishga arzigan aviakompaniyamizning juda tez va shafqatsiz o'zgarib borayotgan XXI asr bozor muhitidagi haqiqiy o'rni qaerda ekanini bilib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |