5.Narxning shakillanish xususiyatlari.
Narxning mazmuni va vazifalari
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda
topadi. Qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste‘molchilarni
rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.
Tovarning doimo bir-birini taqozo etadigan, ikki xususiyatga, ya‘ni ma‘lum
bir naflilikka va qiymatga ega ekanligi sababli narx mazmuni turlicha talqin
qilinadi va unga turlicha ta‘rif beriladi. Bunga qo‘shimcha narxning darajasiga
uning o‘zgarishiga turli omillar ta‘sir qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni
biroz chigallashtiradi. Masalan, ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari
g‘oyalarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm
yo‘nalishidagi oqimlar qarashlarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq
aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so‘nggi
qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e‘tibor beriladi. Uchinchi guruh toifadagilar
esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri
o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.
Bozor iqtisodiyotida narx butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy
harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi bozor
mexanizmining asosiy iqtisodiy dastagi hisoblanadi.
Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar (sotuvchi va xaridor)ning,
tadbirkorlar, butun jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlari narx orqali ruyobga
chiqariladi. Bu narxning mazmuniga turlicha qarashlarni qaror toptiradi. Narxning mazmuniga bu turlicha qarashlardan A.Marshall tomonidan
sintezlashtiriladi.
A.Marshall narxga keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab
va taklif nisbatining pulda mujassamlashishi sifatida qaraydi.
U o‘z qarashlarida keyingi qo’shilgan naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari,
talab va taklif nazariyasini uyg‘unlashtirib narxning mazmunini ochishga harakat
qiladi. U qiymatning amal qilishini inkor qilib, faqat almashuv qiymatni tan oladi.
Uning fikri bo‘yicha shu almashuv qiymat – narxdir.
A. Marshall fikricha narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya‘ni
kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan
pul miqdori bilan o‘lchanadi.
Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi.
a) talab narxi. Bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb
qila olish qobiliyatidir, istaklar ko‘paysa u ortadi.
b) taklif narxi – bu tovarning sotuvga kelib tushgan narxidir.
Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab
chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul
ko‘rinishida mujassamlatiradi. Raqobatning turli shakllari sharoitida narxning shakllanish
xususiyatlari
Narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omil
hisoblanadi. Talab va taklif miqdoriga ishlab chiqaruvchi va iste‘molchining
ta‘sir ko‘rsata olish imkoniyatiga ko‘ra bozordagi raqobatning turli ko‘rinishlari
farqlanadi. Erkin raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) hamda
iste‘molchi (yoki xaridor)larning soni juda ko‘p bo‘lib, ularning ishlab chiqarish
hajmini o‘zgartirish orqali narx shakllanishiga ta‘siri umuman sezilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |