1.2 Savdo qilishning yangi turlari va usullari
Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, toʻgʻri marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin.
Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish usullaridan biri hisoblanadi. Juda koʻp firmalar internet orqali mahsulotlarini taklif qiladilar. Iste’molchilar oʻzlariga kerakli mahsulotni oʻzlarining komp’yuteri orqali buyurtma berib sotib olishlari mumkin. Internet orqali savdoning ustunlik tomonlari bu birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz toʻgʻridan- toʻgʻri ishlab chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |