Multipliqator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o‘zgarishning yalpi sarflardagi o‘zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik - Iqtisodiyotning turli tomonlari va soxalari o‘rtasida miqdor va sifat o‘lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Iqtisodiy manfaatlar - iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ular ishlab chiqarishning alohida qatnashchilari (individlar, ularning guruhlari, sinfiy birlashmalari) o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarida ifodalanadi.
Moddiy rag‘batlantirish – insonni uning mehnat natijalaridan kelib chiqib, ish haqi, mukofot shakllarida taqdirlashdir.
Ma'naviy rag‘batlantirish – insonni uning faoliyat natijalari asosida orden, medal, faxriy yorliq, hurmat taxtasiga kiritish kabi shiakllarda taqdirlashdir.
Yakka shakldagi manfaat- bir kishining ehtiyojlarini ifoda etuvchi manfaatlar majmuidir
Jamoa manfaati – kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |