Maqsadli bozorlarni tanlash – bu bozor imkoniyatlarini baholash jarayoni boʻlib, talab hajmini oʻlchovi, bozorni segmentlash va boshqa jarayonlar koʻrib oʻtiladi. Bu segmentatsiyaning mezonlarini va koʻrsatkichlarini, shuningdek, segmentatsiyalash usullari va bozorning maqsadli segmentlarini tanlash kabi jarayonlar bilan bogʻliq.
Marketing kompleksini ishlab chiqish qoʻyilgan maqsadlarga erishishni eng yaxshi tarzda ta’minlay oladigan marketing qurollarining kombinatsiyasini qoʻllashdan iborat. Marketing kompleksini shakllantirishga, birinchi navbatda, bozorning tanlangan maqsadli segmentidagi talabning ahvoli (rivojlanayotgan, salbiy, irratsional va hokazo) ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun vaziyatning xususiyatiga qarab marketing vositalarining muayyan kombinatsiyasi ustuvor yoʻnalishlar va strategik qarorlar koʻrsatilgan holda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |